Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan AI-80 va AI-92 benzinlarini ishlab chiqarish ikki bar | Taftish.uz | Rasmiy kanal

Bugundan AI-80 va AI-92 benzinlarini ishlab chiqarish ikki baravar oshirilmoqda

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi.

Avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilgʻi talab qiladigan palla - qish mavsumida yoqilgʻiga talab tobora ortib borishiga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilgʻi bozorida barqaror taklifni taʼminlab, zavodga qish mavsumida isteʼmolchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.

@taftish_uz