Get Mystery Box with random crypto!

📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻 Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻
Kanal manzili: @quvasoy_a_k_m
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Quvasoy axborot kutubxona-markazi AKT bo'limi bilan bog'lanish.
@Azizbek_blog_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-10-11 07:48:29
«Qaynona - kelin munosabatlarida murosa-yu madora»

​​ Qaynona-kelin munosabatlari o‘ta nozik masala bo‘lib, unda muvaffaqiyat qozonish (birga baxtli yashash) yoki mag‘lub bo‘lish (ajrim, janjal va muammolar) tomonlarning o‘zaro munosabatiga bog‘liq.

   Ushbu kitob shu munosabatda muvaffaqiyatli bo‘lish usullari bilan tanishtiradi. Onasi va turmush o‘rtog‘i orasida qolib ketgan erkaklarga undan chiqish yo‘llarini ko‘rsatadi va kelinlarga qaynona bilan kelishmovchilikka bormasdan ham yashash mumkinligini o‘rgatadi.

Muallif: Sema Marashli

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
43 viewsedited  04:48
Ochish/sharhlash
2022-10-10 13:23:50
#til_millat_kózgusi

Qayg‘ungni cheka-cheka qaribdur Bobur,
Rahm aylaki, o‘zidin boribdur Bobur.
Noranj yubordi sangakim, bilmagaysen,
Ya’niki, bu nav’ sarg‘oribdur Bobur.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
58 viewsedited  10:23
Ochish/sharhlash
2022-10-10 10:44:20
Xalq o'z qahramonlarini bilishi kerak

Bugun g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa bilan tanishing. Chapdan o'nga:

O'roqboyev Mo'min O'rinboy o'g'li
Fozilov Mirzobek Muhammadjon o'g'li
Davlatov Dilmurodjon Murodjon o'g'li jamoa sardori
Eraliyev Sheroz Sherzod o'g'li(Viloyat Zakovat klubi rahbari)
Nomonjonov Farrux Zokirjon o'g'li
Najmiddinova Muattar Zayniddin qizi(Murabbiy)
Sirojiddinova Mubina Muhammadjon qizi
Rahmatjonova Gulshoda Rahmatjon qizi


Bu yerda nomi keltirilganlardan tashqari mehnat qilganlar va duoda bo'lganlarga ham chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Zakovat bu bilim, kuch, kurash, kelajak, maqsad, g'alaba. Zakovat bu hamma narsa!

@zakovatfargona
29 views07:44
Ochish/sharhlash
2022-10-10 10:44:02
#Kitobxon_yumori

Hafta kunlari uchun ajoyib kitoblar

1. Dushanba bilan uchrashuv ~ Rey Bredberi
2. Morrining Seshanba darslari ~ Mitch Elbom
3. Chorshanba uchun binafshalar ~ Andre Morua
4. Barakali Payshanba ~ Jon Steynbek
5. Bugun Juma ~ Ernest Xeminguey
6. Oxiri-yo‘q Shanba ~ Ien Makyuen
7. Omadli Yakshanba ~ Agata Kristi
25 views07:44
Ochish/sharhlash
2022-10-10 10:19:05
#Biz_tavsiya_etamiz

"Kutubxonadagi murda"
Agata Kristi
Kutubxonadagi murda - aql-zakovati, topqirligi bilan jinoyatlarni politsiyadan avval fosh qiladigan miss Marpl haqidagi navbatdagi asar. Roman nisbatan ixchamligi, voqealar rivoji qiziqarliligi bilan o'quvchini zeriktirmaydi.
Bir kuni ertalab polkovnik Bantrinig yotoqxonasiga oqsoch vahima bilan kirib, kutubxonada jasad yotganini ma'lum qiladi. Uy egalari bu xabarga ishona olishmaydi, axir bunday voqeani izquvarlar haqidagi asarlardagina uchratish mumkin. Notanish mallasoch qiz tunda kutubxonada bo'g'ib ketilgan. Polkovnik darrov politsiyani chaqiradi, xotini esa bu vaqtda dugonasi miss Marplga murojaat qiladi. Ana shundan so'ng mehmonxanada ishlagan o'n sakkiz yoshli qizga, shuningdek, boshqalarga oid sirlar ochila boshlaydi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
52 viewsedited  07:19
Ochish/sharhlash
2022-10-07 15:16:49
#Mehr_kutubxonasi

Quvasoy shahar
axborot-kutubxona markazi xodimi M. Nishonova 90-sonli Kar va soqovlar internat maktabi 6-sinf o'quvchilari bilan kutubxonaga sayohat o'tkazildi. Sayohat davomida bolalar xonasidagi adabiyotlar tanishtirildi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
48 viewsedited  12:16
Ochish/sharhlash
2022-10-07 15:08:50
#Davra_suhbati

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Pakana MFY kutubxonachisi K. Akbarova "Kitob tafakkurni boyitadi" mavzusida suhbat o'tkazdi. Bolajonlar juda xursand bo'ldi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
43 viewsedited  12:08
Ochish/sharhlash
2022-10-07 14:20:41
Colours - Russian Lessons

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
37 viewsedited  11:20
Ochish/sharhlash
2022-10-07 14:19:34
Phonics Song with TWO Words - A For Apple - ABC Alphabet Songs with Sounds for Children

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
55 viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash
2022-10-07 13:51:33
#Ertaklar_komilikka_yetaklar

#Biz_tavsiya_etamiz

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
37 viewsedited  10:51
Ochish/sharhlash