Get Mystery Box with random crypto!

Iqlim migrantlari soni 2050-yilda 1,2 mlrdga yetishi mumkin E | Taftish.uz | Rasmiy kanal

Iqlim migrantlari soni 2050-yilda 1,2 mlrdga yetishi mumkin

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Dubayda oʻtayotgan Xalqaro iqlim forumi tadbirida shunday fikr bildirdi.

“Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, iqlim migrantlari soni 2050-yilda 1,2 mlrdga yetishi mumkin. Atrof-muhit, rivojlanish va xavfsizlik oʻrtasidagi bogʻliqlik Markaziy Osiyo respublikalarining mintaqaviy landshaftiga taʼsir qiluvchi asosiy omil hisoblanadi”, deydi Abduhakimov.

Taʼkidlanishicha, soʻnggi 50-60 yilda iqlim oʻzgarishi natijasida Markaziy Osiyoda muzliklar 30% ga qisqardi. Oxirgi bir necha oʻn yilda oʻrtacha yillik harorat 1,5 darajaga koʻtarildi.

@taftish_uz