Get Mystery Box with random crypto!

Garvard universiteti o‘zbek olimining kitobini nashr qildi Ki | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Garvard universiteti o‘zbek olimining kitobini nashr qildi

Kitob muallifi Sherzod Mo‘minov Sharqiy Angliya universiteti tarix maktabi tarixchisi va o‘qituvchisi. U O‘zbekistondagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavr, Manchester universitetida xalqaro siyosat bo‘yicha magistr va Yaponiyaning Sukuba universitetida xalqaro hududiy tadqiqotlar bo‘yicha magistrlik darajasiga ega.

Uning faoliyat yo‘nalishi zamonaviy Yaponiya, Sovuq urush, Sobiq Sovet Ittifoqi va harbiy asirlar lagerlari bo‘yicha tadqiqot hamda o‘rganishlar olib borishdan iborat. Sherzod Mo‘minovning yapon asirlari haqida hikoya qiladigan “Norozilikning o‘n bir qishi” (Eleven winters of Discontent) kitobi Garvard universiteti nashriyoti tomonidan chop etildi https://www.hup.harvard.edu/catalog.php?isbn=9780674986435

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg