Get Mystery Box with random crypto!

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi taftish_uz — Taftish.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @taftish_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.85K
Kanalning ta’rifi

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.
Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s
https://t.me/taftishuz_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-12-14 12:41:14
Qirg‘izistonning yangi 200, 500 va 1000 somlik pullari High Security Printing Asia tanlovida “2023-yilning eng yaxshi banknotlari seriyasi” nominatsiyada g‘olib chiqqan.

Tanlov Shri-Lanka poytaxti Kolombo shahrida o‘tkazilgan.

@taftish_uz
33.1K views09:41
Ochish/sharhlash
2023-12-14 12:20:09
Yaponiyada 1200 tonna baliq dengiz sohiliga chiqib qoldi — The Guardian

Sardina va skumbriya turli baliqlar Hokkaydo orolining Hakodate baliqchilik bandargohidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qirg‘oqqa chiqib qolgan. Mahalliy OAVlar bunga sabab qilib Fukushima AESidan tozalangan suvi dengizga quyilganini ko‘rsatishmoqda.

@taftish_uz
17.2K views09:20
Ochish/sharhlash
2023-12-14 10:02:08
Samolyotda spirtlik ichimlik ichib olib yoʻlovchi va ekipaj xayotiga xavf tugʻdirgan yoʻlovchi qoʻlga olindi va qamaldi

AQSHdan-Oʻzbekistonga toʻgʻri uchib kelayogan samolyot bu mast fuqaro sabab Rossiyaga qoʻnishga majbur boʻlgan.

Xozirda bu yoʻlovchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

@taftish_uz
16.2K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-12-14 09:40:49
Yangi yilgacha qanday ob-havo bo‘ladi?

19-20-dekabr kunlari:

Respublika shimoli va cho‘l hududlarida, markaziy viloyatlar va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.

Harorat 18 dekabrda kechasi -0...-5° sovuq, kunduzi +5...+10° iliq, 19-20 dekabrda kechasi -3...+2° bo‘ladi, kunduzi +0...+5°gacha pasayadi.

21-31-dekabr kunlari:

Havo harorati kechalari +0...+5°dan -3...-8°gacha, kunduz kunlari +0...+5°dan +7...+12°gacha iliq bo‘ladi.

Shimoliy hududlarda sovuq kechasi -0...-5°dan -10...-15°gacha, kunduzi esa iliq +0...+5°dan -2...-7°gacha o‘zgarib turadi.

26-31-dekabr kunlari:

Respublika hududida qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

@taftish_uz
33.1K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-12-14 09:20:55
Namanganda 98 ta jarimani to‘lamay yurgan “Tracker” haydovchisi ushlandi

Qarzdorlik 36 million so‘mdan oshgan. Mashina jarima maydonchasiga yo‘l olgan.

@taftish_uz
16.1K views06:20
Ochish/sharhlash
2023-12-14 09:02:33
Yaponiyada maymunchechakdan birinchi o‘lim qayd etildi

Bemorga sentyabr oyida mahalliy kasalxonada maymunchechak tashxisi qo‘yilgan, u ikki oy o‘tib vafot etgan. Erkak OIV bilan ham kasallangan edi.

Yaponiyada yil boshidan beri 227 kishida maymunchechak aniqlangan.

@taftish_uz
18.0K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-12-14 08:40:02
Xiaomi maktab doskasini namoyish etdi: unda chizilgan barcha narsalarni bitta tugmani bosish orqali o’chirish mumkin.

Doska kattaligi — 39 dyuym. Agar bu yetarli bo’lmasa, bir nechta doskalarni bitta qilib birlashtirish mumkin. Doska ikkita batareyada 8-9 oy ishlaydi.

Xitoydagi narxi — 42 dollar.

@taftish_uz
17.8K views05:40
Ochish/sharhlash
2023-12-13 20:02:47
Yigitlar narximiz oshdi, chiqaversak bo‘ladi – qor qoploni

Qashqadaryodagi “Hisor” qo‘riqxonasining 40 yillik tarixida ilk marta qor qoplonlari katta to‘dasi ko‘rinish berdi.

Avvallari ular 1-2 tadan uchrab turardi.

Eslatamiz, kecha qor qoplonini o‘ldirganlik uchun 1,02 mlrd so‘m kompensatsiya belgilangani e’lon qilingandi

@taftish_uz
48.3K views17:02
Ochish/sharhlash
2023-12-13 19:41:59
Surxondaryoda ekologik huquqbuzarliklarni qayd etuvchi kameralar soni 25 taga yetdi

15 ta kuzatuv kamerasi viloyatdagi aholi zich joylashgan va noqonuniy chiqindixonalar hosil bo‘ladigan hududlarga o‘rnatildi. Oldinroq Termiz shahrida 10 ta shunday kamera o‘rnatilgandi.

@taftish_uz
17.3K views16:41
Ochish/sharhlash
2023-12-13 15:21:25
O‘zbekistonda “suyunchi puli” miqdori o‘zgargani maʼlum qilindi

Joriy yil 1-dekabrdan bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori 688 ming 940 so‘mdan 738 ming 150 so‘mga oshirildi.

@taftish_uz
18.3K views12:21
Ochish/sharhlash