Get Mystery Box with random crypto!

Sevar edim jondan ortiq. Sevgim o‘yin qilib ketdi. Muhabbatim | Sevgi She'rlari

Sevar edim jondan ortiq.
Sevgim o‘yin qilib ketdi.
Muhabbatim qildim tortiq.
Yuragimni yulib ketdi.

Soxta ekan aytgan soʻzi.
Sirlari fosh boʻlib ketdi.
Ochildiku niqob yuzi.
Tashlab meni kulib ketdi.

Oʻzi bilan ketar chogʻi
Ishonchimni olib ketdi.
O‘chirsamda ketmas dog‘i.
Yuragimda qolib ketdi.

Ado bo‘ldim, gado bo‘ldim.
Muhabbatga fido bo‘ldim.
Sevib lekin sevilmasdan.
Sevgidan ham judo boʻldim.

Buncha qalbi muzdek demang.
Ko‘ngli xazon, kuzdek demang.
Ortiq boshqa so‘z lek demang.
Gap-so‘zlardan bezor bo‘ldim.

O‘zim debman, so‘zim debman.
Bilmasdan oy yuzim debman.
Mening munchoq ko‘zim debman.
Xato qildim, ado bo‘ldim.

Sevgim deya gulim debman.
Sen-la birga yoʻlim debman.
Ajratar bir o‘lim debman.
Tirikmanu judo bo‘ldim.

Ado boʻldim, gado bo‘ldim.
Muhabbatga fido bo‘ldim.
Sevib lekin sevilmasdan.
Sevgidan ham judo boʻldim.

Sobitjon Eshtemirov.

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj