Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 150

2021-12-15 12:05:48 #Rasmiy_munosabat

Kecha, 14-dekabr kuni Talaba.uz telegram kanalida “Milliy universitet yotoqxonasida kuzatilgan voqea Andijon davlat universitetida..." sarlavhasi bilan xabar joylashtirildi.

Universitet maʼmuriyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalari uchun qabul kvotalarning keskin oshirilishi talabalar yotoqxonalariga bo‘lgan katta talabni keltirib chiqardi.

2021-2022-o’quv yilida Andijon davlat universitetida qo‘shimcha binolar ijaraga olish hamda TTJlarda yotoq o‘rinlarini ikki qavatli qilib qayta rekonstruksiya qilish evaziga jami 1800 ta qo‘shimcha yangi o’rin yaratildi.

Xabarda aytilganidek, universitetning 1-talabalar turar joyidan Andijon davlat universitetining pedagogika institutini talabalar turar joyi yangi tamirdan chiqarilganligi munosabati bilan 290 nafar talabalar ushbu talabalar turar joyiga ko’chirilmoqda.

Hozirda universitetning 1-talabalar turar joyida turuvchi universitetning Pedagogika instituti talabalari yangi ta'mirdan chiqarilgan TTJga ko‘chirilgani bois bo‘sh o‘rinlarga boshqa viloyatlardan hamda uzoqdan qatnovchi talaba-yigitlar joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda, talaba yigitlarni joylashtirish uchun alohida 300 o‘rinli TTJ mavjud emas, mavjud joy esa yil ohiriga qadar bo'sh qolib ketishi mumkin.

Boshqa viloyatlardan hamda uzoqdan qatnovchi talaba qizlarning TTJga bo‘lgan ehtiyojlari qoplangani tufayli shunday qarorga kelingan. Lekin, bunda yigitlar va qizlarning o‘zaro bir qavatda yashashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bino to‘liq ikki korpusga ajratilib, 1-TTJning 1-2-qavatlariga alohida, 3-4-qavatlarga alohida kirish va chiqish yo‘llari hozirlanmoqda. Yigitlar va qizlar har qanday jabhada o‘zaro to‘qnash kelishining oldi olinadi. Bundan tashqari, binoga 30 ta qo‘shimcha kuzatuv kameralari ham o‘rnatiladi. Binoning barcha qavatidagi talabalarni nazorat qilib turishlari uchun binoga 30 ta kuzatuv kameralari o’rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Umuman olganda, ushbu holatda havotirga sabab bo‘ladigan barcha masalalar o‘rganilib, ko‘ngilsizliklarni oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Universitet ma'muriyati OAV va blogerlar bilan o‘z faoliyati yuzasidan har qanday masalada hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildiradi.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok
6.4K views09:05
Ochish/sharhlash
2021-12-15 10:51:08 Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, OTM talabalari uchun 2021 yil 27 dekabrdan 2022 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilanishi kutilmoqda. Agar ta’til shu tartibda bo‘lsa, 2021 yil 25-dekabr oxirgi o‘qish kuni, 2022 yil 10 yanvar - o‘qishning…
17.6K views07:51
Ochish/sharhlash
2021-12-15 10:31:06 Garvard universiteti o‘zbek olimining kitobini nashr qildi

Kitob muallifi Sherzod Mo‘minov Sharqiy Angliya universiteti tarix maktabi tarixchisi va o‘qituvchisi. U O‘zbekistondagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavr, Manchester universitetida xalqaro siyosat bo‘yicha magistr va Yaponiyaning Sukuba universitetida xalqaro hududiy tadqiqotlar bo‘yicha magistrlik darajasiga ega.

Uning faoliyat yo‘nalishi zamonaviy Yaponiya, Sovuq urush, Sobiq Sovet Ittifoqi va harbiy asirlar lagerlari bo‘yicha tadqiqot hamda o‘rganishlar olib borishdan iborat. Sherzod Mo‘minovning yapon asirlari haqida hikoya qiladigan “Norozilikning o‘n bir qishi” (Eleven winters of Discontent) kitobi Garvard universiteti nashriyoti tomonidan chop etildi https://www.hup.harvard.edu/catalog.php?isbn=9780674986435

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.8K views07:31
Ochish/sharhlash
2021-12-14 19:14:57 #obunachilardan

Milliy universitet yotoqxonasida kuzatilgan voqea Andijon davlat universitetida...

