Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi She'rlari

Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari S
Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari
Kanal manzili: @sherlari_sevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.80K
Kanalning ta’rifi

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI
@Maqsudbek_T
Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 270

2022-08-31 06:15:11
#Arxiv

1991-yil 31-Avgust. Islom Karimov Oʻzbekistonni mustaqil davlat deb eʼlon qilishi..


Telegram |
Sevgi She'rlari
4.0K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 03:15
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:11:11
Bugun,  31-Avgust «Ot kuni»

Otni yaxshi koʻradiganlar bormii


Telegram |
Sevgi She'rlari
3.4K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , edited  03:11
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:40:56
Ehhe hey! Azizlar! Meni eshitayapsizlarmi! Yangi kun muborak!
Yozning nafis, goʻzal va takrorlanmas lahzalaridan birga bahra olgan yaxshilar, omonmisizlar!
Bugun dilingizga muhabbat va sadoqat bilan birga kirib borayapman! Koʻnglimizga yaqin, qalbimizga yaqin odamlarimizning borligi qanday yaxshi-ya!
Oʻylarimizda buyuk tuygʻularning borligichi?.. Hayot shu  ajib tuygʻular bilan maftunkor, mazmunli, gʻaroyib!
Ey qalbim toʻridagi Muhabbat, orzularimga qanot ber! Insonlardan mehru muruvvatingni ayama! Dillardagi gʻashlikni ketkaz! Koʻngilni va koʻngillarni nurlaring bilan yorit! Munavvar qil!
Borligingiz qanday yaxshi azizim!
  Dunyoni muhabbat qutqaradi, azizlar! Shuday ekan, yaqinlaringizni ardoqlang va ehtiyot qiling!
Xayrli tong, muhabbatga oshno qalblar!


T.me/Sherlari_Sevgi
3.0K views ꯭꯭꙰𝑵ᬼ꯭꯭𝑨꯭꯭ᬼ𝒁꯭꯭ᬼ꯭꯭𝑶꯭꯭ᬼ꯭꯭𝑲꯭꯭ᬼᬼ𝑨꯭ᬼ𝑻꯭꯭ᬼ꯭ ꙰, 01:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 03:43:45
ASSALOMU ALAYKUM.. Kunimiz hayrli boʻlsin.!

Boshlangan kuningiz omadli, quvonchli, sermazmun va shod xurramlikda oʻtsin!!

Yana bir tong salomat uygʻotib, ibodatlar qilishga, savobli amallar qilishga va oʻz yumushlarimizni bajarishga qodir qilib qoʻygan Allohga shukronalar boʻlsin..

ALHAMDULILLAH!!!

Hayot gulshaningizdan baxt-omad, ahli xonadoningizdan fayzu-barokatlar arimasin..!!

Keksalarimizga, farzandlarimizga va barcha-barchamizga Yaratgan Egam yomonlardan panoh, yaxshilarga hamroh qilsin..!!

Roʻzgʻoringizga baraka, tani joningizga sogʻlik, dardmandlarni shifosini bersin, har bir bandani mushkulini oson qilsin..!!

Farzandlarimiz oʻynab-kulsin, keksalarga rohat, boylarga insof, faqirlarga sabr, ota-onalarga uzoq umr bersin..!!

Iymonimiz, vijdonimiz, sabrimiz, yaxshiligimiz, mehr-oqibatimiz bardavom boʻlsin ilohim..!!

Alloh barchangizni Oʻz himoyasi va panohida asrasin Azizlarim..!!!

http://T.me/Sherlari_Sevgi
3.1K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 00:43
Ochish/sharhlash
2022-08-31 02:30:00
Assalomu alaykum

Xayrli tong

olisdagi yaqinim......

Allohimga shukr yana bir goʻzal tongni sogʻ omonlikda gʻoyibona boʻlsada diydor koʻrishib qarshi olishlik baxtini nasib etdi!

Allohdan qalbingiz sokinligini,
Yuzingiz tabassumi va nurini,
Tanangiz sogʻligini,
Xonadoningiz tinchligi davomiy boʻlishini,

Oʻzingiz Ota-onangiz va sizga aziz boʻlgan barcha yaqinlaringizni magʻfirat qilishini soʻrab qolaman!

Alloh xar bir tongni saodat ila qarshi olishingizni nasib aylasin

Yaxshi kayfiyat sizni aslo tark etmasin!!

Kuningiz maroqli oʻtsin.

T.me/Sherlari_Sevgi
3.5K viewsShe'riyat, 23:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 20:00:16
XAYRLI TUN

Siz dunyoga keraksiz!


Siz yaratuvchining takrorlanmas moʻjizasisiz!
Nonvoy bir kun non yopmasa uni nonini sogʻinuvchilar topiladi,

Sutchi bir kun sut olib kelmasa, boshqa sutni ichmaydiganlar bor,
Koʻylakni oʻzingiz istagan tikuvchi bichmasa, kiyishni istamaysiz...

Xuddi shunday sizning mehringizni yoki mehnatingizni ham oʻrni shunday...
Hech kim sizdek qilolmaydi.

Har bir inson dunyodagi eng
muhim vazifani bajaradi.
Har biringizning takrorlanmas oʻrningiz bor!

Shunday ekan, betakror insonsiz!
Oʻzligingiz bilan atrofga sevgi, mehr ulashishda davom eting!

Xayrli tun yaxshi odamlar.

T.me/Sherlari_Sevgi
3.4K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 17:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:45:54 QARZ.

Dunyo bu uzun yo'ldir moziydan kelajakka,
Uni bezab turguvchi fasllar - yoz, kuzim bor.
Bu yoʻlda qolib ketgan bobolarim izlari,
Bu izlarning ichida mening ham bir izim bor.

Bu charxpalak dunyoda shukrki, men mavjudman,
Allohim ato etgan nasibam, non-tuzim bor.
Oy nuridan bahr olgan moʻjazgina vujudman,
Ming yulduzning ichida mening ham yulduzim bor.

Quvonch va alamlardan yaralgan dunyoyi-dun,
Shuning uchun hech bir zot bo'lmas dunyoga ustun.
Qaro tunning ortidan kelar albat yorugʻ kun,
Yorugʻ kunlari uchun shukur degan soʻzim bor.

Zuryod berarmishdir Rahmon bandasin sinamoqqa,
Zor qilarmish kimnidir hattoki bir tirnoqqa.
Duch qilmading, Allohim shukur bunday qiynoqqa,
Farzandlarim soliha, elda yorugʻ yuzim bor.

Armonim yoʻqdir mening, qilay mung bor shukrona,
Faqatgina Robbimga bittagina arzim bor.
Nozik guldek asrab meni balogʻatga yetkizgan
Otam bilan Onamdan UMRA va HAJ qarzim bor.

Yelkamda olib boray ikkisini opichlab,
Zamzam suvidan ichsin ular qonib, hovuchlab.
Bu farzni ado etay bagʻriga olmay qabr,
Robbim sendan oʻtinchim - qazoga bergin sabr...

Maftuna


T.me/Sherlari_Sevgi
3.0K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 16:45
Ochish/sharhlash