Get Mystery Box with random crypto!

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @taftish_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.60K
Kanalning ta’rifi

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.
Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s
https://t.me/taftishuz_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-12-08 10:02:52
Hurmatli yo'lovchilar!

Toshkent xalqaro aeroportida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlandi.


Shu munosabat bilan 8-dekabr soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yo‘l o‘tkazgichga (estakada) chiqish cheklanadi.

Avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yoʻlovchi tushirish yoʻlagi tashkil etiladi.

Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi.

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so'raydi.

@taftish_uz
17.0K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-12-05 18:40:35
Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirma eʼlon qildi

Qishki taʼtil arafasida oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mahaliy yoʻnalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma eʼlon qilindi.

Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

@taftish_uz
34.3K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-12-05 18:21:56
O‘zbekistonda 2023-yilning noyabri kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

Ob-havo sharoitiga ko‘ra, bu haqiqatan ham baxmal (barxat) mavsumi bo‘ldi

O‘tgan yilning noyabr oyida respublika hududi bo‘yicha hech bir joyda maksimal havo haroratining rekord darajadagi yuqori ko‘rsatkichlari kuzatilmagan

@taftish_uz
18.3K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-12-05 17:51:33
O'zbekistonda yil boshidan buyon 26 ta mayning ferma fosh qilindi

Joriy yilning o‘tgan davrida 26 ta holatda 58,2 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 29 mln kVtli yoki 145 mingta xonadonning bir oylik isteʼmol ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini o‘g‘irlash orqali mayning faoliyatini amalga oshirishganligi aniqlanib, 29 nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

@taftish_uz
16.2K views14:51
Ochish/sharhlash
2023-12-05 11:21:03
Oʻzbekiston boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 11 ta medalni qoʻlga kiritdi

Armanistonda oʻtgan musobaqada oʻzbekistonlik bokschilar – 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Oʻzbekiston uchinchi oʻrinni egalladi.

@taftish_uz
17.5K views08:21
Ochish/sharhlash
2023-12-05 11:02:47
Bu hafta oʻzbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olishadi

Konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻzbekistonliklar dam olishadi:

8-dekabr, juma-dam olish kuni;
9-dekabr, shanba-taqvim boʻyicha dam olish kuni;
10-dekabr, yakshanba-taqvim boʻyicha dam olish kuni.

@taftish_uz
17.2K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-12-05 10:34:11
#OB_HAVO

Oʻzbekistonga sovuq havo bosqichma-bosqich kirib kelmoqda, qor va yomgʻir yogʻadi

Joriy yilning 9-14-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.

9-dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10-dekabrda shimoliy va choʻl hududlarida, 11-dekabrda respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14-dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

@taftish_uz
16.5K views07:34
Ochish/sharhlash
2023-12-05 09:31:15
Eng qimmat goʻsht 70 ming soʻm

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Eski juvadagi ayrim turdagi mahsulotlarning ulgurji narxlarini eʼlon qilibdi. Unga koʻra, 1 kg mol va qoʻy goʻshtining eng qimmati narxi 70 ming soʻm ekan.

@taftish_uz
17.5K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-12-05 09:12:46 Iqlim migrantlari soni 2050-yilda 1,2 mlrdga yetishi mumkin

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Dubayda oʻtayotgan Xalqaro iqlim forumi tadbirida shunday fikr bildirdi.

“Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, iqlim migrantlari soni 2050-yilda 1,2 mlrdga yetishi mumkin. Atrof-muhit, rivojlanish va xavfsizlik oʻrtasidagi bogʻliqlik Markaziy Osiyo respublikalarining mintaqaviy landshaftiga taʼsir qiluvchi asosiy omil hisoblanadi”, deydi Abduhakimov.

Taʼkidlanishicha, soʻnggi 50-60 yilda iqlim oʻzgarishi natijasida Markaziy Osiyoda muzliklar 30% ga qisqardi. Oxirgi bir necha oʻn yilda oʻrtacha yillik harorat 1,5 darajaga koʻtarildi.

@taftish_uz
15.7K viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2023-12-05 08:40:44
Rossiyada haydovchi rulda oʻxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi rosgvardiya karvoniga kelib urildi.

OAVning yozishicha, voqea oqibatida rosgvardiyaning besh nafar xodimi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Yuk mashina haydovchisi vafot etgan.

@taftish_uz
16.0K views05:40
Ochish/sharhlash