Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi She'rlari

Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari S
Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari
Kanal manzili: @sherlari_sevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.80K
Kanalning ta’rifi

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI
@Maqsudbek_T
Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-06-11 20:00:34
Yakshanba Oqshomingiz fayzli o‘tsin boringizga shukr qadrdonlarim!!!

Kayfiyatingiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, oqshomni go‘zal tabassum ila kutib oling.
Oqshomning chiroyi sizning go‘zal tabassumingiz ila yanada jozibaliroqdir.

Xayrli oqshom!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.8K views 𝘽𝘼𝙂'𝙍𝙄𝙏𝙊𝙎𝙃𝙄𝙈 , 17:00
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:31:34
BIR SOʻZ AYTING.

Bir soʻz ayting siz menga jonim,
Shu soʻz bilan ovunib ketay.
Qiynamoqda sukunat jimlik,
Taqdirimdan rozi boʻb ketay.

Bir soʻz ayting azizim menga,
Tashna dilga suvlar sepayin.
Koʻngil ochib, koʻksingiz tuting,
Yuragingiz singib ketayin.

Bir soʻz ayting borliqqa yangrab,
Jumla jaxon jarangi yetsin.
Sirimizni bilolmaganlar,
Alamidan kuyib xam ketsin.

Bir soʻz ayting chin dildan boʻlsin,
Sof koʻngillar tushinib yetsin.
Shunday ayting iloxiy boʻlsin,
Gunoximiz yuvilib ketsin.

Bir soʻz ayting kuttirmang jonim,
Labim bilan xarflarin teray.
"SEVAMAN"-Deb quchoq oching siz,
Koʻksingizda jon taslim qilay.


T.me/Sherlari_Sevgi
3.5K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, edited  16:31
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:01:07
ONLINE ISHGA TAKLIF QILAMAN      
SOTUV JONIGA TEKKANLAR UCHUN ZO'R IMKONIYAT
FABERLIC EMAS
ORIFLAME EMAS
NL EMAS
PIRAMIDA EMAS
KOMPANIYAGA A'ZO BO'LISH BEPUL
ISHLASH TARTIBI O'RGATILADI
ONLINE DARSLARIMIZ MAVJUD
12 TA VILOYATDAN XAMKOR IZLAYAPMIZ
OYLIK NAQD YOKI PLASTIK (SIZNI XOXISHIZGA QARAB )
ISHLASH VAQTINI O'ZIZ BELGILAYSIZ
QONUNIY
,STAJ BOR
DOYIMIY XARID YUQ
KO'CHAMA KO'CHA SOTUV YUQ

ISHIMIZ 100 % XALOL

TÒLIQ MALUMOT

Tel: +998881885060
Telegram: @Mohidilbizne
Telegram: @ONLIINE_BIZZNESSS
3.2K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 16:01
Ochish/sharhlash
2023-06-11 16:46:14 Men oddiy odamman!
Oyog‘im yerda,
Changu-g‘uborlarni yutib to‘yganman.
Qadamlar ostida qolmasin deya,
Ko‘nglimni osmonga eltib qo‘yganman!

Men oddiy odamman!
Istagan kishi,
Qadrimni  tepkilab o‘tmoqqa qodir.
Yuragim tosh kabi uloqtirsalar,
Hech qanday ko‘rgilik bo‘lmaydi sodir!

Men oddiy odamman!
Tuproqdan chiqqan,
Va yana tuproqqa qaytmog‘im tayin.
Va sizni mahliyo qilgan bu dunyo,
Ishoning, ishonmang, menga bir tiyin!

Men oddiy odamman!
Sizdan farqim shu,
Hammadan, hamisha mehr kutganman.
Ammo kelavergan zulmlaridan,
Ming bitta yerimdan sinib ketganman.

Men oddiy odamman, oddiy yo‘lovchi,
Karvonin ortida itlar galasi.
Faqatki ichimda, qayerimdadir,
Doim eshitilar sherning na’rasi.

Siz ham o‘tayapsiz gusr-gusrlab,
Ko‘nglimning ustidan bosib qadamni.
Qaydan ham ko‘zingiz ilg‘asin, ayting,
Yoningizda yurgan oddiy odamni.

Malika Tavfiq

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.7K views 𝘽𝘼𝙂'𝙍𝙄𝙏𝙊𝙎𝙃𝙄𝙈 , 13:46
Ochish/sharhlash
2023-06-11 15:15:58
Uzukka ko‘z qo‘ygandek bir-biriga mos ekan

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
4.0K views 𝘽𝘼𝙂'𝙍𝙄𝙏𝙊𝙎𝙃𝙄𝙈 , edited  12:15
Ochish/sharhlash
2023-06-11 12:12:30 Ko‘rsam uni titray boshlayman
Ko‘zlarmni tezda yoshlayman
Yurak bagʻrim yeya boshlayman
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

U olisda, u juda yiroq
Gohi qilib qo‘yar qo‘ngʻiroq
Yuragimni ezadi firoq
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

Hayolimda shubha gumonlar
Hayotimda kezar armonlar
Bizni ayirishar yomonlar
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

Bir koʻrishish men uchun armon
Bu qandayin boʻldiya zamon
Yuragimni ezadi yomon
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

U men uchun tanho bir yulduz
Tunlarimni qiladi kunduz
Ta'rifiga aytolmayman so‘z
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

Ey xayot qiynading bunchalar
Sevgayman men uni o‘lguncha
U go‘zalni labi gulgʻuncha
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan


Zinnura :)

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.7K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 09:12
Ochish/sharhlash
2023-06-11 09:51:44 Kanalimizda qaysi viloyatliklar ko‘p?
3.7K viewsShe'riyat, 06:51
Ochish/sharhlash
2023-06-11 08:44:30
Sen gapirma

O'yin bilsang tuyg'ularni ,
Solib umid yog'dularni ,
Ko'zing meni jodularmi ,
Sen gapirma muhabbatdan.

Bevafoyim, dardim sim-sim
Qani o'tmish ortga qaytsin
Yorlar hajrin to'lib aytsin ,
Sen gapirma sadoqatdan.

Oniy havas, davring surib ,
Ketding qalbga pichoq urib
O'zing ishqsiz bo'la turib ,
Sen gapirma muhabbatdan.

Sevoldimi mendan marding?
Endi yo'qdir zinxor qadring,
O'kingancha aytma darding
Sen gapirma xiyonatdan.

Yo kam bo'ldi e'tiborim ,
Yetmaganda senga borim,
Sevmaysiz deb kuyma yorim
Sen gapirma muhabbatdan.

Bilmam nega eding bezor?
Shu baxtinga kimlar eh zor
Bo'lmagansan tunlar bedor
Sen gapirma halovatdan.

Ishq navosin kuylayversin,
Chin oshiqlar so'ylayversin,
Vijdon o'yin o'ylayversin ,
Sen gapirma muhabbatdan.

Sug'diyona 11.06.2023

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3.7K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 05:44
Ochish/sharhlash
2023-06-11 08:00:47
VITEK 315.000 сўм.  кондиционер!

100% тоза махсулот
Акция нархи: 319.000 сўм. Қиш ва ёз мавсуми учун кондиционер!

Деворга ўрнатилади, хона ҳавосини тозалаб беради.

● Тўрт хил режимда ишлайди
● Пульт орқали бошқарилади
● 25-30 квадратни иситади
● 1-2КВ (экономний)
● Иситиши +40, совутиши зўр

Германия маҳсулоти.
Гарантия 3 йил.
100% тоза махсулот

Хозирда чегирма:
Эски нархи: 679.000 сўм
Акция нархи: 315.000 сўм

ФАҚАТГИНА 1 КУН ЧEГИРМА!

БУЮРТМА БEРИШ:
+998912535592
+998912535592

ЕТКАЗИБ БEРИШ БОР! Тўлов қўлингизга олганда қиласиз.
3.3K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 05:00
Ochish/sharhlash
2023-06-11 06:06:34
Atirgul barg bo‘lib qo‘lingga,
To‘kilganim rost edi jonim...
Kelarmi deb ketgan yo‘lingga,
Tikilganim rost edi jonim...

Dudog‘im jim, zabonim ojiz,
Bir so‘zim yo‘q aytarli senga...
Endi jufti haloling bilan,
Baxtli bo‘lsang yetarli menga...

Odilbek Qodirov


T.me/Sherlari_Sevgi
3.5K views•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•, 03:06
Ochish/sharhlash