Get Mystery Box with random crypto!

#OB_HAVO Oʻzbekistonga sovuq havo bosqichma-bosqich kirib ke | Taftish.uz | Rasmiy kanal

#OB_HAVO

Oʻzbekistonga sovuq havo bosqichma-bosqich kirib kelmoqda, qor va yomgʻir yogʻadi

Joriy yilning 9-14-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.

9-dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10-dekabrda shimoliy va choʻl hududlarida, 11-dekabrda respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14-dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

@taftish_uz