Get Mystery Box with random crypto!

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @taftish_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.85K
Kanalning ta’rifi

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.
Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s
https://t.me/taftishuz_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-12-19 15:06:10
Prezident jurnalistlar ishtirokida Global media forumni oʻtkazishni taklif etdi

Davlatimiz rahbari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jurnalistlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish va ular taʼsirini yanada oshirish uchun Global media forumni oʻtkazishni taklif etdi.

@taftish_uz
18.2K viewsedited  12:06
Ochish/sharhlash
2023-12-19 13:21:20
Rossiya oʻz videooʻyinlarini ishlab chiqmoqchi

“Rostex” korporatsiyasi “Jangovar monstrlar” nomli kompyuter oʻyin ishlab chiqmoqchi. Oʻyin qahramonlari obrazlarida shubhasiz Rossiyaning mashhur qurollari T-90M tanki, “Pansыr-S” zenit quroli  va Su-57 qiruvchi samolyotlarini tanish mumkin.

Oʻyin vatanparvarlik ruhida boʻlib, nafaqat koʻngilochar, balkim tarbiyaviy ahamiyatga ham ega boʻladi. Bunday oʻyin yaratish zarurligi haqida biroz oldin Vladimir Putin aytgan edi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra Rossiya aholisining 60%dan koʻpi kompyuter oʻyinlari oʻynaydi va geymerlar soni boʻyicha RF dunyoda beshinchi oʻrinda.

@taftish_uz
16.2K views10:21
Ochish/sharhlash
2023-12-19 12:41:12
Xalqaro kongress markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

@taftish_uz
16.6K views09:41
Ochish/sharhlash
2023-12-19 12:21:16
Xiaomi SU7 elektromobilining birinchi suratlari paydo bo‘ldi

Elektromobil uchta modifikatsiyasi bo‘ladi: SU7, SU7 Pro va SU7 Max. Ot kuchi 300 dan 673gacha, yurish masofasi — 800 kmgacha. Ishlab chiqarish 2024 fevral oyida boshlanadi.

@taftish_uz
18.2K views09:21
Ochish/sharhlash
2023-12-19 11:21:05
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik yoʻlladi

Prezident Gansu va Sinxay muzofotlarida zilzila oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Davlat rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi.

@taftish_uz
17.2K views08:21
Ochish/sharhlash
2023-12-19 11:00:55
Islandiyada uzoq kutilgan vulqon otildi

Reykьyanes yarimorolidagi vulqon bir necha yer silkinishlaridan keyin faollashdi, deb yozdi Daily Mail.

Bu uzoq vaqtdan beri kutilgan edi: bir oy oldin hukumat vulqon yaqinidagi Grindavik shahrining 4 mingga yaqin aholisini evakuatsiya qilgandi.

@taftish_uz
35.0K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-12-19 09:20:53
AQSH olimlari chekish tufayli miya hajmi kichrayishini isbotladi

Bu 32 mingdan ortiq odamning bosh skanerini tahlil qilish asosida aniqlandi. Bundan tashqari, nikotin qarishni tezlashtirishi ma’lum bo‘ldi

@taftish_uz
18.6K views06:20
Ochish/sharhlash
2023-12-19 09:01:33
AQSHda Apple Watch'ning so‘nggi seriyalardagi Series 9 va Ultra 2 modellari sotuvi Apple tomonidan to‘xtatilmoqda

Bunga sabab qilib qondagi kislorod miqdorini aniqlash texnologiyasi bo‘yicha Masimo kompaniyasining patenti buzilgani ko‘rsatilgan.

@taftish_uz
24.3K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-12-19 08:40:35
Sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olindi

Oliy sud matbuot kotibi bergan maʼlumotga koʻra, u talon-toroj qilish (JKning 167-moddasi), mansab vakolatini suiisteʼmol qilishda (205-modda) ayblanmoqda.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudi qarori bilan unga “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi tanlangan.

@taftish_uz
17.5K views05:40
Ochish/sharhlash
2023-12-16 12:51:13
Kelayotgan hafta boshida Oʻzbekistonda harorat –10°C gacha tushib ketib, qor yogʻadi

Havo oʻzgarib turadi, 18-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 19-dekabrda baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 20-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19-dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-dekabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 19-dekabrda kechasi -5...-10 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 20-dekabrda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +0...+5 daraja boʻladi.

@taftish_uz
33.8K views09:51
Ochish/sharhlash