Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi She'rlari

Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari S
Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari
Kanal manzili: @sherlari_sevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.80K
Kanalning ta’rifi

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI
@Maqsudbek_T
Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 269

2022-08-31 17:50:34 HALOLLIK VA TOʻGʻRILIK HAQIDA RIVOYAT

Halollik, toʻgʻrilikda
Hikmat koʻp erur gʻoyat,
Keling doʻstlar soʻyilayin,
Sizga zoʻr bir rivoyat.

Qadim oʻtgan zamonda,
Yaxshi, yomon bor ekan,
Abdusalom ismli,
Halol inson bor ekan.

U halol mehnat qilib,
Halol kun koʻrgan ekan,
Uning yakka-yu, yolgʻiz,
Bir oʻgʻli boʻlgan ekan.

Yer-u koʻkka ishonmas,
U yolgʻiz bolasini,
Boqib katta qilibdi,
Toʻkmay bir tolasini.

Kunlar, oy ,yillar oʻtib,
Bilagi kuchga toʻlib,
Yetishibdi u bola,
Pahlavon yigit boʻlib.

Kunlardan bir kun yigit,
Bir oz oʻyga tolibdi,
Va kelib otasiga,
Bir maslahat solibdi.

_Ey ota keksaydingiz,
_Roʻzgʻor yukin men olay,
_Ayting endi otajon,
_Men qandayin kasb qilay.

_Ey oʻgʻlim har oilaning,
_Boquvchisidir erlar,
_Boʻyindan bogʻlangan it,
_Ovga yaramas derlar.

_Bu hayot haqiqati,
_Buni bilgin, anglagin,
_Endi oʻzingga yoqqan,
_Kasb yo hunar tanlagin.

Oʻgʻil oʻylanib bir oz,
Soʻz qotibdi jonsarak,
_Ota eng yaxshi kasb,
_Oʻgʻirlik boʻlsa kerak.

Mayli debdi otasi,
Xayolga choʻmib bir dam,
_Qoʻshnimizni qoʻyini,
_Oʻgʻirlab koʻr-chi bolam.

Yigit yeng shimaribdi,
Rosti oʻgʻirlik uchun,
Qoʻshni uydan bir qoʻchqor,
Oʻgʻirlabdi oʻsha tun.

Otasi debdi hursand:
_Ishingdan toʻldi koʻnglim,
_Bir hafta mazza qilib,
_Yeb yotamizda oʻgʻlim.

Shu soʻzni aytib ota,
Xandon otib kulibdi,
Xullas ular bir hafta,
Rosa maishat qilibdi.

Hash-pash deguncha zumda,
Bir hafta ham oʻtibdi,
Ota oʻgʻil oʻzlarin,
Tarozida tortibdi.

Oʻgʻil uch kilo ozgan,
Xoʻp ichin yemiribdi,
Lekin, hayron otasi,
Toʻrt kilo semiribdi.

Qarab qolibdi oʻgʻil,
Otaga hayron boʻlib,
Nodon oʻgʻliga debdi,
Shunda otasi kulib.

_Men haloldan non topib,
_Bir burdaga toʻygandim,
_Sen oʻgʻirlagan qoʻyni,
_Pulin toʻlab qoʻygandim.

_Shu sabab men xotirjam,
_Qoʻy goʻshtin yeb semirdim,
_Sen esa xavotirda,
_Oʻz oʻzingni yemirding.

_Koʻrdingmi harom luqma,
_Qancha yesang yuqmaydi,
_Oʻgʻridan bil hech qachon,
_Baxtli odam chiqmaydi.

_Bu bir oddiy haqiqat,
_Buni bilgan,anglagin,
_Endi oʻgʻlim oʻzingga,
_Halol bir kasb tanlagin.

Halollikda gap koʻpda,
Qurib ketsin oʻgʻrilar,
Yer yuzin bosib ketsin.
Diyonatli toʻgʻrilar.

Kim haromdan boyibdi,
Uni Alloh suymasin,
Halollikda hikmat koʻp,
Halolidan qoʻymasin.

Xurshid Karim

29.08.2022

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠

http://T.me/Sherlari_Sevgi
6.4K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , edited  14:50
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:43:57


Hamma narsani o'rganganing qadar bilarsan. Shuni ham bilki, sevganing qadar sevilarsan.

Mavlono Rumiy
#Mohi

@Sherlari_Sevgi
5.2K viewsAใнα๗dបใιใใαн ﷽ ., edited  13:43
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:15:17 Qalbimga kirdingiz yurak qõrimdek
Men sizni asrayman kõzda nurimdek
Xayotim baxsh etay bir umr sizga
Allohim bir olam baxt bersin bizga

#Mohi

@Sherlari_Sevgi
5.1K viewsAใнα๗dបใιใใαн ﷽ ., 12:15
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:58:03
Sendan ranjimayman, ranjitmayman ham,
Ishon, koʻz yoshimni koʻrmaydi hech kim!
Endi dunyoyingni suv bosganda ham,
Faqat jim boʻlaman, endi faqat jim!

