Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 12

2023-04-08 11:40:44


Navbatdagi onlayn Sayohat

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan "Qodiriy meroslari" mavzusida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga online sayohat bo‘lib o‘tadi.

Ushbu muzeyda yozuvchining oʻzi ijodidan, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan.

Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A.Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan.

Ushbu onlayn sayohat 2023-yil 10-aprel kuni soat 11:00 da Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Ulanish uchun:
Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/82838896804?pwd=OWhBb0FWZDBOeGcxSUlkK3U0bjU0Zz09

Идентификатор конференции:
828 3889 6804
Код доступа: 511273

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
816 viewsedited  08:40
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:54:03



“KITOBXONLIK FESTIVALI” ANDIJONDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

Navbatdagi festival Andijon viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

“Kitobxonlik festivali” 20-aprelga qadar davom etadi va festival “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar, sayrtomosha va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Diqqat! Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.1K views12:54
Ochish/sharhlash
2023-04-07 14:22:05


Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi hamda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Toshkent shahar bolalar kutubxonasi hamkorligida Yashnabod tumanidagi 69-umumta'lim maktabida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan “Biz Temur avlodimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilaridan tashkil topgan 12 ta jamoa faol qatnashib, Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlaridan taqdim qilishdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.4K views11:22
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:27:35
#Amir_Temur

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi me’moriy yodgorlik - “Go‘ri Amir” maqbarasi, Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar moddiy madaniyat tarixi muzeyi va Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga onlayn sayohat o‘tkazildi.

Goʻri Amir maqbarasi qurilishi Amir Temur buyruʻgiga asosan 1403-yilda boshlanib, Mirzo Ulugʻbek davrida tugallangan, hamda temuriylar xilxonasiga aylantirilgan.

Shahrisabz shahar moddiy madaniyat tarixi muzeyi 1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan qurilgan. U meʼmoriy, etnografik, numizmatik majmualarni oʻzida jamlagan.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi Toshkent shahrining markazida joylashgan bo‘lib, Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.6K views09:27
Ochish/sharhlash
2023-04-06 09:19:46


#Kitobxonlik_festivali
#Respublika_bolalar_kutubxonasi

Kitobxonlik bayrami boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Kitobxonlik festivali”ni biz bilan birga kuzatib boring!

Karnay-surnay sadolari ostida “Kitobxonlik festivali” ko‘tarinki ruhda boshlab olindi.

Hali kelmagan bo‘lsangiz shoshiling, eng qiziq jarayonlar hali oldinda... Biz sizni kutamiz

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
423 views06:19
Ochish/sharhlash
2023-04-06 09:03:52
#Kitobxonlik_festivali
#Respublika_bolalar_kutubxonasi

“Kitobxonlik festivali”ni tomosha qilishga tayyormisiz?!

Bugungi festival, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida bo‘lib o‘tib, festival doirasida kitoblar yarmarkasi, ma’naviy-ma’rifiy kecha, teatr tomoshalari va quyidagi tanlov g‘oliblari e’lon qilinadi.

“Eng kitobxon maktab”
“Eng faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

Diqqat! Hali kelmagan bo‘lsangiz shoshiling, eng qiziq jarayonlar hali oldinda... Biz sizni kutamiz

Bizni to‘g‘ridan to‘g‘ri quyidagi havola orqali jonli tarzda kuzatib borishingiz mumklin!
fb.com/QaraqalpaqstanResBalalarkitapxanasi/

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.1K views06:03
Ochish/sharhlash
2023-04-06 08:37:47
#Bolalar_kitobi_haftaligi



Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan "Bolalar kitobi haftaligi" doirasida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida "Kitob – ma'naviyat o‘chog‘i" mavzusidagi kitobxonlik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Ushbu "Bolalar kitobi haftaligi" doirasida barcha azizlarni bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlarni targ‘ib qilishda faol bo‘lishlarini chorlab qolamiz.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
663 views05:37
Ochish/sharhlash
2023-04-06 08:22:38
#OAV
#Bolalar_kutubxonasi

Bolalarni kitob mutolaasiga jalb qilish hamda ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borasida bugungi kunda bolalar kitobi haftaligi doirasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida katta kitobxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
724 views05:22
Ochish/sharhlash
2023-04-05 12:00:03
#infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasining “Ijodkor bolalar” to‘garagi haqida...

     
"IJODKOR BOLALAR" to'garagi

752 nafar - a‘zolar;
51 nafar ijod maktablariga qabul qilindi;
400 dan ortiq she’r O‘zbekiston radiosidan o‘qib eshittirildi;
160 ta ijodiy ish bosma nashrlarda chop etildi;
1500 dan ortiq ijodiy ish Ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi;
10 xil nomdagi kitobxonlik tanlovlari o‘tkazildi;
40 dan ziyod ijodiy uchrashuv (yozuvchi va shoirlar bilan)
100 dan ortiq "She’riyat kechasi" o‘tkazildi;

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
969 views09:00
Ochish/sharhlash
2023-04-05 11:15:49
Xabaringiz bormi?

Yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’lim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda

1. Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

2. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

3. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

5. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

6. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

7. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.

8. Oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

9. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
1.0K views08:15
Ochish/sharhlash