Get Mystery Box with random crypto!

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @taftish_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.85K
Kanalning ta’rifi

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.
Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s
https://t.me/taftishuz_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-12-05 08:20:39
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak ishlab chiqargan xususiy korxona aniqlandi
 
DXX tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Paxtachi tumanidagi xususiy korxona rahbari texnik shartda koʻrsatilgan loyihadan tashqari oʻzboshimchalik bilan alohida gaz quvuri oʻtkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan holda ohak ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlandi.

“Oʻzenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat boʻlimi tomonidan berilgan xulosaga koʻra, mazkur korxona 387245 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, kelgani natijasida davlat manfaatlariga 580 mln soʻmlik zarar yetkazgani maʼlum boʻldi.

@taftish_uz
34.3K views05:20
Ochish/sharhlash
2023-12-05 07:40:33
Qozogʻistonning Qo‘stanay viloyatida barcha maktab va kollej o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Bularning barchasi yog'ingarchilik va kuchli muz tufayli, deya tushuntirdi ta'lim bo'limi.

Politsiya haydovchilarni yo‘llarda ehtiyot bo‘lish haqida ogohlantirdi.

@taftish_uz
16.3K views04:40
Ochish/sharhlash
2023-12-05 07:20:34
Metan gaz “zapravka”lariga cheklovlar kiritish boshlandi

Andijon viloyatidagi metan gaz “zapravka”lariga tabiiy gazni yetkazib berish 4-dekabrdan har kunlik ertalab soat 06:00 dan - soat 15:00 ga qadar belgilandi.

Ushbu cheklovlarning kiritilishi havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlari (maktab, bogʻcha, shifoxona va b.)ga yetkazib berish bilan bogʻliq.

@taftish_uz
16.1K views04:20
Ochish/sharhlash
2023-12-02 19:32:16
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifi davomida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Amirliklar tomonidan Vitse-prezident Mansur Ol Nahayon, Bosh vazir oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf Ol Nahayon, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, sanoat va ilgʻor texnologiyalar vaziri, COP28 sammiti prezidenti Sulton Ahmad al-Jobir ham qatnashdi.

@taftish_uz
16.7K views16:32
Ochish/sharhlash
2023-12-02 18:31:22
Taftish.uz tahririyati xodimlari Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tuman tez tibbiy bo‘limi faoliyati bilan tanishganda, tez yordam ko‘rsatish uchun saqlanadigan dorilar qutisidan bir talay yaroqlilik muddati o‘tgan dori-darmonlar borligi aniqlandi. Batafsil holatni yuqoridagi video orqali bilib olishingiz mumkin.

@taftish_uz
17.7K views15:31
Ochish/sharhlash
2023-12-02 16:59:02
Poytaxtda pirotexnika vositalarini Internet orqali sotib kelayotgan shaxs aniqlandi

Mazkur holatda qiymati 350 mln so‘mlik jami 1490 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

@taftish_uz
17.1K views13:59
Ochish/sharhlash
2023-12-02 16:20:02
Quyoshda Yer tomon yo‘nalgan ulkan koronal yorig‘i paydo bo‘ldi

4–7-dekabr kuni navbatdagi kuchli geomagnit bo‘roni sezgir odamlarga zarba berishi mumkin. Maksimal qiymati 9 ball bo‘lgan holda, bu magnit bo‘ronining kuchi 7–8 ball bo‘lishi kutilmoqda.

@taftish_uz
36.2K views13:20
Ochish/sharhlash
2023-11-30 17:41:42
Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakili nogironligi boʻlgan shaxslar murojaatlarini oʻrgandi

Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Viloyatning Shahrixon tumanida yashovchi nogironligi boʻlgan yolgʻiz ona N.B. murojaat qildi. 2 nafar farzandning onasi va 2-guruh nogironi boʻlgan murojaatchi unga 2019-yilda davlat tomonidan uy berilganini lekin, hozirga kelib, quruvchi 105 mln soʻm toʻlashi yoki uyni boʻshatishligini talab qilayotganligini bildirdi.

@taftish_uz
19.1K views14:41
Ochish/sharhlash
2023-11-30 16:32:39
Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi

Ushbu avtobuslar Xitoyda ishlab chiqarilgan.

Viloyatda jamoat transportini isloh qilish prezident qaroriga koʻra amalga oshirilmoqda.

@taftish_uz
17.1K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-11-30 16:03:33
Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston prezidenti BAAda BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida davlat rahbari sammitda nutq soʻzlashi, bir qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

@taftish_uz
19.9K views13:03
Ochish/sharhlash