Get Mystery Box with random crypto!

BIR SOʻZ AYTING. Bir soʻz ayting siz menga jonim, Shu soʻz bi | Sevgi She'rlari

BIR SOʻZ AYTING.

Bir soʻz ayting siz menga jonim,
Shu soʻz bilan ovunib ketay.
Qiynamoqda sukunat jimlik,
Taqdirimdan rozi boʻb ketay.

Bir soʻz ayting azizim menga,
Tashna dilga suvlar sepayin.
Koʻngil ochib, koʻksingiz tuting,
Yuragingiz singib ketayin.

Bir soʻz ayting borliqqa yangrab,
Jumla jaxon jarangi yetsin.
Sirimizni bilolmaganlar,
Alamidan kuyib xam ketsin.

Bir soʻz ayting chin dildan boʻlsin,
Sof koʻngillar tushinib yetsin.
Shunday ayting iloxiy boʻlsin,
Gunoximiz yuvilib ketsin.

Bir soʻz ayting kuttirmang jonim,
Labim bilan xarflarin teray.
"SEVAMAN"-Deb quchoq oching siz,
Koʻksingizda jon taslim qilay.


T.me/Sherlari_Sevgi