Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 148

2021-12-18 19:46:59 РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Ижтимоий тармоқларда, яъни t.me/TalabaUz каналида тарқалган аудио хабар юзасидан Институт раҳбарияти ўрганиш олиб бормоқда.
Ўрганиш натижаси бўйича қўшимча маълумотлар тақдим этилади.

НавДПИ Матбуот хизмати.
5.0K views16:46
Ochish/sharhlash
2021-12-18 15:33:14
Bu yil qaysi davlat rezidentlari Rossiyada ishlashga ko‘proq borgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston ro‘yxatda birinchi
2021 yilda qariyb 3 mln o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash maqsadida borgan.

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.8K viewsedited  12:33
Ochish/sharhlash
2021-12-18 13:56:45 Navoiy davlat pedagogika institutining "Tabiiy fanlar" yo'nalishi Ma'naviy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari O'rinov Baxtiyor tomonidan yig'ilish o'tkazilgan.

Hijob kiysa, Suriyaga ketib qolayotganmish, soqol o'stirganlarni esa maymunga qiyoslagan...

Bizda mana nima asos qilinyapti. Agar soqol o'stirsa yoki hijobda yursa darrov shubhalanib, "bu Suriyaga ketishga otlanyapti, Vatanini sotarkan" deb o'ylasharkan.

Biz o'zimizni aldayapmiz, "bu forma ichki tartib qoidalarga to'g'ri kelmaydi" deb. Aslida esa qo'rquv bor ekan. Dekan o'rinbosarida ham ayb yo'q chog'i, ular ham buyruqni bajaryapti. Lekin muomula madaniyati 0.

Kimdirlar dinni niqob qilib, terroristlarga qo'shilib ketayotgan bo'lsa, hamma shunaqa degani emas.

P.s: Vazir tez orada Koreyadan qaytishi bilan bu muhim muommolarga e'tibor qaratadi degan umiddamiz

Ma'sullarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.2K viewsedited  10:56
Ochish/sharhlash
2021-12-18 12:45:11 RO‘MOLINGNI YECHMAGANINGGA...

Ko‘z yoshlaring yuzing yuvdilar,
E’tiqoddan kechmaganingga.
Oliygohdan seni quvdilar,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Tazyiq birla to‘ydirib jondan,
Mirshablar turtdilar to‘rt yondan,
So‘ng xo‘rlab oynai jahonda,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Buzilib muhbirning avzoyi,
Qildi tuhmat matn xirgoyi,
Onangni qildilar sazoyi,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Opang edi qo‘li yengil doya,
Lek ongida Islomiy g‘oya.
Dedi unga boshliq xamsoya:
Ro‘molingni yechmaganingga-

Ishdan ketgil, yozgil ariza.
Xokim qildi majlizda izza.
Qaltiradi axir bu tizza,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Garchi qilar padar buzrukvor,
Seni nohaq quvganlardan or.
Sening xali mukofoting bor,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Sen umidvor bo‘lma qozilar(sudyalar)
Sening xo‘rligingga rozilar.
Ammo senga ajr yozilar,
Ro‘molingga yechmaganingga.

Masonparast bir to‘da ovsar,
Garchi senga odobdan vaysar.
Ichajaksan jannatda Kavsar,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Gunohingga bo‘lar kafforat,
Xatolaring bo‘lajak g‘orat.
Seni rasul qilar shafoat,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Atrofingni o‘raydi malak,
Joning bo‘lmas rizq uchun xalak.
Gʻanimlaring jazolar Falak,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Uchrab senga asl rijol er.
Sen dinimning yarmisisan der.
Men xam senga atadimda she’r,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Ey qalamim she’r bo‘lib jadal,
Yov ko‘ksiga xanjardek qadal.
Gʻam o‘rniga baxt bo‘lsin badal,
Singlim Ishqdan kechmaganiga,
Ro‘molini yechmaganiga.

Abdurahmon Meshayan

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.3K views09:45
Ochish/sharhlash
2021-12-18 12:15:02
“Choynakning Qopqog‘i” "TROLL.UZ" "Pakapak" kanallari kontent-meykeri Akmal Abdullayevning “Videomontaj noldan” oflayn kursi boshlanish arafasida!

Kursda siz videomontaj nazariyasi, Premiere Pro da to‘liq ishlash va bilimlarni amalda qo‘llab, daromad qilishni o‘rganasiz.

Bundan tashqari Akmal Abdullayev sifatli kontent yaratish bo‘yicha 11 yillik tajribasi bilan bo‘lishadi.

Kurs oflayn (jonli) bo'lib o'tadi.
Start 21-dekabr, soat 19:00
Manzil: Toshkent sh, BIY-metro yonida

Joylar soni chegaralangan.

Tel: +998977097889
Murojaat uchun: @akmalabdullayevvv

Telegram-kanal: https://t.me/abdullayevprod
7.2K views09:15
Ochish/sharhlash
2021-12-18 08:45:08
RO'MOL, Qisqa metrajli badiy film

* Mana shunday insonlar qani? E’tiqod erkinligi ta’minlangan davlatda shunday ishlar bo’lib tursa…

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.3K viewsedited  05:45
Ochish/sharhlash
2021-12-17 21:33:10
Navbat Qo'qon davlat pedagogika institutiga...

Institutda o'rangan qizlarni birma-bir yig'ib xonadan olib chiqib ketishmoqda.

Rosa avj olib ketdi shekilli ro'molga yopishish. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining xabari bormikan? Yoki.... Ishqilib gumonimiz to'g'ri bo'lib chiqmasin.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tib ketishni joiz deb bilamiz. Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga bir ranjida qiling, hijob yoki ro'molda keladigan qizlar ko'p. Rahbariyat tomonidan shu vaqtgacha hech qanday ta'qiq qo'yilmagan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.8K viewsedited  18:33
Ochish/sharhlash
2021-12-17 19:24:05 #SOS

Xabaringiz bor kecha kanalimizda Jizzax davlat pedagogika institutidagi holatni e'lon qilgan edik.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, audiodagi o'qituvchilardan biri, qizlarga chora ko'rishini va qizlarni sirtqi ta'limga o'tkazib yubormoqchi ekani aytilgan.

Qizlar yolg'on gapirmagan. Ular institut sha'niga dog' tushirishni istamagan, ular shunchaki o'z e'tiqodini himoya qildi.

Bu qizlar ayrim erkaklarga qaraganda mardni ishini qildi. Lekin, biz ularni himoya qilolmayapmiz.

Qani ma'sullar? Nega Jizzaxdagi vallomatlarga chora ko'rmaysizlar? Yoki hijobda institutga kelgani ularning aybimi?

Qizlarga chindan ham chora ko'rishsa, @TalabaUz ma'muriyati umuman ochiqlanmagan va ko'pchilikni ishdan oladigan materialni e'lon qiladi.

Mayli, Vazirlikni qo'lidan chora ko'rish kelmas. Ular ham kimningdir buyrug'iga qarshi ish qilolmayotgandir. Lekin, bizni yo'qotadigan narsamiz yo'q

O'zini musulmon deb biladigan Jizzax davlat pedagogika instituti yigitlari, muslimalarni xafa qildirib qo'ymang!!!

Barchaga tarqating, himoya qiling
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.4K viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash
2021-12-17 18:45:37 Kitobni hammaga o'xshab yashab, hammaga o'xshab xotima topishni xohlamaganlar o'qiydi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.5K views15:45
Ochish/sharhlash
2021-12-17 12:30:30
O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari aloqalarini mustahkamlash uchun 2022 yilga diplomatik nom berishdi. Bu «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili» bo‘ladi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
11.2K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash