Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli yo'lovchilar! Toshkent xalqaro aeroportida keng ko‘l | Taftish.uz | Rasmiy kanal

Hurmatli yo'lovchilar!

Toshkent xalqaro aeroportida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlandi.


Shu munosabat bilan 8-dekabr soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yo‘l o‘tkazgichga (estakada) chiqish cheklanadi.

Avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yoʻlovchi tushirish yoʻlagi tashkil etiladi.

Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi.

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so'raydi.

@taftish_uz