Get Mystery Box with random crypto!

📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻 Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻
Kanal manzili: @quvasoy_a_k_m
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Quvasoy axborot kutubxona-markazi AKT bo'limi bilan bog'lanish.
@Azizbek_blog_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-10-31 15:55:53
#Infolib_2022

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazida ''Yosh kitobxon kòrik tanlovi bòlib òtdi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
56 views12:55
Ochish/sharhlash
2022-10-31 15:00:41
#jarayon
#INFOLIB_2022
#ochiq_muloqot

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yosh kutubxonachilar” II forumida bo‘lib o‘tayotgan “Kutubxona va yoshlar” Ochiq mikrofon: “Cheksiz imkoniyatlar kasbi” mavzusida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati va yetakchi yosh rahbarlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Muloqot davomida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazi rahbari Rustamjon Husanov "Axborot-kutubxonamarkazini rivojlantirishda fundraisngdan foydalanish" ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda
27 views12:00
Ochish/sharhlash
2022-10-31 14:47:14
#jarayon
#INFOLIB_2022

"Kutubxona va yoshlar" Ochiq mikrofon

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida "Cheksiz imkoniyatlar kasbi mavzusida O'zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati va yetakchi yosh rahbarlar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
19 views11:47
Ochish/sharhlash
2022-10-12 09:07:55
#Kun_hikmati

Ishoning- baxt faqat
bizni sevadigan , bizga
ishonadigan joyda.

M.Y. Lermentov

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
10 viewsedited  06:07
Ochish/sharhlash
2022-10-12 08:22:52
#Til_millat_kózgusi

Ona tili bu-millatning
ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan
har q  anday millat o‘zligidan
judo bo‘lishi muqarrar.

Islom. Karimov

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
18 viewsedited  05:22
Ochish/sharhlash
2022-10-12 07:46:41 ​​​​ Mixail Bulgakov
"Xosiyatsiz tuxumlar" asari


Hamma zamonlarda ko'p buyuk olimlar olamshumul, dunyoni o'zgartirib yuboruvchi kashfiyotlar qilishni va shu orqali butun dunyoni boshqarishni o'z qo'llariga olishni niyat qilishadi. Herbert Uellsning "Ko'rinmas odam"i, Aleksandr Belyayevning "Professor Doulning boshi", "Odam amfibiya" asarlari qahramonlarida ham dastlab ezgu niyatda boshlangan kashfiyotlar boshqa odamlar ishtiroki sababli teskari tarafga o'zgarib ketishiga sabab bo'ladi. Dastlab, insoniyat manfaati uchun xizmat qiluvchi kashfiyot vaqt o'tib esa uning zarariga ishlaydi. Oxirida esa odamzod o'sha kashfiyotdan voz kechib qo'ya qoladi.

Aslida tabiat qonunlariga qarshi, uni o'zgartirishga sabab bo'luvchi kashfiyotlar har doim ham yaxshi oqibatlarga olib bormaydi.

"Xosiyatsiz tuxumlar" dagi professor Persikov ham tasodifan topilgan kashfiyotining oqibatini o'ylamay butun bir shaharning oyoqqa turishiga sabab bo'ladi. U o'zi hali mohiyatiga tushunmasdan kashf qilgan "hayot nuri" ajoyib xususiyatga ega bo'lib, uning ta'sirida paydo bo'lgan jonzodlar tez ko'payar, keyingi avlod oldingisidan, ham hajman katta, ham hayotga kurashuvchan edi. Persikov tomonidan topilgan kashfiyot shoshqoloq odamlarning tinchini buzib qo'yadi va bu esa kasallikdan yo'q bo'lib ketayotgan tovuqlarni ko'paytirishga bo'lgan harakatni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Aslida odamzoddan sabrsizi, shoshqalog'i dunyoda yo'q, hali mohiyati to'liq oxirigacha o'rganilmagan kashfiyot orqali o'z muommolarini hal qilmoqchi bo'ladi va bu bilan nafaqat o'zining balkim atrofdagilarning ham hayotiga xavf solib qo'yadi.

Yozuvchi asar orqali nima demoqchi? Yangi kashfiyotlar albatta kerak va ular insonlar manfaatlari uchun ishlashi kerak faqat mohiyati to'liq ochilgandan so'ng. Bo'lmasam bir inson tugul butun boshli shaharlarning barbod bo'lishiga sabab bo'ladi.

Ilmiy fantastika ishqibozlaribop asar. Hajman kichik, lekin o'ziga katta ma'noni qamrab olgan asar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
17 viewsedited  04:46
Ochish/sharhlash
2022-10-12 07:43:15
«Odamlar o'ynaydigan o'yinlar»

   Zamonaviy psixologiyaning asosiy shaxslaridan biri, o'tgan 100 yillikning eng mashhur psixologlari orasida yuqori mavqega ega – Erik Bern psixoterapiyaning o'ziga xos yo'nalishi – «tranzaksion tahlil» asoschisi hisoblanadi. Ushbu nazariyaning rivojlanishi olimga dunyoviy shuhrat keltiradi.

   Mazkur mashhur asar sizga oilaviy munosabatlarni yaxshilash, o'zingiz va boshqalarning xatti-harakatlari sababini tushunish, insonlar bilan ziddiyatga borishdan qochish va shaxsiy kamolotga erishish asoslarini o'rgatadi. Kitobda odamlar har kuni ongsiz ravishda o'ynaydigan o'yinlar ssenariylari, ularni hayotiy vaziyatlarga moslashtirish, odatiy xulq-atvordan xalos bo'lish borasida o'yinga qarshi strategiyalar haqida bilimlarga ega bo'lasiz.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
18 viewsedited  04:43
Ochish/sharhlash
2022-10-11 11:57:31
#Tadbir

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi bilim ulashuvchi ustozlar bilan to'la. Bugun markazimizga XTB tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari markazimizda jamlanib online zoom konferensiyasida qatnashdilar. Ustozlar soha bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
50 viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2022-10-11 11:38:54
#Davra_suhbati

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari "Qizlar kuni" munosabati bilan yosh, qiziquvchan qizlar bilan suhbat o'tkazdi. Ularga Z. Aralxanova yangi adabiyotlar bilan tanishtirdi. Kun mavzusi yuzasidan qiziqarli suhbat bo'lib o'tdi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
46 viewsedited  08:38
Ochish/sharhlash
2022-10-11 09:32:31
#jarayon

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tuman-shahar axborot-kutubxona markazlari xodimlari uchun Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona mutaxassislari tomonidan kutubxona va axborot xujjatlarini komplektlash, kutubxona fondini tashkil etish, joylashtirish va saqlash bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.
22 views06:32
Ochish/sharhlash