Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi She'rlari

Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari S
Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari
Kanal manzili: @sherlari_sevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.80K
Kanalning ta’rifi

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI
@Maqsudbek_T
Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-30 06:00:17 Sevgini izlagan insonlar ko‘pdir.
Sevgi uchun jon berganlar ham bor,
Izlab topolmagan sevisin hali,
Insonlardan  kuygan insonlar bisyor

Tog‘ri aytdimmi bilmadim ammo,
O'zim ham kuyganman sevgi o'tida
Xiyonat o'chog'ida kul bolgan dilim,
Sevmayman deganman gapning rostida

Isroiljon yozdi sherlarni ko‘plab,
Sherlari ostida yondilar qancha dard,
Bu hayot qonuni deydilar ammo,
Muhabbatning ozoridan yurak bo'lgan gard

Isroiljon Mirzajonov 26.04.2023

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
1.1K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, edited  03:00
Ochish/sharhlash
2023-04-30 03:31:36
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

30- A P R E L


TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
1.8K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 00:31
Ochish/sharhlash
2023-04-30 02:00:00
XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum!
Yakshanba tongi muborak boʻlsin!


Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli boʻlsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

Alloh xonadoningiz hamda ishlaringizga barokatlar bersin!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
2.5K viewsShe'riyat, 23:00
Ochish/sharhlash
2023-04-29 20:00:54
XAYRLI TUN AZIZLARIM.

Vafodor insonlar,
farishtalarga o'xshaydilar.
Ko'rinmasalar ham sizni kuzatadilar.

Eshitmasalar ham, sizni tark etmaydilar.
Sezilmas ammo sizni ximoya
Qiladilar.

O'zlari haqida biror narsa demasalar ham, sizni
duolarida unutmaydilar.

Najotkor farishtadek, ayni kerakli damlarda xozir bo'ladilar.

Robbim, sadoqatli do'st bo'lib, vafodorlar bilan
do'stlashishni nasib qil!

T.me/Sherlari_Sevgi
2.8K views BaGʻRiToSHMaN , 17:00
Ochish/sharhlash
2023-04-29 19:53:11 Begonaginam

Shodliklari yig'ilganda ham,
Kulgichingdek kulmasdi olam.
Guldek eding, Gulzodaginam,
Oh, o'zimning begonaginam.

Sen o'zganing qo'lin tutgan kun
Alamlarda yoqildi tanam.
Muhabbatga yasaldi yakun,
Oh, o'zimning begonaginam.

Endi sevgim nimaga arzir?
Eslatmoqlik menga ham farzdir.
Senga mehr qiyomat qarzdir,
Oh, o'zimning begonaginam.

Unut bo'lar ekan ozorlar,
Yangi tonglar otar nahorlar.
Kelar ekan yana bahorlar,
Oh, o'zimning begonaginam.

Ko'rdim, sening ko'zlaringda nam,
Qarog'ingga cho'kib borar g'am.
Ikkimizga diyonat - hakam!
Oh, o'zimning begonaginam.

Mendan xafa bo'lmagin, gulim,
Har dam xayol surmagin, gulim.
Tushimga ham kirmagin, gulim,
Oh, o'zimning begonaginam.

Yuragingga quloq solmagin,
Yo'llarimni kutib tolmagin.
Ro'paramdan chiqib qolmagin,
Oh, o'zimning begonaginam.

Aslo menga bo'lma umidvor,
Izlaringga yog'ib ketgan qor!
Xiyonatning javoblari bor,
Oh, o'zimning begonaginam...


  Mastona Muhammad
Qahramon Sultonov


T.me/Sherlari_Sevgi
2.4K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, edited  16:53
Ochish/sharhlash
2023-04-29 19:26:25 BEGONAM

Bir qiz bilan koʻrdim, seni begonam,
Ichim olov boʻlib yondi, bilmading.
Titrab ketdim, yuzim boʻldi lolarang,
Ters oʻtirdim, sen ham nazar qilmading.

Kitobimga tikdim koʻzimni, lekin
Harflari notanish boʻlib koʻrindi.
Sen tomon qayrildim, ogʻriqla sekin,
Koʻnglim-a... yuz emas, mingga boʻlindi.

Yoningdagi qizni hayollarimda
Koʻksidan itarib tashladim nari.
Oʻzimni yoʻqotib borardim unga
Nelarnidir soʻzlab berganing sari.

