Get Mystery Box with random crypto!

📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻 Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻
Kanal manzili: @quvasoy_a_k_m
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Quvasoy axborot kutubxona-markazi AKT bo'limi bilan bog'lanish.
@Azizbek_blog_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-11 09:54:09 Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan axborot-kutubxona markazlarining rasmiy telegram kanallari bilan tarnishing.

Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi

Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazi

Bag‘dod tuman axborot-kutubxona markazi

Beshariq axborot-kutubxona markazi

Buvayda tuman axborot-kutubxona markazi

Dang‘ara tuman axborot-kutubxona markazi

Yozyovon tuman axborot-kutubxona markazi

Oltiariq tuman axborot-kutubxona markazi

Quva tuman axborot-kutubxona markazi

Qo‘shtepa tuman axborot-kutubxona markazi

Rishton tuman axborot-kutubxona markazi

So‘x tuman axborot-kutubxona markazi

Toshloq tuman axborot-kutubxona markazi

Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi

Farg‘ona tuman axborot-kutubxona markazi

Furqat tuman axborot-kutubxona markazi

O‘zbekiston tuman axborot-kutubxona markazi
59 views06:54
Ochish/sharhlash
2022-11-11 09:16:23
#Kóchma_kutubxona

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari aholini kitobga bo‘lgan muhabbatini orttirish maqsadida AKM xodimi I.Mirzayeva tomonidan Xuvaydo MFY da tashkil etilgan "Ko‘chma kutubxona" kitoblari yangilandi.  Aholi tomonidan eng ko‘p so‘ralayotgan adabiyotlar tashkillandi. Shu bilan birga kitob haqida fikr almashdilar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
55 viewsedited  06:16
Ochish/sharhlash
2022-11-10 15:32:13
Soʻz

Bir soʻz bor qamalgan ichingda
Qoʻyib yubormaysan hech qachon
...

Umrbod qamaysan shu soʻzni ichga

Odam oʻldirmagan,
Vatanni sotmagan,
Jamoat oldida oʻzingni
sharmanda qilmagan boʻlsa ham garchi

Mangu hibsdagi soʻz
ichingda jaranglar
Bagʻring toshlariga urilib,
hech kim eshitmaydi lekin bu soʻzni

Shar misol
botiningga toʻlib qolgan soʻz,
Koʻtara boshlaydi osmonga

Bir kun shu soʻzni
gullab qoʻymasang boʻldi...

Senga hech kimning qoʻli yetmaydi,
Yerga toblab urmoqlik uchun.

Yorib tashlamasa boʻldi bir kuni
seni oʻsha soʻz...
40 viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-11-10 13:30:00
#bu_qiziq #motivatsiya

Milliarder Jek Ma - ajoyib shaxs. U noldan koʻtarildi, qayerda boʻlmasin muvaffaqiyatsizlikka uchradi ammo oxir-oqibat dunyodagi eng yirik kompaniyalardan birini yaratib, 7 milliard dollardan ortiqroq boylik topdi.

Qatʼiyatli boʻling, oʻylab koʻring: Garvard uni oʻn marta rad etdi! Qabul qilinmagani emas, balki u yerga oʻn marta hujjat topshirgani ajablanarli. Uni universitetga ham, ishga ham olib ketishmagan. Faoliyatining boshida Ma uzoq vaqt davomida hech qayerda ish topa olmadi. U hatto politsiyaga ishga kirishga harakat qildi, lekin unga rad javobini berishdi: «Siz bizga toʻgʻri kelmaysiz!». U (24 kishilik guruh ichida) KFC oshxonasida ishga qabul qilinmagan yagona inson edi. Biroq, Ma «tundan keyin albatta tong otishini» - qachondir omad unga tabassum qilishini va uning oʻzi odamlarni ishga olishini bilar edi...

Harakat qildi va erishdi!
38 viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2022-11-10 12:09:52
​​ Mortimer Adler boʻyicha kitoblarni oʻqish va tahlil qilish qoidalari

#tavsiyalar

Kitob tuzilishini tahlil qilish
1. Kitob mavzusi va turini aniqlash.
2. Kitobda yozilganlarni iloji boricha qisqa va loʻnda ifodalash.
3. Kitobning barcha asosiy boʻlimlarini aniqlab, xuddi butun kitobni tahlil qilgandek koʻrib chiqish.
4. Muallif qanday muammolarni yechishga urinayotganini aniqlash.

Kitoblarni bilim yetkazuvchi manba sifatida tanqid qilish:
1. Kitobni tahlil qilmay turib tanqidni boshlamaslik zarur.
2. Bilim va fikr oʻrtasidagi farqni hisobga olib, barcha fikrlarni asoslash.
3. Muallif qayerda yetarlicha maʼlumot bermagani va notoʻgʻri maʼlumot berganini koʻrsatish.
4. Muallif fikridagi mantiqsiz joylarni topish, uning tugallanmagan xulosalarini aniqlash.
4.Muallif argumentlarini topish yoki kitobdagi fikrlardan muallif nima demoqchiligini aniqlash.
36 viewsedited  09:09
Ochish/sharhlash
2022-11-10 12:08:45
#bilasizmi

Eng kichik kitob haqida eshitganmisiz?


Dunyodagi eng kichik kitob Turnip shahridagi Teni Ted kitobidir. Ushbu kitob hozirda dunyodagi eng kichik kitob hisoblanadi va u "Ginnesning rekordlar kitobi" tomonidan tasdiqlangan. Kitob 100×70 mikrometrga teng.
30 viewsedited  09:08
Ochish/sharhlash
2022-11-10 10:24:14
#Ertakchi_kutubxonachi

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi hamda "Navro'z" MTT tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari bilan hamkorlikda ajoyib tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida bolajonlar bilan qiziqarli mashg'ulotlar ham tashkillandi. Bolajonlar juda ham xursand bi'ldilar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
34 viewsedited  07:24
Ochish/sharhlash
2022-11-10 10:19:57
#Zoom_konferensiya

2022 yil 10 noyabr kuni  "Hududiy axborot-kutubxona markazlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish xizmati-Viloyat va tuman (shaxar) axborot - kutubxona markazlari ijtimoiy tarmoqlaridagi saxifalarini yuritish qoidalari " hamda "Ilmiy-metodik xizmati-Metodik qo‘llanmalar tuzish texnologiyasi" mavzularida bo'lib o'tadigan metodik to'garak darslarida Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etdilar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
32 viewsedited  07:19
Ochish/sharhlash
2022-11-10 10:02:49
#Mehr_kutubxonasi

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi Arsif tarmoq kutubxonachisi tomonidan "Mehr kutubxonasi" loyihasi bo'yicha "Tegirmonboshi" 4 xonadonda yashovchi Abduhakimova Xolisxon onaxanning xonadonida bo'ldi va holidan xabar olib unga O'tkir Xoshimovning "Ikki eshik orasi" kitobidan parchalar o'qib berdim va kitobni o'qishi uchun berildi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
36 viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash
2022-11-10 08:53:44
#Ibrat

Odam pulga kiyim sotib olishi mumkin, lekin baxtni emas, ovqat sotib olishi mumkin-u, biroq ishtahani emas, yotoq sotib olishi mumkin, ammo uyquni emas, dori sotib olishi mumkinu, ammo sogʻliqni emas, qul sotib olishi mumkin, lekin doʻstni emas, oʻyin-kulguni sotib olishi mumkin, biroq shodlikni emas, muallimni sotib olishi mumkinu, ammo bilimni emas.

Suqrot Hakim

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
37 viewsedited  05:53
Ochish/sharhlash