Mehrga choʻktirib qoʻydimmi,
Kechir!
Mendek sevolmaydi hech qachon hech kim!
Endi hammasiga qilgancha sabr,
Endi jim boʻlaman, endi faqat jim!

Sendan ishq tilangan koʻngilman zoxir,
Illo alamlari boʻgʻzimgacha lim.
Boʻzlay-boʻzlayverib, nihoyat, oxir,
Endi jim boʻlaman, endi faqat jim!

Balki bor-yoʻqligim senga chikori,
Balki bu sevgida men yolgʻiz edim.
Senga tuygʻularning boʻlmasa kori,
Endi jim boʻlaman, endi faqat jim!

Bir koʻngil ketmoqda qoshingdan dilxun,
Hatto ozorlaring hushifor, soʻlim.
Qachondir axtarib qolmogʻing uchun,
Endi jim boʻlaman, endi faqat jim.

T.me/Sherlari_Sevgi
5.6K views ꯭꯭꙰𝑵ᬼ꯭꯭𝑨꯭꯭ᬼ𝒁꯭꯭ᬼ꯭꯭𝑶꯭꯭ᬼ꯭꯭𝑲꯭꯭ᬼᬼ𝑨꯭ᬼ𝑻꯭꯭ᬼ꯭ ꙰, 10:58
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:50:51 ARAZLAB KELMAGIN, JON QIZIM!

Kel qizim, tinchlikmi, nima gap?
Oʻtgan hafta kelganding yoʻqlab.
Voy oʻlay, keldingmi arazlab?
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Gap aytma, oqlama oʻzingni.
Farishta deb bilma oʻzingni.
Maʼqullama aytgan soʻzingni.
Arazlab kelmagin jon qizim.

Hech qachon sen taraf boʻlmayman.
Qudalarimga ayb qoʻymayman.
Eringni aybdor qilmayman.
Arazlab kelmagin jon qizim.

Dodajoning duoda doim.
Oyijoning gʻamxoʻr, muloyim.
Oʻsha yerda tingin iloyim.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Qani boʻl, koʻtar toʻrvangni!
Uyingda ich karam shoʻrvangni!
Yuragim koʻtarmas gʻalvangni.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Sezyapman, xayoling yoringda.
Oʻgʻling, qizing ikki yoningda.
Pushaymonsan qilgan koringga.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Egmagin dadangning boshini.
Sinama akang bardoshini.
Koʻtargin falakning toshini.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Ering hech kelmaydi yalinib.
Oʻzim olib boraman bosh egib.
Seni deb, baxtning deb, taxting deb.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Kuyovim- yigitlar sarasi.
Sovumasin er- xotin orasi.
Farzandlaring kutar dadasi.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Kuyovim- bir ochiq, bir quvnoq.
Yoʻrigʻiga yurginda sen ahmoq.
Nima boʻpti ursa bir shapaloq?
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Turmushning mushti bor, chidagin..
"Lik" etib arazlab kelmagin.
Bu "aqlli" chora, deb bilmagin!.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Aybing top, uzr soʻra, eg boshing!
Qovoq uyib, chimirma qoshing!
Zahar boʻlmasin totli oshing.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Tilingni tiy, bilib qil ishing.
Qorovul qil tilingga tishing.
Kelinsan- malayga teng kishi.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Chiqqan qizsan, chigʻriqdan nari.
Birovning xasmisan va yori.
Oilang nomusi va ori.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Loyqa suvlar tinar, koʻrasan.
Oʻsha uyda davron surasan.
Yuk koʻtar, yuzaga chiqasan.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Oʻrgatdim bardoshni, sabrni.
Mehrla yengishni qahrni.
Borga shukr, yoʻqqa sabrni.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Boshpanang teshikmas, bor toming.
Dasturxoningda bor choy, noning.
Shukr qil, yamoqsiz libosing.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Toʻgʻri, kelsang xursand boʻlaman.
Onaman, bagʻrimga olaman.
Arazlasang quvib solaman.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

"Onam haydab soldi"- demagin.
Uyiga sigʻdirmadi,- demagin.
Kelsang ham arazlab kelmagin!
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Gʻiybatchi qoʻshnilar bilmasdan.
Bilib- bilmay gap, soʻz qilmasdan.
Otangning obroʻyin toʻkmasdan.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Amma, xolang kelsa ne qilay?
Kelinlar oldida noqulay.
Bolama, aylanay, oʻrgilay.
Arazlab kelmagin, jon qizim!

