Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 152

2021-12-11 09:02:00
Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.2K views06:02
Ochish/sharhlash
2021-12-11 08:00:42 Institutga kirgan vaqtimizda ko'pchilikda bir xil niyat bo'lgan: "tezroq dasturlashni o'rganish."

Lekin eng qiyini - boshlash. "Qaysi dasturlash tilini o'rganay, qaysi texnologiyani, qayerda kurs arzonroq, qaysi kurs yaqinroq, o'zim ham o'rgana olarman" degan har xil muhim bo'lmagan savollarni javobini qidirib, oylab, ba'zilarda yillab vaqtlar o'tib ketadi. Maslahatim bunaqa narsalarni o'ylashga ko'p vaqt sarflamang!

Yo'nalish tanlashda adashsangiz ham unchalik katta muammo emas, ya'ni, qaysi texnologiyani o'rgansangiz ham muhimi o'rganish. Boshlagan bo'lsangiz o'zingizga mos yo'nalishga o'tish uchun ham qiynalmaysiz

Agar yo'nalishlarda juda ikkilanyapman desangiz, maslahatim Frontendni o'rganishni boshlayvering. Boshlang'ich bilimlarni olishingiz bilan natijalaringizni vizual ko'rib turasiz (nima ish qilingani ko'rinib tursa o'rganishga qiziqish ham ortadi).

Qayerda o'rganishga kelsak, biror joyda ishlagan loyihalarda qatnashgan dasturchilardan o'rganing. Ularda bilim ham, tajriba ham bo'ladi. Bilishimcha hozirda Idrok ta'limda Frontend bo'yicha EPAM kompaniyasini senior dasturchilari dars beradi. Agar o'rganmoqchi bo'lsangiz shu kursga yozilishni tavsiya qila olaman. Seniorlardan o'rganish sizni mutaxassis qilishga yordam beradi!

Hullas, boshlang bu semestr ham tugay deb qoldi siz hali ham boshlamabsiz, savollarni bas qilib boshlang!
7.4K viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2021-12-11 06:45:28 Ommaviy mushtlashuv bo'lmagan, janjal 2 kishi o'rtasida bo'lgan. TerDU rasmiy munosabat bildirdi.

Termiz davlat universiteti matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda” nomli videotasvir yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

9-dekabr kuni soat 12:50, tanaffus vaqtida Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti binosi oldida fakultetning matematika ta’lim yo‘nalishi (rus guruhi) 3-bosqich talabasi Abdullayev Dilshod shu yo‘nalish 1-bosqich talabasi Abdusalim Hamroyev bilan o‘zaro turtilib ketish natijasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Natijada o‘zaro gap talashishadi. Keyin A.Hamroyev hovli tomon qochadi. Abdullayev Dilshod uni quvib ketib, bir musht tushiradi. Videotasvirdagi holatda janjalni ko‘rib talabalar yig‘ilgani aks etgan bo‘lib, ommaviy mushtlashuv bo‘lmagan.

Voqea joyiga profilaktika inspektori Dilshod Yusupov, universitet rahbariyati, fakultet dekani va mas’ullar kelib, ular bilan voqea yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Talabalar o‘zaro yarashib olishgan. Fakultet miqyosida talabalar o‘rtasida holat muhokama qilinib, tegishli choralar ko‘rildi. Hozirda Termiz shahar 1-sonli IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.8K viewsedited  03:45
Ochish/sharhlash
2021-12-10 19:08:32 #biroz_tabassum

Haqiqiy og’riq 4 yosh ingliz bolacha, ingliz tilini sendan ko’ra yaxshiroq bilishi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.3K viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2021-12-10 16:36:02
Akbar Djurabayevich Tashkulov Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.3K viewsedited  13:36
Ochish/sharhlash
2021-12-10 14:13:43
Termiz Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda...

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.8K viewsedited  11:13
Ochish/sharhlash
2021-12-10 13:30:20
Davlat granti o'qishni ko'chirganda saqlanib qolishi

Assalomu alaykum, men bir taklif bildirmoqchiman, ya'ni talaba o'qishini mos yoki turdosh yo'nalishga ko'chirganda davlat granti saqlanib qolmaydi, bu esa ko'pchilik talabalarni qiynab kelayotgan muammodir. Shu sababli bu masala bo'yicha nizomga o'zgartirishlar kiritilsa, ya'ni davlat granti o'qishni ko'chirishda ham saqlanib qolinsa biz talaba yoshlar bundan xursand bo'lardik. Shu o'zgartirish amalga oshirilsa, talabalarning ko'pchilik qismi qo'llab-quvvatlagan bo'lardi.

Hozirgi kundagi dolzarb masala ovozga qo'yilibdi.

Davlat grantida o'qiyotganlar o'qishini ko'chirganda kontrakt bo'lib ko'chiradi. Bu tartibga o'zgartirish kiritish uchun ovozga qo'yilibdi.

Do'stlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.3K views10:30
Ochish/sharhlash