Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 143

2021-12-30 05:52:23
"Besh yildan so'ng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro'yhatida bo'laman"

Nodirbek Abdusattorov 19.11.2017

Gapiga javob berishlik mana shunday bo'ladi...

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.4K views02:52
Ochish/sharhlash
2021-12-29 09:20:21
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning yangi tartibi belgilandi

Harbiy OTMlarga qabul:

– harbiy-professional yo‘naltirish;
– dastlabki saralab olish;
– test sinovlaridan iborat.

Bir bosqichdan o‘tmagan odam keyingi bosqichga qo‘yilmaydi. Nomzodlarning ma’lumotlari 25-iyungacha DTMga berilishi kerak. Test esa iyul-avgust oyida o‘tkaziladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.9K views06:20
Ochish/sharhlash
2021-12-28 23:19:44
Tarixiy gʻalaba: Nodirbek Abdusattorov — jahon chempioni!

Nodirbek Abdusattorov shaxmatda navbatdagi raqibi ustidan ham gʻalaba qozonib, jahon chempioni boʻldi. U bilimli, salohiyatli Oʻzbekiston yoshlarining yorqin namunasi. Barakalla, Nodirbek!

O‘zbekistonlik 17 yoshli shaxmatchiga 60 ming dollar mukofot taqdim qilindi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
1.3K viewsedited  20:19
Ochish/sharhlash
2021-12-28 09:34:23
Maktabda shunday kundalik tutganlar bormi?

Do'stlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.7K viewsedited  06:34
Ochish/sharhlash
2021-12-27 20:47:56 Bu masala bo'yicha maqola chiqarmoqchi emas edik... Lekin, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masala muhokama maydoniga aylandi.

Xabaringiz bor, biroz oldin Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3 kurs talabasiga dekan oʻrinbosari tegajogʻlik qilgani to'g'risida gap so'zlar tarqalgan edi.

Bugun murojaat botimizga o'sha qizning judayam hunuk (21+), behayo videolari kelib tushdi.
Afsus biz uni kanalga chiqarolmaymiz...

Balkim bu videolar montaj bo'lib, qizga tuxmat qilinayotgan bo'lishi mumkin. Aksincha bo'lib chiqsachi?

Bor aybni dekan o'rinbosariga ilib, xato qilib qo'ymadikmi?

Xulosani esa, biz kerakli tashkilotlarga qoldirdik. Aybdorlar esa jazolanishi shart!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
3.6K viewsedited  17:47
Ochish/sharhlash
2021-12-27 14:19:37 QISHKI PEREVOD: 2021/2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!!

Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ISHCHI GURUHLARI faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.
Manba: @Eduuz

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
10.8K viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash
2021-12-27 05:10:01
O‘zbekistonda talabalarga majburiy o‘qish formasi bekor qilinishi kutilmoqda

2022-2023 yillarda moliyaviy erkin oliy o‘quv yurtlarida formani ixtiyoriy tanlash huquqi bo‘ladi, galstuk, forma shart bo‘lmasligi mumkin

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
9.8K viewsedited  02:10
Ochish/sharhlash
2021-12-26 19:10:01
Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari RO‘YXATI

Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yuqoridagi 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi.
OO'MTV

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.8K views16:10
Ochish/sharhlash
2021-12-26 11:13:01 Davlat inspektsiyasi ogohlikka chaqirdi: O‘zbekistonda soxta universitetlar bor

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi soxta oliy ta’lim muassasalaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Inspektsiyaning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan bir qator tashkilotlar o‘zlarini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sifatida targ‘ib qilish holatlari uchramoqda. Xususan, ko‘pchilik “Valley Innovative University”, Samarqand – Koreya xalqaro universiteti, Angren – Koreya internatsional universiteti, Xalqaro Yevropa universiteti va boshqa shu kabi muassasalar tomonidan berilgan diplomlar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.

Ularning ayrimlari hattoki xorijda ta’lim olayotgan yurtdoshlarimizga o‘qishlarini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirish bo‘yicha va’dalar berayotganligi aytilmoqda.

“Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi yuqorida nomi keltirilgan ta’lim tashkilotlari O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emasligini ma’lum qiladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspektsiyasidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir”,
– deyiladi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bayonotida.
AZON.UZ

Talabalar rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.2K views08:13
Ochish/sharhlash
2021-12-26 09:19:28
Talaba ham odam...

Bu taklifnomani ko'rib hursand bo'lishingiz tayin.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Palandara MFY tomonidan 2021-yil o'qishga kirgan talabalarni bayram tadbiriga taklif qilayotgan ekan

Talabalarni davri kelyapti shekilli) Ko'p mahalladagilar o'rnak olishsa yaxshi bo'larmidi

Talabalar rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.7K viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash