Get Mystery Box with random crypto!

Sen gapirma O'yin bilsang tuyg'ularni , Solib umid yog'dularn | Sevgi She'rlari

Sen gapirma

O'yin bilsang tuyg'ularni ,
Solib umid yog'dularni ,
Ko'zing meni jodularmi ,
Sen gapirma muhabbatdan.

Bevafoyim, dardim sim-sim
Qani o'tmish ortga qaytsin
Yorlar hajrin to'lib aytsin ,
Sen gapirma sadoqatdan.

Oniy havas, davring surib ,
Ketding qalbga pichoq urib
O'zing ishqsiz bo'la turib ,
Sen gapirma muhabbatdan.

Sevoldimi mendan marding?
Endi yo'qdir zinxor qadring,
O'kingancha aytma darding
Sen gapirma xiyonatdan.

Yo kam bo'ldi e'tiborim ,
Yetmaganda senga borim,
Sevmaysiz deb kuyma yorim
Sen gapirma muhabbatdan.

Bilmam nega eding bezor?
Shu baxtinga kimlar eh zor
Bo'lmagansan tunlar bedor
Sen gapirma halovatdan.

Ishq navosin kuylayversin,
Chin oshiqlar so'ylayversin,
Vijdon o'yin o'ylayversin ,
Sen gapirma muhabbatdan.

Sug'diyona 11.06.2023

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj