Get Mystery Box with random crypto!

SIZNI QANDAY SEVMASLIK MUMKIN Toʻgʻri yoʻlda yurmaslik mumki | Sevgi She'rlari

SIZNI QANDAY SEVMASLIK MUMKIN

Toʻgʻri yoʻlda yurmaslik mumkin,
Goho soʻzda turmaslik mumkin.
Nima qilsam ravodir ammo,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Mumkin togʻni talqon qilmoqlik,
Dengizlarni ayron qilmoqlik.
Qiyin sizni hayron qilmoqlik,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Yashayabman pulsiz, qasrsiz,
Ashulasiz, she’rsiz, nasrsiz.
Chunki bu dunyoda siz borsiz,
Sizni qanday sevmasdik mumkin.

Borsiz mening baxtimga shukur,
Yurak urar tez dukur-dukur.
Pichirlayman "Ortidan yugur,"
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Yaratganga yonib-yolvorib,
Ortingizdan ergashib borib.
Oxir aytdim sevgim dil yorib,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Sevish juda mazza ekan-a,
Yoningizdan kelgandim mana.
Yoningizga ketyabman yana,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Kutib oling koʻcha boshida,
Oʻsha keksa tolning qoshida.
Axir ayni sevgi yoshida,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

Keling simiraylik baxt mayin,
Orzularim osmon kun sayin.
Siz meniki boʻlasiz tayin,
Sizni qanday sevmaslik mumkin.

OʻRMONJON XOLYIGITOV

T.me/Sherlari_Sevgi