Talabalarning biridan kelgan ma'lumotni o'zgartirishsiz sizlarga havola qilamiz:

"Assalom alaykum Andijon Davlat universiteti TTJ siga 1 va 2-qavatiga o'g'il bollarni, 3 va 4 - qavatiga esa qizlar joylashtirilmoqda.

Bundan barcha qizlar norozi.Yaqinda bo'lgan zam dekan ishlari hali oz nihoyasiga yetmay bitta binoga o'g'il qizlarni joylash adolatdanmi? Ham dunyoviy ham diniy jihatdan mumkin emasku."


Milliy universitet ham shu voqea yuz berganida shaxsan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov qattiq qoralagan edilar.

Lekin afsus, Milliy universitet yotoqxonasida hali ham ahvol shunaqa ekan, bugun esa Andijon davlat universitetida ham shu ahvol... Biz bilmaymiz, yana qancha OTM yotoqxonalarida yigit va qizlar bir binoda turishadi.

Talaba.uz | asmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.9K viewsedited  16:14
Ochish/sharhlash
2021-12-14 16:34:27 Respublika maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra, davlat tashkilotlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanishi, shuningdek, fuqarolarga bayramni oila davrasida tor doirada nishonlash tavsiya etilishi kutilmoqda.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.3K views13:34
Ochish/sharhlash
2021-12-14 10:12:01 Navoiy politexnika universiteti tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga prezidentning “Navoiy politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Mazkur universitet Navoiy davlat konchilik instituti negizida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, universitet Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufida faoliyat yuritadi hamda Navoiy davlat konchilik institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Universitetga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Navoiy davlat konchilik institutida tahsil olayotgan talabalar esa universitetda o‘qishni davom ettiradi.

Shuningdek, universitetni transformatsiya qilishda nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda kompaniyalarini jalb qilish choralari ko‘riladi. Ta'lim maskani bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi hamda akademik mustaqillik beriladi. Qolaversa, hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan kelishuv asosida ta'lim jarayoniga ularning professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi va chet tillarida o‘qitiladigan fanlar bosqichma-bosqich kiritib boriladi.

Navoiy viloyati hokimligi universitetga yangi bino va inshootlarni qurish maqsadida 2022 yil may oyiga qadar yer maydoni ajratadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati esa oliygoh uchun yangidan qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish hamda tutash hududlarni rekonstruksiya qilish loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida belgilangan tartibda kiritilishini ta'minlaydi.

Qaror loyihasida universitetning huquqlari, asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.7K views07:12
Ochish/sharhlash
2021-12-14 08:59:46
Sizda ham bo’lib turadimi?

Kanalga ulanish
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.4K viewsedited  05:59
Ochish/sharhlash
2021-12-13 11:32:09
RASMAN: Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda talaba ijarada turgani uchun daromad solig‘i to‘lashi kerakligi haqida xabar tarqaldi. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, talabaga bunday majburiyat yuklatilmaydi. Mol-mulk uchun daromad solig‘ini uyini ijaraga beruvchi to‘laydi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi. Buni avtomatik hisoblaydigan “Ijara.soliq.uz” elektron tizimi 1-yanvardan ishga tushadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.4K views08:32
Ochish/sharhlash
2021-12-13 10:08:03 Bir millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa bo‘lishi shart emas. Buning uchun ta’lim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga o‘rgatishning o‘zi kifoya. Shunday qilinsa:

* Kasal aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qo‘lida o‘ladi.

* Uylar aldov bilan diplom olgan muhandis qo‘lida qulaydi.

* Moliya aldov bilan diplom olgan hisobchi qo‘lida inqirozga uchraydi.

* Insoniylik aldov bilan diplom olgan din shayxi qo‘lida halok bo‘ladi.

* Adolat aldov bilan diplom olgan sudya qo‘lida barham topadi.

* Farzandlar ongi aldov bilan diplom olgan o‘qituvchi qo‘lida xarob bo‘ladi.


TA’LIMNING QULASHI MILLATNING QULASHIDIR.

Kanalga ulanish
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.3K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-12-13 09:59:22 yoshlarforumi.uz platformasida ta’lim muassasalarida majburiy formadan voz kechish taklifi e’lon qilindi.

Ushbu taklifni quyidagi havola orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin: https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04213095

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.9K views06:59
Ochish/sharhlash