Get Mystery Box with random crypto!

#Kitobsevar_millat #III_Respublika_haftaligi Bugun, Makta | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

#Kitobsevar_millat
#III_Respublika_haftaligi

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 150-umumta'lim maktabida III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bir adib haqida suhbat” rukni ostida О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyati, uning adabiy merosi, shoir asarlarining navqiron avlod tarbiyasida tutgan ahamiyati xususida muhim fikrlar aytildi.

Kitobxonlik haftaligi doirasida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi ham kitobxon o‘quvchilarga manzur bo‘ldi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site