Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘rsam uni titray boshlayman Ko‘zlarmni tezda yoshlayman Yura | Sevgi She'rlari

Ko‘rsam uni titray boshlayman
Ko‘zlarmni tezda yoshlayman
Yurak bagʻrim yeya boshlayman
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

U olisda, u juda yiroq
Gohi qilib qo‘yar qo‘ngʻiroq
Yuragimni ezadi firoq
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

Hayolimda shubha gumonlar
Hayotimda kezar armonlar
Bizni ayirishar yomonlar
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

Bir koʻrishish men uchun armon
Bu qandayin boʻldiya zamon
Yuragimni ezadi yomon
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

U men uchun tanho bir yulduz
Tunlarimni qiladi kunduz
Ta'rifiga aytolmayman so‘z
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan

Ey xayot qiynading bunchalar
Sevgayman men uni o‘lguncha
U go‘zalni labi gulgʻuncha
Taqdirimga yozilmaganni
Sevib qolish yozilgan ekan


Zinnura :)

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj