Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2023-06-03 10:02:13
#OAV

KITOBXON BOLALAR UCHUN KITOB FESTIVALI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi va viloyat “Bolalar kutubxonalari” OAV nigohida...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.9K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-06-03 09:33:39
#Tavsiya



Bolalarga yozgi ta’tilda o‘qish uchun 10 ta kitob — Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi tavsiyasi. Batafsil...

1.“Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari” - Xudoyberdi To‘xtaboyev

2.“Buvamning oshqozonidagi mamlakat” - Qobiljon Shermatov

3.“Dahshatli Meshpolvon” - Anvar Obidjon

4.“Koinot javohiri” - Sa’dulla Quronov

5.“Bolalarga muhim narsa haqida” ("Detam o vajnom")- Natalya Remish

6.“Kel, do‘st bo‘lamiz! Bolani do‘st orttirishga qanday o‘rgatish mumkin?” - Xilari Pereyra

7.“Zumrad shahar parisi” ("Feya izumrudnogo goroda") - Sergey Suxinin

8.“Ahamiyatga egasan” - Kortni Makavinta va Andrea Vander Playm

9.“Kumush qashqa” - Artur Konan Doyl

10.“Tom Soyerning boshdan kechirganlari” - Adib Mark Tven

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
3.8K views06:33
Ochish/sharhlash
2023-06-02 17:59:42
Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari!

Farzandlari barkamol, yoshlari bilimdon va vatanparvar bo‘lib ulg‘ayayotgan davlat qudratli, xalqi esa kuchli bo‘ladi.

"Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari!" shiori ostida respublikamiz bo‘ylab kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda bolalarga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida bir qancha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan ushbu bayram haftaligi doirasida "G‘afur G‘ulom" nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida "Bolalar kitob festivali" o‘tkazildi.

Festival davomida faol kitobxon o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar viktorinasi, raqslar guldastasi, estrada xonandalari tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar hamda she'riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi festival ham ana shunday tarzda katta shodiyona bilan nishonlanib, barchaga birdek ko‘tarinki bayram kayfiyati, bolajonlarga esa kitoblar sovg‘asi va muzqaymoqlar ulashildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.6K viewsedited  14:59
Ochish/sharhlash
2023-05-22 08:34:21
“MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM: MUAMMO VA YECHIMLAR” 1-RESPUBLIKA FORUMI

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot kotibi D.Haqberdiyevaning forum haqida qisqacha fikrlari...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
84 views05:34
Ochish/sharhlash
2023-05-22 07:36:55
#Ochiq_eshiklar_kuni

Farzandi yoki o‘quvchilari 6-sinfni tamomlayotgan ota-onalar va ustozlar diqqatiga!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi Sizni OCHIQ ESHIKLAR KUNIga taklif etamiz!

Unda sizni maktabimiz hayotini yaqindan tanishtirish bilan birga:

Maktabdagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi;

O'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

Ko'rgazmalar;

Maktab hududi bo'ylab ekskursiya;

Ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy dasturi;

Matbuot anjumani kutmoqda.

23-may

10:00

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6/2

Ro'yxatdan o'tish uchun: 93-092-41-90

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
359 views04:36
Ochish/sharhlash
2023-05-22 03:45:25
#Forum_natijalari

19-20-may kuni Sirdaryo viloyatida o’tkazilgan “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechim” I respublika forumida quyidagi natijalarga erishildi:

Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish strategiyasi;
DAVLAT TALABLARI;
KONSEPSIYA;
TOGARAKLAR ROYHATI;
O’QUV REJA, OQUV DASTUR;
O’QUV QO’LLANMAlar ishlab chiqiladi
Maktab kutubxonachilarini BIBTEXNIKA bilan taminlash ;
maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishda xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida mas’ul xodimlar va mutaxassislarni xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi;
O’zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatiga oid meyoriy hujjatlarini yangilash, jumladan navbatdan tashqari Qurultoyini o’tkazish;
Forum ishtirokchilari uchun seminar tashkil etildi ;
Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabining faoliyati bilan tanishildi.

P/S: Nargiza Xolbayeva mehnatingiz beqiyos
854 views00:45
Ochish/sharhlash
2023-05-21 07:02:11

#Respublika_bolalar_kutubxonasi

https://darakchi.uz/index.php/oz/166637
1.4K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-05-20 20:29:19
“MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM: MUAMMO VA YECHIMLAR” 1-RESPUBLIKA FORUMI YAKUNLANDI

Bugun, Sirdaryo viloyati Musiqali drama teatrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarma vakillari, mamlakatimizdagi mavjud “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonalari” direktorlari, “Yoshlik” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati rahbarlari tantanali ravishda taqdirlandilar.

Ushbu taqdirlash marosimida Maktabgacha  va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjayev va Sirdaryo viloyat hokimi o’rinbosari Shavkat Zayniddinovlar ishtirok etdi.

Forum yakunida tadbirga tashrif buyurganlar uchun ibratli sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.7K views17:29
Ochish/sharhlash
2023-05-20 13:29:30

https://uza.uz/uz/posts/maktabdan-tashqari-talim-muammo-va-echimlar_484751

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.7K views10:29
Ochish/sharhlash
2023-05-18 15:50:57
Аxborot-kutubxona, nashriyot-poligrafiya mutaxassislari, ilm-fan xodimlari, ijodkorlar, kitobsevar muxlislar diqqatiga!

Joriy yilning 24–26-may kunlari Buxoro viloyatida anʼanaviy “Central Asia – 2023: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi.

Tashkilotchilar:
Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi;
mutasaddi vazirlik va idoralar.


Konferentsiya onlayn va offlayn formatda boʼlib oʼtadi.

Tadbirning ishchi tili: oʼzbek, rus va ingliz tillari

Xalqaro konferensiya doirasida, shuningdek, "Kitob va mutolaa jamiyat taraqqiyotidagi strategik resursi" II Hamdoʼstlik forumi oʼtkaziladi.

Bundan tashqari, axborot-kutubxona tizimida samarali mehnat qilayotgan, kitobxonlik madaniyati, mutolaa targʼiboti va ommalashtirish ishlari, shuningdek, yosh mutaxassislarni tayyorlashda yuqori natijalarga erishgan soha xodimlari “Аxborot va kutubxona aʼlochisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
832 views12:50
Ochish/sharhlash