Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi She'rlari

Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari S
Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari
Kanal manzili: @sherlari_sevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.80K
Kanalning ta’rifi

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI
@Maqsudbek_T
Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-12 15:44:31
SIZ MENGA YOQASIZ, ANCHADAN BERI.

Siz menga yoqasiz, anchadan beri
Jurʼatim yetmaydi dilim ochmoqqa
Labimni juftlayman “aytayinmi?” deb
Koʻp bora urindim sizga yoqmoqqa

Siz menga yoqasiz, yillarmi boʻldi
Jilmayib oshiqdim sizni koʻrgali
Gullardan chambarak yasadim oʻzim
Yoʻlingiz kutaman sizga ilgali.

Siz menga yoqasiz, sizni sevaman
Sizdan yuz burolmam, uzolmam koʻzim
Oynaga goh-goho boqib qoʻyaman
Bunchalar sevaman oʻzimni oʻzim)
.

Yaqinlaringizga ulashing

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.3K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, edited  12:44
Ochish/sharhlash
2023-05-12 13:57:11
Shaxram Sheraliyev Konsertda Hammani Hayratga Soldi

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.3K views 𝘽𝘼𝙂'𝙍𝙄𝙏𝙊𝙎𝙃𝙄𝙈 , 10:57
Ochish/sharhlash
2023-05-12 12:11:23 Oʻqidi: Erkin Rasulov
Muallif: Baxtiyor Ikromov

Berkinmachoq.

Zo'r o'yin berkinmachoq,
Qidir deysan,top deysan.
Ko'rib olding hisobmas,
Ko'zlaringni yop deysan.

Berkinasan gohida,
Tut daraxti tomonga.
Gohi devor ortiyu,
Ba'zan eski ayvonga.

Darrov izlab topsamchi,
Arazlaysan bo'lib jim.
Axir seni topmasam,
Topolmasdi biron kim.

Yillar o'tdi quvlashib,
Qismat o'yin o'ynadi.
Seni izlab topmoqqa,
Sira-sira qo'ymadi.

Berkindingku sen gulim.
O'zga ko'ngil bog'iga.
Topolmasman seni xech,
Ko'nib yurak dog'iga...


BAXTIYOR .....MIRZO.

"DÒRMON IJODKORLAR KLUBI" a'zosi...


T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.4K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 09:11
Ochish/sharhlash
2023-05-12 11:28:37 https://t.me/+hZZ1MNt7Xr0xYWY6
3.2K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 08:28
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:00:49 Yaxshi ko‘raman.

Yaxshi yomon kunda qalqonim,
Qaddim baland osmon yuraman.
Siz bor baxtga to‘lar har yonim,
Men dadamni yaxshi ko‘raman.

Xushzabonim shirin so‘zligim.
Mehribonim anor yuzligim.
Eritadi hatto muzligim.
Men onamni yaxshi ko‘raman.

Katta yo‘lda sarbon, hamrohim.
Kechirguvchi xato, gunohim.
Mehribonim davlat panohim.
Men dadamni yaxshi ko‘raman.

Har qadami jannat poyligim.
Farishtamsiz, kukda oyligim.
Dunyodagi tengsiz boyligim.
Men onamni yaxshi ko‘raman.

Bildirmas lek mehnatdan tolgan.
O‘g‘limga deb katta uy solgan.
Tashvishlarim yelkaga olgan.
Men dadamni yaxshi ko‘raman.

Meni o‘ylab g‘amimni yegan.
Ikki dunyo bir meni degan.
Baxting ko‘ray men seni degan,
Men onamni yaxshi ko‘raman.

Suyanchig‘im, savlatim mening.
Tirikligi davlatim mening.
Qiblagohim, jannatim mening
Men dadamni yaxshi ko‘raman.

Chin sevgisi so‘zlarida jam.
Sira ko‘rmay ko‘zlarida nam.
Bu dunyoga omonatginam,
Men onamni yaxshi ko‘raman.

