Get Mystery Box with random crypto!

Fargʻonada bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi is gazidan vafot et | Taftish.uz | Rasmiy kanal

Fargʻonada bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi is gazidan vafot etdi

Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Ushbu voqea tumanning “Obod” MFY hududida joriy yilning 15-dekabr sanasiga oʻtar kechasi sodir boʻlganligi aytilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oila vakillari uy ichiga oʻrnatilgan pechka dudburoniga kraskaning bankasini yopib qoʻygan va oqibatda shunday koʻngilsiz holat sodir boʻlgan.

“Qadrli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga amal qiling. Oʻzingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qoʻymang!”
, — deyiladi xabarda.

@taftish_uz