Get Mystery Box with random crypto!

#Rasmiy_munosabat Kecha, 14-dekabr kuni Talaba.uz telegram ka | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

#Rasmiy_munosabat

Kecha, 14-dekabr kuni Talaba.uz telegram kanalida “Milliy universitet yotoqxonasida kuzatilgan voqea Andijon davlat universitetida..." sarlavhasi bilan xabar joylashtirildi.

Universitet maʼmuriyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalari uchun qabul kvotalarning keskin oshirilishi talabalar yotoqxonalariga bo‘lgan katta talabni keltirib chiqardi.

2021-2022-o’quv yilida Andijon davlat universitetida qo‘shimcha binolar ijaraga olish hamda TTJlarda yotoq o‘rinlarini ikki qavatli qilib qayta rekonstruksiya qilish evaziga jami 1800 ta qo‘shimcha yangi o’rin yaratildi.

Xabarda aytilganidek, universitetning 1-talabalar turar joyidan Andijon davlat universitetining pedagogika institutini talabalar turar joyi yangi tamirdan chiqarilganligi munosabati bilan 290 nafar talabalar ushbu talabalar turar joyiga ko’chirilmoqda.

Hozirda universitetning 1-talabalar turar joyida turuvchi universitetning Pedagogika instituti talabalari yangi ta'mirdan chiqarilgan TTJga ko‘chirilgani bois bo‘sh o‘rinlarga boshqa viloyatlardan hamda uzoqdan qatnovchi talaba-yigitlar joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda, talaba yigitlarni joylashtirish uchun alohida 300 o‘rinli TTJ mavjud emas, mavjud joy esa yil ohiriga qadar bo'sh qolib ketishi mumkin.

Boshqa viloyatlardan hamda uzoqdan qatnovchi talaba qizlarning TTJga bo‘lgan ehtiyojlari qoplangani tufayli shunday qarorga kelingan. Lekin, bunda yigitlar va qizlarning o‘zaro bir qavatda yashashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bino to‘liq ikki korpusga ajratilib, 1-TTJning 1-2-qavatlariga alohida, 3-4-qavatlarga alohida kirish va chiqish yo‘llari hozirlanmoqda. Yigitlar va qizlar har qanday jabhada o‘zaro to‘qnash kelishining oldi olinadi. Bundan tashqari, binoga 30 ta qo‘shimcha kuzatuv kameralari ham o‘rnatiladi. Binoning barcha qavatidagi talabalarni nazorat qilib turishlari uchun binoga 30 ta kuzatuv kameralari o’rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Umuman olganda, ushbu holatda havotirga sabab bo‘ladigan barcha masalalar o‘rganilib, ko‘ngilsizliklarni oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Universitet ma'muriyati OAV va blogerlar bilan o‘z faoliyati yuzasidan har qanday masalada hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildiradi.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok