Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi She'rlari

Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari S
Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari
Kanal manzili: @sherlari_sevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.80K
Kanalning ta’rifi

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI
@Maqsudbek_T
Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-05-03 20:00:24
XAYRLI TUN MEHRIBONLARIM

Qalbingizda huzur, tinchlik totuvlik, Yaxshi kayfiyat doimo hamrohingiz bo‘lsin. Alloh sizni va yaqinlaringizni xar qadamda asrasin...

Xayrli Oqshom azizim!
Oqshomingiz fayzli va maftunkor bo‘lsin

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
1.7K views BaGʻRiToSHMaN , 17:00
Ochish/sharhlash
2023-05-03 18:30:45 Onangizni holini so‘rang.

Yosh bolasiz kungil bog‘ida,
Ipak rumol boshiga o‘rang.
Kech qolmasdan tirik chog‘ida,
Onangizni holini so‘rang.

Yuravermay har yerda sayoq.
Zulmat tunda bo‘ling siz mayoq .
Boshingizga tegmasdan tayoq.
Onangizni holini so‘rang.

Uchqur saman otda yurmasdan.
Dabdabali qasr qurmasdan.
Yo‘q narsalar hayol surmasdan.
Onangizni holini so‘rang.

Kutib sizni ko‘zlari tolgan.
Yodingizda so‘zlari qolgan.
Supasidan sizga joy solgan.
Onangizni holini so‘rang.

Har kun o‘pib jannat poyini.
Misli makka turgan joyini.
Bir piyola ichib choyini.
Onangizni holini so‘rang.

Ezgu amal, savob qilsangiz.
Oyoq qo‘lin tavof qilsangiz.
Jannatlarga chipta bilsangiz.
Onangizni holini so‘rang.

Kelsangizda ishdan kech tolib.
Ayolingiz, bolangiz olib.
Qaytar dunyo ketmagay qolib.
Onangizni holini so‘rang.

Duolari yuling ochibdi.
Quyosh kabi nurin sochibdi.
Kuni kecha tobi qochibdi.
Onangizni holini so‘rang.

Ulchanmagay qadri pul bilan.
Kunglin oling yaxshi yul bilan.
Sovg‘a-salom, dasta gul bilan.
Onangizni holini so‘rang.

Hayot shunday o‘tib ketadi.
Qulga tayoq tutib ketadi.
Bir kun tuproq yutib ketadi.
Onangizni holini so‘rang.

Qadriga kech yetmadan turib.
Bu dunyodan ketmasdan turib.
Kuksingizga bitta musht urib.
Onangizni holini so‘rang.

Ruhi tandan ketmasdan kuchib
Samolarga yetmasdan uchib.
Yig‘lamasdan qabrini quchib.
Onangizni holini so‘rang.

Sobitjon Eshtemirov.

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
2.5K views BaGʻRiToSHMaN , edited  15:30
Ochish/sharhlash
2023-05-03 15:27:41
Men Onamni yaxshi ko'raman

YAQINLARGA YUBORING

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.2K views BaGʻRiToSHMaN , 12:27
Ochish/sharhlash
2023-05-03 12:31:32 «Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor»

«Dunyoning tashvishin tashlab orqaga»
Sevgi-la qaraymiz butun olamga
Orzular aylanar bir kun ro'yobga
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Savoblar yig'ib biz yorug' jahonda
Gunoh-u yomondan bo'lib omonda
Boramiz abadiy jannat tomonga
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Sen solih ota-yu, men soliha yor
Besh mahal namozga bo'lamiz xushyor
Allohning biz uchun saodati bor
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Kutaman sabr-la seni ey yorim
Xaromga boqmagin, saqlagin oring
Kun kelib bilarsan yoringning borin
Qo'lingni qo'limga berarsan ey yor

Bomdodga azondek uyg'otarman, men
Hayoting oy bo'lib yoritarman, men
Bir kuni sen bilan uchrasharmiz men
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Ikki dunyo sevgim atalur senga
Suyanchim, halolim bo'lursan menga
Iymonni insofni singdir o'zingga
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Layliga havas yo'q, bo'lay Fotima
Alining yo'lin tut, bo'lgin pokiza
Jannatda ikkimiz— bo'lar xotima
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor...




Nishonova Iroda

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.3K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 09:31
Ochish/sharhlash
2023-05-03 10:54:13 Asrab avaylaylik sevgimiz ,
Qònmasinda zarracha ģubor.
Izhorlarim kòmilib turgan ,
Yuragimga berkingin dildor...

Qizģaldoqlar kuylagan kecha ,
Tunda sirdosh izlayman takror.
Majnuntolga qilmada havas ,
Yuragimga berkingin dildor.

Atrofimiz ģanimga tòla ,
Kòngilga qòl solguvchilar bor.
Savollarga bernayin javob ,
Yuragimga berkingin dildor....

Yillar bòyi asradim ahir ,
Sinovlarda toblanib ming bor.
Jismim aro saqlayin seni ,
Yuragimga berkingin dildor...


Baxtiyor......Mirzo.....


T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.3K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 07:54
Ochish/sharhlash
2023-05-03 07:55:35
Qanaqa ism yozilgan

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.5K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 04:55
Ochish/sharhlash
2023-05-03 06:32:35
Mohigul Raxmonova

Tinglang, ma'qul kelsa shu ijodkorni ijodlaridan joylab boramiz!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.4K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, edited  03:32
Ochish/sharhlash
2023-05-03 05:55:41
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

3 - M A Y


TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.4K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 02:55
Ochish/sharhlash
2023-05-03 05:28:40
#Xayrli_tong

Assalomu alaykum! Murodbaxsh Chorshanba tongi muborak bo‘lsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

Yaqinlarni yangi tong bilan tabriklang

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.5K views BaGʻRiToSHMaN , 02:28
Ochish/sharhlash
2023-05-03 02:00:00
ASSALOMU ALAYKUM VA RAHMATULLOHI VA BARAKATUH!

Ezgu amallar qilish uchun imkon berib, tongda uygʻotgan Allohga behisob shukurlar boʻlsin.

Boshlab olgan yangi kuningiz muborak boʻlsin!
Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz boʻlsin!

Tongimiz - yaxshilik bilan boshlansin, xonadonlarimizdan tinchlik totuvlik, baraka arimasin.

Bu kunda Alloh duolarimizni ijobat, farzandlarimizga salohiyat, ibodatlarimizga goʻzallik, rizqimizga baraka bersin!


      XAYRLI TONG!

Yaqinlaringizga ulashing!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
4.2K viewsShe'riyat, 23:00
Ochish/sharhlash