Sen bilan deyarli soʻzlashmaganmiz,
Bor yoʻgʻi ismimni bilasan xolos.
Bilsang edi qancha shod boʻlishimni,
Menga koʻzing tushib qolganda bexos.

Yuragimni ezgan bir oʻtinchim bor,
Shivirlayin mayli, eshitmasang ham.
Koʻrsam qovogʻimdan yogʻib ketar qor,
“Oʻtirmagin qizlar bilan, begonam...”


Ozoda Habibullayeva
29.04.2023


T.me/Sherlari_Sevgi
2.4K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, edited  16:26
Ochish/sharhlash
2023-04-29 18:46:13
SIZ UCHUN JUDA AJOYIB TAKLIF BOR

QUYIDAGI KANALDA SIZ ENG SÒNGI VIDEOLAR VA STATUS UCHUN AJOYIB RASMLARNI TOPISHINGIZ MUMKIN

BUNDAN ENG ASOSIYSI TASHQARI MAHSUS ISMLARGA SHE'RLAR BOR
2.6K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 15:46
Ochish/sharhlash
2023-04-29 18:03:39 SIZNI QANDAY SEVMASLIK MUMKIN

Toʻgʻri yoʻlda yurmaslik mumkin,
Goho soʻzda turmaslik mumkin.
Nima qilsam ravodir ammo,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Mumkin togʻni talqon qilmoqlik,
Dengizlarni ayron qilmoqlik.
Qiyin sizni hayron qilmoqlik,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Yashayabman pulsiz, qasrsiz,
Ashulasiz, she’rsiz, nasrsiz.
Chunki bu dunyoda siz borsiz,
Sizni qanday sevmasdik mumkin.

Borsiz mening baxtimga shukur,
Yurak urar tez dukur-dukur.
Pichirlayman "Ortidan yugur,"
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Yaratganga yonib-yolvorib,
Ortingizdan ergashib borib.
Oxir aytdim sevgim dil yorib,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Sevish juda mazza ekan-a,
Yoningizdan kelgandim mana.
Yoningizga ketyabman yana,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Kutib oling koʻcha boshida,
Oʻsha keksa tolning qoshida.
Axir ayni sevgi yoshida,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Keling simiraylik baxt mayin,
Orzularim osmon kun sayin.
Siz meniki boʻlasiz tayin,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

OʻRMONJON XOLYIGITOV

T.me/Sherlari_Sevgi
2.9K views BaGʻRiToSHMaN , 15:03
Ochish/sharhlash
2023-04-29 15:34:56
#Oxirigacha_eshiting

Xotin ozsang oz, zalga chiqasanmi diyeta qilasanmi qizigʻi yoʻq, faqat oz....

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.2K views BaGʻRiToSHMaN , 12:34
Ochish/sharhlash
2023-04-29 10:18:25
Sevar edim jondan ortiq.
Sevgim o‘yin qilib ketdi.
Muhabbatim qildim tortiq.
Yuragimni yulib ketdi.

Soxta ekan aytgan soʻzi.
Sirlari fosh boʻlib ketdi.
Ochildiku niqob yuzi.
Tashlab meni kulib ketdi.

Oʻzi bilan ketar chogʻi
Ishonchimni olib ketdi.
O‘chirsamda ketmas dog‘i.
Yuragimda qolib ketdi.

Ado bo‘ldim, gado bo‘ldim.
Muhabbatga fido bo‘ldim.
Sevib lekin sevilmasdan.
Sevgidan ham judo boʻldim.

Buncha qalbi muzdek demang.
Ko‘ngli xazon, kuzdek demang.
Ortiq boshqa so‘z lek demang.
Gap-so‘zlardan bezor bo‘ldim.

O‘zim debman, so‘zim debman.
Bilmasdan oy yuzim debman.
Mening munchoq ko‘zim debman.
Xato qildim, ado bo‘ldim.

Sevgim deya gulim debman.
Sen-la birga yoʻlim debman.
Ajratar bir o‘lim debman.
Tirikmanu judo bo‘ldim.

Ado boʻldim, gado bo‘ldim.
Muhabbatga fido bo‘ldim.
Sevib lekin sevilmasdan.
Sevgidan ham judo boʻldim.

Sobitjon Eshtemirov.

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.7K views BaGʻRiToSHMaN , edited  07:18
Ochish/sharhlash