Get Mystery Box with random crypto!

📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻 Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻
Kanal manzili: @quvasoy_a_k_m
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Quvasoy axborot kutubxona-markazi AKT bo'limi bilan bog'lanish.
@Azizbek_blog_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-11-03 09:36:39
#Infolib_2022

#Suhbat

“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida  Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimi G. Saydahmatova "Axborot kuni" o'tkazildi. Gazeta va jurnallar mutolaasiga qiziquvchilar uchun suhbat tashkillandi. Suhbat davomida "Infolib" jurnali ham tanishtirildi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
17 viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash
2022-11-03 09:24:22
#Infolib_2022

#Tadbir

Quvasoy shahar Arsif MFY tikuv sexiga Bosh vazir o'rinbosari, Oila va xotin- qizlar davlat qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova Baxriddinovna bilan uchrashuv tashkillandi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
20 viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2022-11-03 07:29:00
#kitobxon_uchun
#bu_qiziq

Kitoblar oğirmi, bilimmi..?

Yaponiyada qoʻyilgan haykal. Unda kitobni koʻp oʻquvchi bolaning yoshi katta va kitobni kam oʻqiydigan, yoki umuman kitob oʻqimaydigan odamga nisbatan tarozida ogʻir bosishi aks ettirilgan.

Bu haykal nafaqat bolalarni, kattalarni ham kitob oʻqib bilim olishga boʻlgan qiziqishini orttirish uchun ibratli. Tarozi pallasida oğir bosish uchun kitobni yoningizdan uzoqlashtirmang. Aql boshda degan naqlni aytishganlarida uyalib qolmaslik uchun ham kitob bilan do'stlashing.
35 viewsedited  04:29
Ochish/sharhlash
2022-11-03 07:27:07
#sevimli

☆ ☆ ☆

Senga kelish nima?
Ketishday oson.
Senga yoʻqotishlar — topishday bir gap.
Sen dunyoni koʻrmay yashaysan mudom,
Yashaysan daraxtday his qilib, ilgʻab.

Qalbingda fojelar zumda uchadi,
Yangi gʻussalarni quchasan shodon.
Bebaxtliging baxtday sendan kechadi —
Alamon,
Oʻzingdan, jonim, alamon!

Seni toʻfonlarning oʻzi asrasin,
Sendan yiroq qochsin qismat dudlari.
Yoʻlingga ayamay qutlar tashlasin,
Qoʻli ochiq kelsin umring hutlarin.

Senga ketish nima?
Xayr-xoʻsh... Tamom...
Men ham omon qolay —
Bir najot bergin.
Nima u boshimga otganing?
Osmon...
Toʻxta! Olib ketma poyimdan yerni...

Usmon Azim
30 viewsedited  04:27
Ochish/sharhlash
2022-11-02 14:21:54
#INFOLIB_2022
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Farg‘ona shahar 26-umumta’lim maktabida kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Yosh kitobxon" tanlovida saralangan adabiyotlar asosida ko‘chma kutubxona tashkil qilindi.

Shuningdek, viloyat axborot-kutubxona markazi hamda 26-umumta’lim maktabi o‘rtasida ko‘chma kutubxona faoliyatini doimiy amlaga oshirish maqsadida hamkorlik shartnomasi tuzildi.
25 views11:21
Ochish/sharhlash
2022-11-02 14:21:46
#INFOLIB_2022

“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yosh kutubxonachilar” II forumi ishtirokchilari o‘rtasida Toshkent viloyati Turon axborot-kutubxona markazida "Zakovatli yoshlar yurt tayanchi" mavzusida Yosh kutubxonachilar ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar.
21 views11:21
Ochish/sharhlash
2022-11-01 08:50:23
#Infolib_2022

#Zoom_konferensiya

“Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi islohotlar” mavzusida seminar o'tkazildi. Zoom konferensiyasida Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etdilar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
39 viewsedited  05:50
Ochish/sharhlash
2022-11-01 08:25:19
#Infolib_2022

#Davra_suhbati

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Arsif tarmoq kutubxonasida "Kitob -bebaho xazina" mavzusida kitobxonlar bilan suhbat o'tkazildi va kitoblar o'qish uchun berildi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
32 viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2022-11-01 08:00:50 ​​#Tavsiya

"Uzbechka katta ehtimol bilan o'zbek millatiga mansub snayper ayol. Vinnitsaga tashlangan razvedka guruhiga aynan shu snayper jalb qilingan..."

Asar : "Uzbechka"
Muallif: Baxtiyor Abdyg'afur


O'zbek adabiyotida o'zimiz uchun yangi yozuvchi kashf qildik desak adashmaymiz.
Asar shu darajada mohirlik bilan yozilganki siz asarni o'qish davomida qahramon bilan birga yashaysiz. U azoblansa azoblanasiz , yig'lasa yig'laysiz...

Jamila Qodirova -o'z istagi bilan sovuq urushga ketgan , hatto erkak kishi chidashi mushkul bo'lgan ham ruhan, ham jismonan qiynoqlarga bardosh berolgan o'zbek qizi.

U hech qanday harbiy mahorat ham ega emas. Lekin oqilona fikrlashi va nafis ichki sezgisi bilan qancha -qancha fashistlarni yer tishlatgan ko'plab insonlarning maqtoviga sabab bo'lgan .
Ammo yaxshilik bor joyda yomonlik bor deganlaridek Jamila ham hayotida past- u balandliklarga duch keldi.
Mayor Gromovdek tuban insonning tuxmatlariga uchradi. Lekin Jamila shu darajada sabr -bardoshli , chidamli qiz ediki barcha qiyinchiliklarni oxir -oqibat yengib o'tdi. Asarni o'qir ekansiz o'zbek xalqining shundek mard qizlari bor ekanligiga olqishlar aytasiz.


"Oddiy o'zbek qizi Jamila Qodirova yoki "O'zbechka" nomi gitlerchilarning yuragiga g'ulg'ula solmoqda..."

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
31 viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2022-11-01 07:56:20
Robert Kiyosaki
"Pul oqimining kvadranti" kitobidan

Siz agar insonning gaplarini eshitmas ekansiz, uning qalbini hech qachon tushuna olmaysiz. Demak, uning qalbini eshita
olmadingizmi, siz suhbatdoshingizning kimligini ham bilmaysiz.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
39 viewsedited  04:56
Ochish/sharhlash