Saqlagin obruying, hurmating.
Oʻzing kelib, oʻzing ketib yurmagin.
Gaplarim unuta koʻrmagin.
Arazlab kelmagin, jon qizim.
Masturaxon sevgan oy qizim!
Aqlga, chiroyga boy qizim!

Mastura hoji ona

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠

http://T.me/Sherlari_Sevgi
2.1K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 10:50
Ochish/sharhlash
2022-08-31 11:39:03   Rashkimni òyin deb bilma.

Rashkimni bir oddiy tuyğu deb bilib
Nafsingning yòlidan yurmagin zinxor
Ozingcha sevgimga cheklovlar qoyib
Soxtalik qilding deb aytmagin mingbor

Qaylarda bolsang ham sevgandim seni
Nafratim olovi yonmagunicha
Mexrimni adoğin kormaguningcha
Mexrimni bir oddiy tuyğudeb bilma

Kiyma deb aytgandim kalta kòylakni
Lablaring bòyama deb aytim ming bor
Rashkimni qòzĝatting aytaman takror
Rashkimni bir oddiy tuyğudeb bilma

Qaniydi òrasang boshingda xijob
Tinglasang gaplarim hammadan koproq
Sòzlaring eshtganda lol qolsin quloq
Rashkimni bir oddiy tuyğudeb bilma

Baland toğlar ortidaham ishon bir nur bor
Shirin sòzlarda ham ulkan sexr bor
Boqishing uzgacha senda mexr bor
Mexrimni bir oddiy tuyğudeb bilma


Ravshanbek Sobirov

T.me/Sherlari_Sevgi
2.5K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 08:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:40:07
Jonim dema, jon omonat,
Dunyoimsan deb ayt meni.
Yozgan gʻazal, sheʼrlarimda,
Imloimsan deb ayt meni.
Gulim dema, gullar soʻlib,
Oʻzga gʻuncha ochilmasmu,
Boshginamga balo boʻlgan
Savdoyimsan deb ayt meni.

Hazon boʻlsam koʻnglim olib,
Bahorim de sen yaxshisi,
Sogʻinchdan zim-ziyo tunda,
Nahorim de sen yaxshisi.
Ming farishta jannatidan,
Kechib kelsa huzuringa,
Barchasidan oʻzing aʼlo,
Dildorimsan de yaxshisi.

Oyim dema, Osmonim de,
Oyning tongda botmogʻi bor,
Asti boʻlma armonim de,
Ishqning sovib ketmogʻi bor.
Yaxshim dema, men roziman,
Sen hammadan yomonim de,
Yaxshilarning bu dunyodan,
Erta oʻtib ketmogʻi bor!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠

http://T.me/Sherlari_Sevgi
2.8K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 06:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:34:10 MUHTOJ KOʻNGLIM

Koʻngil olmoq edi asli niyatim,
Koʻngilda qolsam ham boʻlaverardi.
Koʻngildan qolish qanchalar oson,
Ayriliq yoʻlimdan yoʻlayveradi.

Jim boʻlsam sukunat bosdi yuragim,
Tebransam dengizlar ketdi toʻlqinlab.
Sevgi, ostonanga borsam tunov kun,
Baxt, men uchun ketdi baxt tilab.

Qalbim yoqavering dilga yoqqanlar,
Qulluqlar qilaman poy qadamimga.
Bu koʻnglim muhtojdir sizlarga emas,
Alloh va suyukli  Paygʻambarimga.


Botir Bannop

2022-yil

T.me/Sherlari_Sherlari
2.7K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 04:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:02:40
Ассалому алайком.

Ўзбек аёллари учун уйда қолиб фойдали ҳунарга эга бўлиб, пул топиш! Хам фойдали, хам самарали усул.

Кичик хамширалик (укол қилиш ва капильница қўйиш), ва болалар массажи курсига қабул бошланди.

Тиббиёт фанлари номзоди, олий тоифали болалар шифокори, Нозима Мавлянова ўқув машғулотларини олиб боради.

Маълумот учун телефон:

Тошкент
+998712349202
+998909519131
@lagomuz
www.lagom.uz
2.7K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 04:02
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:21:35
Xurmatli
              Aziz va
                    Moʻtabar
                            Doʻstlar!

Sizlarni va Siz orqali oila aʼzolaringizni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31-yilligi bayrami bilan muborakbod etaman!
Eng ulugʻ, eng aziz bayram munosabati bilan sizlarga tinchlik-osoyishtalik, oilaviy hotirjamlik, farovonlik va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Mustaqil Oʻzbekistonimizning tinchligi, gullab yashnashi va ravnaq topishidagi fidokorona mehnatlaringiz hamda soha rivojiga qoʻshayotgan xizmatlaringizda hamisha omad yor boʻlsin!


Telegram | Sevgi She'rlari
4.9K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 03:21
Ochish/sharhlash