Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 149

2021-12-17 07:12:22
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
9.3K views04:12
Ochish/sharhlash
2021-12-16 23:30:58
#Arxiv

“Biz ta’limdan islomni sug‘urib oldik, islom ma’rifatini faqat imomlar gapirsin, dedik. Poraxo‘rlik rivojlanib ketdi”

Hozir bu inson Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov bo'ladilar

Hijobni, ro'molni gapirgan o'qituvchilarga Vazirning bu gaplarini yetkazib qo'yinglar

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
1.3K views20:30
Ochish/sharhlash
2021-12-16 21:50:24 Mabodo, qaysi maktab yoki o'quv yurti mansabdor shaxslari ro'molni ta'qiqlaydigan bo'lsa, ularni shu arizaga asosan sudga berishi mumkin.

Do'stlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.7K views18:50
Ochish/sharhlash
2021-12-16 21:48:01 Qisqa vaqt ichida o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlaydigan "shaxslar" paydo bo'lishni boshlashdi.

"Ustoz otangdek ulug'" deyishadi, lekin bular arzimidi. Tepadan buyruq bo'lganmi yo boshqasi, haqqi yo'q edi hijobni, dinni oyoq osti qilishga!
3.8K viewsedited  18:48
Ochish/sharhlash
2021-12-16 20:35:32 Ushbu audioda dilni xira qiluvchi gaplar o'rin olgan.

Jizzax Davlat pedagogika institutining ayrim ma'sullari bo'lmish Sunnatilla Soyipov, Abduvaliyeva Ziyoda va Latofat ismli "insonlar" o'zbek tili va adabiyoti fakultetining qizlariga majlis qilgan.

Majlis: Hijob va namoz masalasida.

Audioni eshitar ekansiz, badaningizni sovuq ter bosishi hech gap emas. Bu ma'sullarga nafratingiz oshishi aniq.

Shaxsan Vazirimizning o'zlari ro'molga ta'qiq qilayotganlarni qoralab o'tib ketgan edilar.

S. Soyipov: "Bu padarla'natini yechib kiringlar, o'qishdan ketayotganda yana kiyib ketaverasizlar" (hijobni nazarda tutgan)

Agar bu qizlarga qandaydir muommo qilishadigan bo'lsa, biz oxirgacha boramiz...

Balkim bu yuqoridan bo'layotgan topshiriqdir bunisi qorong'u, lekin hech kimning haqqi yo'q haqorat qilib, dinni oyoq osti qilishga

Audioning to'lig'i bizda bor.

Ma'sullarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
15.7K viewsedited  17:35
Ochish/sharhlash
2021-12-16 18:45:17 Sizlarga bir savol bilan murojaat qilamiz...

Bir kasb egasi bo‘lish uchun ko‘p yillar o‘qib-o‘rganamiz, bir guvohnoma olish uchun kurslarga qatnaymiz, lekin o‘ylab ko‘ring: yaxshi ota-ona, yaxshi aka-uka, yaxshi doʻst va yoki yaxshi farzand bo‘lish uchun nechta kitob o‘qidik? Harakat qildikmi oʻzi?

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
9.6K views15:45
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:19:01
#hazil

Kontraktda o'qiydigan talaba o'zini ovutish usuli

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
10.0K views11:19
Ochish/sharhlash
2021-12-16 09:42:18 Qo‘ng‘iroq…

Shanba kuni ishxonamdan chiqish oldidan uyga qo‘ng‘iroq qildim. Odatda, uyga ketayotib xotinimga qo‘ng‘iroq qilib qo‘yardim. Soat tungi o‘nni ko‘rsatar, ayolim doim meni uyg‘oq kutardi. Raqamlarni terdim va javob kutdim. Lekin hech kim ko‘tarmadi. Havotir oldim: rafiqam bu payt telefonning yonida, televizor ko‘rib o‘tirar va bittada qo‘ng‘irog‘imga javob berardi. Raqamlarni yana terdim. Tezda javob bo‘ldi:

– Allo...
– Yaxshimisan? Band edingmi, boya ko‘tarmading?
– Boya jiringlamagan edi. Qo‘ng‘iroq qilishingiz bilan go‘shakni oldim, doimgidek...
– Ha, mayli. Borayapman, azizam...


Uyga borib ayolimni o‘pib qo‘ydimda, uyquga yotdim. Hafta juda charchatgan edi. Yakshanba kuni to‘yib dam olib, dushanba yana ishga chiqdim. Odatiy hayot tarzi...

Ishga kirishishim bilan ish telefonim kuy taratdi. Go‘shakni ko‘tardim.

– Kechirasiz... Shanba kuni kechqurun shu raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan ekan, – dedi notanish kimsa.

Shanba kunni xotirladim... Lekin kechki payt ayolimdan boshqa odamga qo‘ng‘iroq qilmagan edim.

– Telefonim jiringladi, ammo men ko‘tarmadim. Ekranchada shu raqamlar saqlanib qolgan ekan... – davom etdi u.
– E, ha... – dedim barchasiga tushunib, – o‘sha kuni uyga qilaman, deb adashib sizga qo‘ng‘iroq qilgan ekanmanda! O‘zim ham hayron bo‘lgandim. Biror raqamni bilmay bosvorgandirman, uzr, birodar! Kechki payt bezovta qilgan bo‘lsam kerak. Angloshmovchilikda...

– Anglashmovchilik emas, do‘stim… Sizdan juda minnatdorman. O‘sha shanba kechasi men og‘ir gunohga qo‘l urmoqchi bo‘lib turgandim: o‘z jonimga qasd qilish niyatida. Nazarimda, Yaratgan men uchun faqat omadsiz kunlarni atagan, hayotimda maza yo‘q edi. Oxir oqibat bariga qo‘l siltab dor tayyorladim. Stulga chiqib endi mudhish ishga qo‘l urmoqchi bo‘larkanman, Yaratganga nola qildim:

“Ey, Xudo, agar chindan ham mavjud bo‘lsang, menga belgi ber! Yashashim uchun biror sabab bo‘lsa, bildir shuni!”

Shu onda telefonim jiringlab ketsa bormi! Yuragim qinidan chiqqudek bo‘lib telefon sari yurdim. Ammo ko‘tarishga jur’atim yetmadi. Nazarimda, Ko‘kdan menga qo‘ng‘iroq qilishayotgandek tuyuldi. Yig‘lab yubordim… Shu lahzalarda fikrimdan qaytib, tirikligim uchun shukrona keltirdim.


Uning so‘zlaridan ta’sirlanib, notanish birodarimga yaxshi tilaklar bildirdim.

Nodirabegim tarjimasi

* Unutmang hayotingizdagi hech bir ish o’z o’zidan yoki tasodif bo'lmaydi. Barchasini o'z sababi bor. “Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi”.

Doʻstlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.9K viewsedited  06:42
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:37:58 ​#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.
@eduuz

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.0K views16:37
Ochish/sharhlash
2021-12-15 12:31:12
O‘ZBEKISTON-KOREYA RESPUBLIKASI: OLIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK RAQAMLARDA

Ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bugungi kunga qadar 200 dan ortiq hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va memorandumlar imzolangan.

Ayni paytda O‘zbekistonning 40 ta oliy o‘quv yurti Koreya Respublikasining 45 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bilan tegishli aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekistonda Koreya Respublikasi universitetlarining 5 ta filiali mavjud bo‘lib, ularda jami 13 171 nafar talaba bakalavriat yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.
OO'MTV

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.6K views09:31
Ochish/sharhlash