Egilmagay mag‘rur bu boshim.
Eng yaxshi do‘st, yaqin sirdoshim.
Biri oyim, biri quyoshim.
Dadajonim yaxshi ko‘raman.
Onajonim yaxshi ko‘raman.

Sobitjon Eshtemirov. 24.10.2022.

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.7K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 06:00
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:22:00 https://t.me/musofirda_sovchi
3.3K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 05:22
Ochish/sharhlash
2023-05-12 07:35:13
JUMA MUBORAK

Alloh deb dil yutganlarga,
Bomdod, shomni kutganlarga,
Imon yo‘lin tutganlarga,
JUMA MUBORAK.

G‘iybatdan til tiyganlarga,
Sabrdan to‘n kiyganlarga,
Allohni chin suyganlarga,
JUMA MUBORAK.

Namozni farz bilganlarga,
Halol luqma yeganlarga,
Subhanalloh deganlarga,
JUMA MUBORAK.

Sajdaga bosh urganlarga,
Gunohdan yuz burganlarga,
Qur’on o‘qib yurganlarga
JUMA MUBORAK.

Xurshid Karim

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
4.3K views BaGʻRiToSHMaN , 04:35
Ochish/sharhlash
2023-05-12 05:04:41 ​​12-may — Xalqaro hamshiralar kuni uchun maxsus

Oʻqituvchiga uylanma
Bir umr dars oʻtadi.
Toʻgʻri yur, yasha deya
Qulogʻingni tutadi.

Chevarga uylanma qoʻy,
Qaychidayin qiyadi.
Sendan koʻra rang-barang
Matolarni suyadi.

Sotuvchiga uylansang,
Kuning oʻtar bozorda.
Sevishgani vaqti yoʻq
Joning oʻtar ozorda.

Sizga zoʻr maslahatim
Hamshira vrach oling.
Bir umr ardogʻida
Bemori boʻlib qoling.

Medik boʻlsa ayoling,
Osmonlarda uchasan.
Qachon boʻlsa bemalol
Tekin spirt ichasan.

Ogʻrimaydi oyogʻing,
Hatto, kirmaydi tikan.
Yuz qoʻlingni spirtda
Yuvasan-da oshnajon.

Doim qoʻlda ignasi
Kasallikni quvlaydi.
Mabodo sal boʻsh qolsa
Qulogʻingni kavlaydi.

Oylik maoshin aytsam
Milyon-milyon topadi.
Roʻzgʻorda kaming boʻlmas
Krediting yopadi.

Niqob tushmas yuzidan
Rashk oʻrtamas joningni.
Xullas, oppoq farishta
Bezab turar yoningni.

Shifokorga uylansang,
Rejalaydi turmushing.
Toʻldirvormas bolaga
Boʻlar bir oʻgʻil, qizing.

Dunyoda ayol goʻzal
Qaysi kasbda boʻlsa ham.
Lekin medigi yaxshi
Aytib qoʻyayin oshnam.

Baxtimizga sogʻ boʻlsin
Shirin soʻz, tili bollar.
Baribir eng yaxshisi
Doʻstim, medik ayollar!

Shoir Joʻqi

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
4.9K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 02:04
Ochish/sharhlash
2023-05-12 04:22:08
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

12 - M A Y


TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.7K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 01:22
Ochish/sharhlash
2023-05-12 04:00:00
Sokin kunlar bag'rida, 
Xush iforlar taraldi.
Muborak-Juma kuni, 
Odam Ato yaraldi. 

Ollohim juma kuni,
Gunohlarni kechirdi.
Tavba qilgan insonga,
Obi zam-zam ichirdi.

Biz ojiz bandalarmiz,
Ko'rsataylik iltifot.
Shukur qilgan insonga,
"Jannat" emish mukofot.

Juma ayyom har inson,
Qalbi quvonchga to'lsin.
Allohim sevgan kun bu,
""Juma muborak bo'lsin!""

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

T.me/Sherlari_Sevgi
5.0K viewsShe'riyat, 01:00
Ochish/sharhlash