Get Mystery Box with random crypto!

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @taftish_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.85K
Kanalning ta’rifi

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.
Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s
https://t.me/taftishuz_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-12-11 13:00:39
“Toshkent-Samarqand» pulli avtomobil yoʻlini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Uning uzunligi 305 km boʻladi

Avtomobil yoʻli 6 tasmali “avtomagistral” talablari asosida quriladi. Shuningdek, hamma tutashma va inshootlar ustidan yangi koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar qurish hamda intellektual transport tizimini oʻrnatish koʻzda tutilgan.

Yoʻl qoplamasining yuk koʻtarish qobiliyati xalqaro standartlar boʻyicha 13 tonna hisobida amalga oshiriladi hamda avtomobil yoʻlining xizmat qilish muddati 25 yil etib belgilangan.

@taftish_uz
16.8K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-12-11 12:40:02
Tojikistonda 32 yoshli erkak oʻz onasiga 136-marta pichoq bilan zarba bergan

Tojikistonning Soʻgʻd viloyatida dahshatli qotillik roʻy bergan. 32 yoshli fuqaro oʻzining 65 yoshli onasiga 136-marta pichoq bilan zarba bergan.

Qotil avvaliga onasi unga pichoq bilan tashlanganini va shundan soʻng undan pichoqni olib qoʻyib onasini pichoqlaganini aytgan. Maʼlum boʻlishicha 65 yoshli ayol 30 yildan beri hududdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi roʻyxatida turgan boʻlgan. Hozirda qotilning ham ruhiy holati tekshirilmoqda.

@taftish_uz
18.0K views09:40
Ochish/sharhlash
2023-12-11 09:59:02
Bugundan AI-80 va AI-92 benzinlarini ishlab chiqarish ikki baravar oshirilmoqda

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi.

Avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilgʻi talab qiladigan palla - qish mavsumida yoqilgʻiga talab tobora ortib borishiga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilgʻi bozorida barqaror taklifni taʼminlab, zavodga qish mavsumida isteʼmolchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.

@taftish_uz
17.3K views06:59
Ochish/sharhlash
2023-12-11 09:31:38
Parijdagi Airbnb kvartiralari egalari 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishni boshladi.

Business Insider nashrining xabar berishicha, Olimpiya oʻyinlari davomida qisqa muddatli ijaraga beriladigan kvartiralarning narxi allaqachon ikki baravarga oshgan - bir kecha uchun 435 dollardan 932 dollargacha.

@taftish_uz
15.2K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-12-11 09:01:05
Sovuq kunlarda bosh kiyim kiyish shart

Dunyoning eng mashxur mutaxassislari sovuq kunlarda bosh kiyim nega zarurligini izohlashdi.

• Harorat minusga o‘tishi bilan boshdagi soch strukturalari o‘zgaradi.
• Soch sovuqqa o‘ta ta’sirchan xisoblanib -1° ni -5° dek qabul qilar ekan.
• Bosh kiyim kiyilmasa soch ildizidagi qon tomirlar keskin qisqaradi va qon aylanish keskin pasayadi.
• Soch to‘kilishi bitta xavf bo‘lsa qazg‘oq bilan kasallanishi bir taraf bo‘ladi.

Bizni sovuqlarda harorat +5° dan boshlab bosh kiyim zarur. Bolalarga +10° da ham kiygizgan ma'qul.

@taftish_uz
16.8K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-12-11 08:40:41
Fargʻonada 25 nafardan ortiq odam bezorilik ustida ushlandi

Oʻtkazilgan tadbirlar natijasida:

5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari,
414 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar,
42 ta qurol-yarogʻ,
221 ta oʻq-dorilar,
61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon va taqiqlangan adabiyotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Jinoyat sodir etib, sud va tergovdan yashiringan qidiruvdagi 50 kishi ushlandi.

@taftish_uz
15.5K views05:40
Ochish/sharhlash
2023-12-11 08:20:10
Erta tongdan Oʻzbekistonning 3 hududida qor yogʻishni boshladi

Bular – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari.

Video: Uzb_Meteo

@taftish_uz
17.0K views05:20
Ochish/sharhlash
2023-12-11 08:07:57
Uzbekistan Airways samolyoti havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi

Nyu Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi.

Hodisa 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu York – Toshkent reysida sodir boʻldi. Boeing 787 havo kemasi sardori yoʻnalish boʻylab muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qildi. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berildi. 1991-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan yechildi.

Kerakli protseduralar amalga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.

HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.

@taftish_uz
17.7K views05:07
Ochish/sharhlash
2023-12-10 15:21:35
Chilini kuchli o'rmon yong'inlari qamrab oldi

Eng xavfli vaziyat Limache shahri atrofida yuzaga kelgan. Yong‘in oqibatida 7 kishi jabrlangani, 300 kishi evakuatsiya qilingani xabar qilingan. 20 ta uy yonib ketdi.

@taftish_uz
42.2K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-12-10 15:02:13 Oʻzbekiston Ochiq maʼlumotlar portali oltin darajadagi sertifikat oldi

2023-yil 5-dekabr kuni Londondagi Ochiq maʼlumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali data.egov.uz “Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi.

Ochiq maʼlumotlar institutining sertifikatini dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portallar olgan. Ammo dunyoda atigi 3 ta sayt eng yuqori boʻlgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega boʻlgan. Ulardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti - stat.uz.

@taftish_uz
16.4K views12:02
Ochish/sharhlash