Get Mystery Box with random crypto!

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @taftish_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.85K
Kanalning ta’rifi

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.
Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s
https://t.me/taftishuz_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-12-10 14:41:18
Ertaga butun Oʻzbekistonda qor yogʻishi kutilmoqda

Havo harorati kechasi -10° gacha tushadi, kunduzi +5° gacha yetadi. Janubda +13° gacha iliq boʻladi.

Shamol tezligi 20 m/s gacha yetadi.

@taftish_uz
30.9K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-12-08 17:41:40
“Qamchiq” dovonida tunda harakatlanmaslik tavsiya qilindi

Shuningdek, dovon yoʻlidan oʻtuvchi haydovchilardan yana bir bor ehtiyotkor boʻlishlari soʻraldi.

@taftish_uz
20.4K views14:41
Ochish/sharhlash
2023-12-08 17:16:19
Jizzaxda tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxs ushlandi

Jizzax viloyatida “Dolzarb - 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida ijtimoiy muhitga salbiy taʼsirini oʻtkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxslar qoʻlga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxs ushlandi.

Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxs aniqlandi.

@taftish_uz
18.2K views14:16
Ochish/sharhlash
2023-12-08 15:33:58
Meizu'dan Cyberpunk uslubidagi yangi mahsulot - MYVU to’ldirilgan reallik ko’zoynaklari. Ular oddiy ko’zoynakdek ko’rinadi va ovoz yoki barmoqdagi uzuk bilan boshqariladi.

Bazaviy model tasvirni faqat yashil rangda ko’rsatadi, top versiyada esa rangli tasvir ko’rsatiladi: bundan tashqari, u premium darajadagi magniyli qotishma korpusiga ega.

Bazaviy versiyasi 350 dollar, top versiyasi esa 1400 dollar. Uzuk alohida 55 dollardan sotiladi.

@taftish_uz
16.5K views12:33
Ochish/sharhlash
2023-12-08 14:59:01
“Kalashnikov” konserni Rossiya armiyasiga yangi rusumdagi “Strelok” jangovar texnika majmuasini yetkazib berishni boshladi

Toʻplam “Korset plyus” zirhli nimcha, qoʻshimcha himoya modullari, sumkalar toʻplami, 30 litrli ryukzak va transport sumkasidan iborat.

@taftish_uz
17.9K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-12-08 14:41:24
“Paqildoq” ovozi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Bunday vositalarning bexosdan paqillashi kishini choʻchitib, yurak-qon tomir tizimiga oʻta salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Ushbu holat fojiali oʻlim bilan yakun topishi ham mumkin.

Bunday shovqindan qattiq qoʻrqish tufayli:

ruhiy buzilish;

surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari;

qandli diabet, homilaga ziyon yetishi ehtimoli yuqori.

Yaqin masofada paqillasa, karlik yoki umrbod quloq shangʻillashi (tinnitus) kasalligiga olib kelishi mumkin.

@taftish_uz
35.4K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-12-08 14:21:25
Toshkentda “Malibu”larning salon va yukxonasiga yashirilgan psixotrop dori vositalari aniqlandi

Ularning umumiy qiymati 300 mln soʻmga teng.

@taftish_uz
17.7K views11:21
Ochish/sharhlash
2023-12-08 13:47:08
Endi bir sutka 25 soatni tashkil etishi mumkin

Myunxen Texnika Universiteti mutaxassislari Yer sayyorasining aylanishi sekinlashishga moyilligini aniqlashdi. Shu sababli, hozirda 24 soat boʻlgan Yer kunini 25 soatga uzaytirish mumkin.

@taftish_uz
18.2K views10:47
Ochish/sharhlash
2023-12-08 10:40:52
Erdo‘g‘an: besh yil ichida Istanbuldagi barcha avariya holatidagi uylar buziladi

Istanbulda har yili 350 mingta uy qurilishi rejalashtirilmoqda va 5 yil ichida zudtar yangilanishni kutayotgan uylar boshqatdan, zilzilabardosh qilib quriladi, degan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

@taftish_uz
16.2K views07:40
Ochish/sharhlash
2023-12-08 10:21:05
Pokiston so‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekistonga mandarin eksport qilishni 8,6 barobarga oshirgan

2022-yilda O‘zbekistonga xorijdan 63,7 ming tonna mandarin olib kirilgan. Bu 2018-yildagiga nisbatan 55,1 ming tonnaga yoki 641 foizga ko‘p. O‘zbekistonga import qilinayotgan mandarinlarning qariyb 80 foizi Pokiston hiisasiga to‘g‘ri keladi. 2022-yilda yetkazib berish 51,1 ming tonnani tashkil etgan. Bu avvalgi yilga nisbatan 45,2 ming tonna yoki 766 foizga ko‘proq.

@taftish_uz
32.1K views07:21
Ochish/sharhlash