Get Mystery Box with random crypto!

Аxborot-kutubxona, nashriyot-poligrafiya mutaxassislari, ilm-f | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Аxborot-kutubxona, nashriyot-poligrafiya mutaxassislari, ilm-fan xodimlari, ijodkorlar, kitobsevar muxlislar diqqatiga!

Joriy yilning 24–26-may kunlari Buxoro viloyatida anʼanaviy “Central Asia – 2023: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi.

Tashkilotchilar:
Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi;
mutasaddi vazirlik va idoralar.


Konferentsiya onlayn va offlayn formatda boʼlib oʼtadi.

Tadbirning ishchi tili: oʼzbek, rus va ingliz tillari

Xalqaro konferensiya doirasida, shuningdek, "Kitob va mutolaa jamiyat taraqqiyotidagi strategik resursi" II Hamdoʼstlik forumi oʼtkaziladi.

Bundan tashqari, axborot-kutubxona tizimida samarali mehnat qilayotgan, kitobxonlik madaniyati, mutolaa targʼiboti va ommalashtirish ishlari, shuningdek, yosh mutaxassislarni tayyorlashda yuqori natijalarga erishgan soha xodimlari “Аxborot va kutubxona aʼlochisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site