Get Mystery Box with random crypto!

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @taftish_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.85K
Kanalning ta’rifi

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.
Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s
https://t.me/taftishuz_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-12-16 11:02:59
Сокин Шаҳрисабзда қор

“Ўзгидромет”га кўра Қашқадарёнинг бошқа ҳудудлари ва Сирдарё вилоятида ҳам қор ёғмоқда.

Шунингдек, 16-18 декабрь кунлари Тошкент ва Наманганнинг тоғли ҳудудларида қор кўчиши хавфи эълон қилинган.

Sputnik канали кирилл lotin
17.2K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-12-16 10:41:03
Los-Anjelesdagi savdo markazida otishma yuz berdi, bir kishi halok bo'ldi, deb xabar berdi CBS.

Ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Qolgan uch nafari yengil tan jarohati olgan.

@taftish_uz
35.2K views07:41
Ochish/sharhlash
2023-12-16 10:20:49
Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahar Mirobod tumanining quyidagi hududlariga bugun, 16-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.

“Sarako‘l”, “A.Fitrat” va “Banokoti” MFYlari
Aholi xonadonlari soni — 2714 ta
Ulgurji iste’molchilar soni — 11 ta


Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF


@taftish_uz
16.8K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-12-16 09:59:02
OAV: Mark Sukerberg Gavayida yer osti bunkerini o‘z ichiga olgan, oziq-ovqat va energiya manbalariga ega 100 mln dollarlik majmua qurmoqda

Bunkerning portlashdan himoya qiluvchi beton va temir eshigi bo‘ladi. Koolau Ranch nomi bilan tanilgan majmua qisman qurilgani va zamonaviy tarixdagi eng qimmat shaxsiy qurilish loyihalaridan biri ekani aytilgan

@taftish_uz
34.7K views06:59
Ochish/sharhlash
2023-12-16 09:40:49
Maktab oʻquvchilari uchun qishki taʼtil qachondan boshlanadi?

Maktab oʻquvchilari uchun II chorakning soʻnggi kuni 27-dekabrga toʻgʻri kelib, 28-dekabr kuni qishki taʼtilning ilk kuni sanaladi.

Taʼtil 14 kalendar kun, yaʼni 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi. III chorak 2024-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, talabalar uchun qishki taʼtil 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etishi eʼlon qilingan edi.

@taftish_uz
33.4K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-12-16 09:23:43
Fargʻonada bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi is gazidan vafot etdi

Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Ushbu voqea tumanning “Obod” MFY hududida joriy yilning 15-dekabr sanasiga oʻtar kechasi sodir boʻlganligi aytilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oila vakillari uy ichiga oʻrnatilgan pechka dudburoniga kraskaning bankasini yopib qoʻygan va oqibatda shunday koʻngilsiz holat sodir boʻlgan.

“Qadrli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga amal qiling. Oʻzingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qoʻymang!”
, — deyiladi xabarda.

@taftish_uz
35.5K views06:23
Ochish/sharhlash
2023-12-15 16:59:02
Yaponiyada attraksion eng baland nuqtalardan birida — yerdan 40 metr balandlikda to‘xtab qoldi. Qutqaruvchilar 30 daqiqadan so‘ng 32 nafar yo‘lovchini yerga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.

@taftish_uz
18.3K views13:59
Ochish/sharhlash
2023-12-15 16:41:25
Qirgʻizistonda oʻzini “yangi Xudo” deb eʼlon qilgan shaxs ushlandi

55 yoshli Arstanbek Abdыldayev oʻzini “yangi Xudo”, “najotkor” deb eʼlon qilgan va oʻziga boʻysunmaydigan boshqa dindagilarni zaif va xayolparast deb hisoblagan. Oqibatda u diniy adovat qoʻzgʻatishda gumonlanib hibsga olingan va undan turli hil diniy mazmundagi kitoblar musodara qilingan.

@taftish_uz
17.3K views13:41
Ochish/sharhlash
2023-12-15 16:02:11
Olimlar qora tuynuklardan batareya sifatida foydalanishni taklif qilmoqdalar

Hisob-kitoblarga ko'ra, qora tuynuk unga kiritilgan massaning taxminan 25 foizini mavjud energiyaga aylantira oladi. Bunday quvvat manbai atom bombasi portlashi natijasida chiqarilgan energiyadan taxminan 250 baravar ko'proq energiya ishlab chiqarishga qodir.

@taftish_uz
17.1K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-12-15 15:41:13
Toshkent viloyatining Burchmulla qishlog‘i yaqinidagi Ko‘ksu tog‘ daryosi aks etgan surat 61 mingdan ortiq materiallar orasida Wiki Loves Earth 2023 tanlovining eng yaxshilari qatoridan joy oldi.

Surat muallifi — mashhur sayohatchi-bloger, fotograf Marat Najibayev (uning Instagram'dagi sahifasida O‘zbekiston tabiati naqadar go‘zal ekaniga amin bo‘lasiz).

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida olingan surat National Geographic jurnali talqiniga ko‘ra yil fotosuratlaridan biri deb tan olingan edi.

@taftish_uz
18.0K views12:41
Ochish/sharhlash