Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 145

2021-12-23 08:18:34 #talabalardan

"Assalomu alaykum iltimos shaxsim sir qolsin. Namangan muhandislik texnalogiya institutida 1112 nafar talabaga mukofot pullari ajratildi.

Hamma joyda bong urib e'lon qilishdi. Sersifikatlarini ham berdi lekin pullar berilmadi, ko'pchilikka.

Bu talabalarni ustidan kulishmi. Dekanatdagilar uni buni bahona qilib gapni aylantirish bilan ovora. Berilmas ekan nega hammani ichida umidvor qilib bunaqa qilishadi.

Avtomatika va Energetika fakultetida Taqdirlashda "taqdirlangan" talabalarni aksariyatiga berilmadi. Shuni e'lon qilselar insof berar yoki rasmiy izoh berib qolishar.

Bilaylik biz ham kimga nima uchun kerak bo'lib qoldi talabalarni haqqi"

P.s: Qiziq chindan ham, mukofot pullari tarqatilarkan-u, talabalarning ko'pi ololmas ekan Nima deb bahona qilishsa ham aqlga sig'maydigan ish bu...

Ma'sullarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.0K viewsedited  05:18
Ochish/sharhlash
2021-12-22 20:13:06 Talaba va oʻquvchilar joriy yil 28-dekabrdan qishki taʼtilga chiqadi

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) oʻquvchilari uchun 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki taʼtil etib belgilandi.

Dars jarayonlari 2022-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.7K views17:13
Ochish/sharhlash
2021-12-22 14:33:25
31-dekabrdan 4-yanvargacha poyezd chiptalariga chegirma e'lon qilindi

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ga ko‘ra, chiptalar:

nafaqaxo‘rlar, nogironlar, urush qatnashchilariga – 50 foiz;

OTM, kollej, litsey, IIV, MV, DXX, DS, DB talabalari, maktab o‘quvchilari, oilaviy, jamoa bo‘lib bilet oluvchilarga – 15 foiz;

"Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida esa barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10 foiz chegirma qilinadi.

Talabalarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.1K views11:33
Ochish/sharhlash
2021-12-22 14:32:48
Onlayn pul topish va Frilanserlik qilishni xohlaysizmi?

Onlayn dasturlash va boshqa xizmatlarni bajarib pul topishnichi?

Yevropa va AQSH universitetlariga qanday hujjat topshiriladi va student bo‘la turib ishlash imkoniyati mavjudmi?


Hammasi haqida bilishni istasangiz kanalimizga obuna bo'ling @TravelBookuz
6.8K viewsedited  11:32
Ochish/sharhlash
2021-12-22 08:40:02
#Professional_taʼlim

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida bir o‘quvchini bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari
OO'MTV

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.3K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-12-21 19:19:16 O’zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutiga 2021/2022 o‘quv yili qabuli bo‘yicha bakalavriat yo'nalishi bo’yicha natijalar e'lon qilindi.

1 oy deganda javoblarni chiqarishdi, qoyil lekin))

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.1K viewsedited  16:19
Ochish/sharhlash
2021-12-21 17:40:08 Prezident farmoni bilan 2022-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
* 3-yanvar - dushanba;
* 22-mart - seshanba;
* 23-mart - chorshanba;
* 11-iyul - dushanba;
* 2-sentyabr - juma.

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
* 4-yanvar - seshanba;
* 4-may - chorshanba;
* 5-may - payshanba;
* 12-iyul - seshanba;
* 3-sentyabr - shanba;
* 31-dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qoʻyidagi tartibda koʻchirildi:
* 8-yanvar - shanba kunidan 4-yanvar - seshanba kuniga;
* 7-may - shanba kunidan 4-may - chorshanba kuniga;
* 14-may - shanba kunidan 5-may - payshanba kuniga;
* 16-iyul - shanba kunidan 12-iyul - seshanba kuniga.

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.6K views14:40
Ochish/sharhlash
2021-12-21 16:32:59
Agar Buyuk Britaniyada talim olmoqchi bo‘lsangiz yoki qadirdon insoningizni yubormoqchi bo‘lsangiz, u holda shu WORLDWIDE EDUCATION havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va kompaniya xizmatlaridan 50% chegirmaga ega bo‘ling hamda kanalga obuna bo'lishni unutmang.
Aksiya Yangi yilga qadar amal qiladi.
Batafsil maʼlumot uchun:
+998 33 002 40 40,
+998 33 003 40 40.

Bizning manzil:
100052, Toshkent sh., Mirzo Ulugʼbek tumani, Salar boʼyi koʼchasi, 35A-uy, “Oazis” biznes markazi.

Facebook | Instagram | Telegram | Web
6.4K views13:32
Ochish/sharhlash
2021-12-21 13:12:31
«Taqiq emas, taklif bo‘lishi kerak» — Toshqulov OTMdagi forma masalasi haqida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ta’lim muassasalarida talabalar, jumladan, qizlarning forma erkinligiga munosabati haqidagi savolga javob berib, qizlarning kiyinishi borasida ularga avvalo taqiq emas, taklif berilishi kerakligini ta’kidladi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.5K viewsedited  10:12
Ochish/sharhlash
2021-12-21 08:41:43 OTMda ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak – Toshqulov forma haqida

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning formasi bo‘yicha cheklov qo‘yishga qarshi. Bu haqda vazir Abduqodir Toshqulov “O‘zbekiston yoshlar forumi — 2021” doirasidagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.

“Rektor bo‘lib ishlagan davrimda forma bo‘yicha taqiqlarni bekor qilishdan boshlagandim. Ammo bu me’yor bilan bo‘lishi kerak, ya’ni bo‘yinbog‘ taqib kelmagani uchun darsga kiritmaslik kabi holatlar bo‘lmasligi kerak. Oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchiligi moliyaviy mustaqil, o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan ta’lim maskanlari sanaladi. Ularning o‘z dress-kodlari borligini ham inobatga olish kerak”, deydi Toshqulov.

Vazirga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti berilishi kerak emas.

“Oliy ta’lim vazirligi va o‘zimning pozitsiyamni aytadigan bo‘lsak, forma bo‘yicha cheklov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz. Qiz bolalarning kiyinishi borasida gapiradigan bo‘lsam, biz ularga taqiqlash nuqtai nazaridan emas, balki birinchi navbatda taklif berishimiz kerak. Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti emas, ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak”, deydi vazir Toshqulov.

Batafsil
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.1K viewsedited  05:41
Ochish/sharhlash