Get Mystery Box with random crypto!

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @taftish_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.85K
Kanalning ta’rifi

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.
Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s
https://t.me/taftishuz_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-11-30 15:41:23
Toshkent shahrida 10 oy ichida salkam 30 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan

Toshkent shahar hokimligining axborotiga koʻra, Poytaxtda 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida 29 560,3 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha boʻldi:

binolar va inshootlar qurish yoʻnalishi 68,8 % ulushni tashkil etib, 20 343,8 mlrd. soʻmni

fuqarolik obyektlarini qurish yoʻnalishi 15,7 % ulushni tashkil etib, 4 632,6 mlrd. soʻmni

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yoʻnalishi 15,5 % ulushni va 4 583,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

@taftish_uz
24.1K views12:41
Ochish/sharhlash
2023-11-30 15:21:23
Sirdaryoda suv qimmatlashadi

Viloyat xalq deputatlari kengashi qarori bilan 15-dekabrdan ichimlik va oqova suv xizmati uchun tariflar oshirilmoqda.

Ichimlik suvi:

aholi uchun 1m kub – 2 500 soʻm;
yuridik shaxslar uchun 1m kub – 7 000 soʻm;

Oqova suvi xizmati:

aholi uchun 1m kub – 800 soʻm;
yuridik shaxslar uchun 1m kub – 2 000 soʻm;

@taftish_uz
23.3K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-11-30 15:02:08
Shoyatbek Boboyev Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi

U hozirgacha Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining mashinasozlik (uskunasozlik) va elektrotexnika sanoati boshqarmasi boshlig‘i edi.

Boboyev tumanga 2022 yilning oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Azizbek Latifjonov o‘rnini egallagan.

@taftish_uz
20.2K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-11-30 14:41:24
2023-yil boshidan buyon qozogʻistonlik oʻsmirlar orasida oʻz joniga qasd qilish holatlari 30 foizga oshgan.

Oʻn oy ichida Qozogʻistondan 169 nafar voyaga yetmaganlar oʻz joniga qasd qilishgan, ulardan 27,8 foizi 5 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar, 72,2 foizi 15 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlardir.

@taftish_uz
17.2K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-11-30 14:20:02
Toshkent metropolitenining “Xalqlar dostligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali tolovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi.

Toshkent metropolitenidan foydalanganda yol haqqini tolash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. Otish joyida UZINFOCOMning - Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.

Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda tolov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali oz shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishingiz zarur. Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablagi bilan toldiriladi. Shundan song to‘lov uchun kaftingiz kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki, QR-kodli cheklarsiz to`lovni amalga oshira olasiz.

@taftish_uz
19.8K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-11-30 12:41:14
Parkinson kasalligiga chalingan bemor orqa miya neyro-implantati yordamida mustaqil ravishda yura oldi

Parkinson kasalligiga chalingan bemor unga neyro-implant o’rnatilganidan keyin o’zini qanday his qilayotganini so’zlab berdi. Fransiyada yashovchi Markning so’zlariga ko’ra, u o’zini "qayta tug’ilgandek" his qilmoqda.

Mark bu kasallikga 20 yildan ko’proq vaqt oldin, taxminan 40 yoshida chalingan. Shundan so’ng u jiddiy muammolarga duch kelgan, jumladan, yomon harakatlanish, muvozanat muammolari va yurish paytida yiqilish.

Tadqiqotchilar neyro-implant yordamida uning normal harakatlarini tiklashga muvaffaq bo’lishdi va uning yurish qobiliyati tom ma’noda yaxshilandi. Endi Mark xotirjamlik bilan zinadan ko’tariladi, bog’da sayr qiladi va hech qanday qiyinchiliklarni his qilmaydi.

@taftish_uz
18.1K views09:41
Ochish/sharhlash
2023-11-30 12:03:47
Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi yong‘inda 20 ta do‘kon yonib ketdi

Viloyatdagi “Tolibon” rasmiysiga ko‘ra, yong‘in elektr simlaridagi tutashuv oqibatida kelib chiqqan. Do‘konlar egalariga katta zarar yetgan.

@taftish_uz
17.2K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-11-30 11:41:06
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha Davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi

“Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha Davlat kotibi etib tayinlangan Devid Kemeron janoblari bilan uchrashib, Oʻzbekiston - Birlashgan Qirollik hamkorligining asosiy yoʻnalishlarini muhokama qilishdan mamnunmiz. Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarimizni barcha sohalarda mustahkamlash borasida kelgusidagi saʼy-harakatlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ham koʻrib chiqdik”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

@taftish_uz
20.0K views08:41
Ochish/sharhlash
2023-11-27 19:21:56
Tashkilot va idoralarning “Ishonch telefonlari” ishlaydimi yoʻqmi?

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga tekshirib turish yuklatildi

Prezident farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlaridagi ishonch telefonlarining doimiy ravishda ishlab turishini tekshirish uchun “Sirli mijoz” tadbiri asosida oʻrganish vazifasi yuklatilmoqda.

Bunda ishonch telefonlarining (Call-markaz) hamda davlat tashkilotlarining oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, maʼlumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligi, shu jumladan, tezkorligi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi darajasini tekshirish ishlari olib boriladi.

@taftish_uz
19.1K views16:21
Ochish/sharhlash
2023-11-27 18:59:01 Korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish boʻyicha yangi tizim joriy etilmoqda Bunda har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu jinoyatlar…
33.9K views15:59
Ochish/sharhlash