Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-18 08:34:20 TURDOSH YO‘NALISHLAR-2023
#perevod

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
7.2K viewsedited  05:34
Ochish/sharhlash
2023-07-16 10:13:55 OTMlarning Magistratura bosqichiga qabul qilishda til sertifikatini talab qilish qanchalar to'g'ri?

Prezident qaroriga ko‘ra, 2022/23 yilgi qabuldan magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabgorda chet tilidan B2 daraja, til yo‘nalishlari nomzodlarida esa S1 darajadagi sertifikat bo‘lishi majburiy qilib qo‘yilgandi.

Magistratura uchun til bilish darajasini aniqlovchi sertifikat o'zi nimaga kerak?

4 yil OTMda o'qib faqat 1-kursda chet tili o'tilgan xolos, demak biz magistraturaga hujjat topshirishimiz uchun qo'shimcha chet tili darsiga pul sarflab o'rganishimiz kerakmi-di?
Bo'lmasa, bir tiynga qimmat darsliklar uchun nimaga falon pul kontrakt to'lab o'qidik.

4-kursgacha darsliklar qatorida chet tili bo'lsagina sertifikati talab qilish adolatli bo'lar edi.

Endi qarang, ko'plab OTMdagi ayrim ta'lim yo'nalishlarida chet tili faqat 1-kursning 1-simestirida o'tiladi xolos, ayrim yo'nalishlarda esa 4-kursgacha to'liq o'tiladi.

Misol:
Axborot texnologiyalari fakulteti amaliy matematika va informatika ta'lim yo'nalishining 4-kursini tamomlayotgan talabalarga faqat 1 kursdagina chet tili o'tilgan.
Tabbiy fanlar fakultetining esa biologiya ta'lim yo'nalishining 4-kursini tamomlayotgan talabalarga esa to'liq 4-kursgacha chet tili o'tilgan.

Endi ikkala ta'lim yo'nalishini tamomlayotgan talabalardan magistratura uchun bir xil chet tili sertifikatini talab qilish qanchalar to'g'ri.
Qani bu yerda mantiq!

P.S: Men bir dasturchi bolani taniyman. Bakalavrni tamomlayabdi. O'z ishining ustasi.
Ajoyib dastur, ilova va o'yinlar yaratadi. Maktabda 1 mln so'm evaziga oylikka ishlaydi
OTMdagi o'qituvchilar bilan bilim jihatdan bemalol raqobatlasha oladi. Bilim darajasi ancha yuqori.

Endi shu bola magistraturada o'qishi uchun bor bilimini dasturlashga emas xorijiy til o'rganishga sarflashi kerakmidi

P. S. Buning hammasi shaxsiy fikr. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan magistratura uchun talab qilayotgan xorijiy til sertifikatini bekor qilishini so'rab qolardim, yoki qayta bir ko‘rib chiqilishi kerak.

Saidali Khayitov

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
9.4K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash
2023-07-15 21:12:29 SamDUda nima gaplar?

Joriy yilning 21 iyun kuni SamDUning Psixologiya fakulteti 4-kurs talabalaridan yakuniy davlat attestasiyasi olinadi. Manbamizning ma’lum qilishicha, mazkur attestasiya uchun 50-100 $ atrofida pul yig‘iladi. Bu ishlarni dekanatda ishlaydigan Xurshid ismli talaba tashkillashtirganligi aytiladi.

Mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar idoralariga ham murojaat qilingan ekan. Biroq, bu ishlar paysalga solinganligi uchun adolat qaror topishi maqsadida bizga murojaat qilishdi.

Ushbu holatni tegishli idoralar adolatli o‘rganib chiqadi degan umiddaman!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
8.9K views18:12
Ochish/sharhlash
2023-07-15 20:10:13
- Vatan qachon xarob bo‘ladi?
- Qachonki johil qahvaxonada o‘tirgani va universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang, shunda xarob bo‘ladi.

Mubashshir Ahmad

https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
7.8K viewsedited  17:10
Ochish/sharhlash
2023-07-15 19:57:48
Xayrli kech!

Ukoldan rosa ham bezor bo'lgan ko'rinadi

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
9.0K views16:57
Ochish/sharhlash
2023-07-15 18:31:44 Bir joydan boshqa joyga ko‘chish, ishni o‘zgartirish, o‘quv muassasasini tanlash — bu kabi vaziyatlarda qaror qabul qilish oson kechmaydi. Xato qilmaslik uchun qanday yo‘l tutish lozim?

Har qanday qarorni qabul qilishdan avval 10/10/10 qoidasini qo‘llash mumkin. Uchta o‘nlik vaqtning uch bo‘lagini anglatadi. O‘zingizga quyidagi savollarni berib ko‘ring: Men uchun bu o‘n daqiqadan so‘ng qanchalik muhim bo‘ladi? O‘n oydan keyinchi? O‘n yildan keyinchi?

Bu savollarga javob berish orqali qarorlaringizning kelajakdagi oqibatini tasavvur qilishingiz mumkin.

Mentalaba.uz esa, ana boringki, 100 yildan keyin ham afsuslanmaydigan qaror qabul qilishingizda ko‘maklashadi. Mentalaba.uz platformasi ikkilanayotgan abituriyentlarni o‘z salohiyatiga mos oliy ta’lim muassasasini topishda yordam beradi. Saytga kirib, osongina ro‘yxatdan o‘ting va bir necha daqiqa ichida bir nechta oliygohlarga ariza topshiring!

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram
7.5K views15:31
Ochish/sharhlash
2023-07-15 14:30:45
Davlat oliy taʼlim muassasalariaro hamda xorijiy va nodavlat muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz (davlat OTMlariaro) hamda my.uzbmb.uz (xorijiy va nodavlat OTMlaridan) platformalari orqali qabul qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
7.5K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2023-07-15 14:13:48
Император кимга эгилиб салом берган эди?...

(Тоҳир Малик сабоқлари)

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
8.4K views11:13
Ochish/sharhlash
2023-07-15 12:31:36
Hoziroq qo'ng'iroq qil!

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2023/2024 — o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Bizda 5ta fakultetda 24ta kafedra mavjud:

- Norganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti
- Yoqilg’i va organik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti
- Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti
- Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti
- Menejment va kasb ta’limi fakulteti

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun +998 95 479 80 84
Sirtqi ta'lim yo'nalishlari uchun +998 95 479 80 85
Magistratura mutaxassisliklari uchun +998 95 479 80 82
Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturlari uchun +998 95 479 80 81
Ishonch telefoni: +998 95 479 80 83

KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha KVOTA
SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha KVOTA
KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha KVOTA
MAGISTRATURAGA KVOTA

Hoziroq qo'ng'iroq qil, sen ham safimizda bo'l!

Bakalavr bo'yicha qabulga oid muhokama guruhi https://t.me/+9Gx9FLG7UitmNjFi

Magistratura bo'yicha qabulga oid muhokama guruhi https://t.me/+wCuOdr7v7rQyN2Q6

TKTI.UZ | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | VK | Linkedin
6.8K views09:31
Ochish/sharhlash
2023-07-15 11:53:49
Bir abituriyentga tushgan savol boshqa abituriyentga qayta tushishi mumkinmi?

Savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi javob berdi:

Test sinovlari bir kunda ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Birinchi smenada tushgan test variantlari ikkinchi smenada takrorlanmaydi.

Test sinovlari 15 kun davomida 2 smenada bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, har bir smena uchun tegishli fanlar bo‘yicha alohida test topshiriqlari bazasi shakllantiriladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
7.8K views08:53
Ochish/sharhlash