Get Mystery Box with random crypto!

📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻 Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻
Kanal manzili: @quvasoy_a_k_m
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Quvasoy axborot kutubxona-markazi AKT bo'limi bilan bog'lanish.
@Azizbek_blog_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-11-07 08:04:09
Jim Ron
""Baxt va boylikka erishishning yetti yoʻli"

Sizning kimligingizni nima oʻqiyotganingiz koʻrsatadi

Odatda kimning oldiga kelsam, avvalo kutubxonasiga nazar solaman. Quruq suhbatdan koʻra uning kitoblarini koʻzdan kechirib, u haqda koʻproq bilib olaman.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
44 viewsedited  05:04
Ochish/sharhlash
2022-11-04 14:24:17
​​Bitta shoir kamaysa nima,
Charx yaratar boshqa nusxasin.
Choʻkib ketsa toʻfonda kema,
Pishiqrogʻin yasar ustasi.

Toʻfonlardan seskanma, qalbim,
Qayiqlardek suzma qirgʻoqlab.
Kemaman deb ummonga talpin,
Yuz baloga oʻzingni chogʻlab.

Qayiqlarda — ilinj va xohish,
Kemalarda — orzu va maqsad.
Bugun senda bir olam tashvish,
Gal kelganda oʻzingni koʻrsat.

YO tilib oʻt dovulning koʻksin,
YO kemadek gʻarq boʻl izzatda.
Unutmagil — qayiqlar choʻksa,
Olinmaydi hatto roʻyxatga. . .

Toʻfonlardan seskanma, qalbim!

Anvar Obidjon, Oʻzbekiston xalq shoiri
35 viewsedited  11:24
Ochish/sharhlash
2022-11-04 14:23:14
Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazida ''Zakovat intellektual'' o'yini o'tkazildi. Tadbirda yoshlar faollik bilan qatnashdilar.
28 views11:23
Ochish/sharhlash
2022-11-04 14:12:42
#Mehr_kutubxonasi

Quvasoy shahar axbarot-kutuxona markazi xodimi K.Akbarova"Mehr kutbxonasi"loyhasi doirasida Gullola ko'chasida yashovchi 85-yoshli Ro'zimatova Turg'unoy ayaning xondoniga tashrif buyurib "Odil Yoqubovning "Ko'hna dunyo",   Chingiz Aytmatovning  "Qulayotgan Tog'lar"  kitobni o'qishni tavsiya qildi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
28 viewsedited  11:12
Ochish/sharhlash
2022-11-04 09:56:45
#Infolib_2022

#Davra_suhbati

“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida  Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar tashrif buyurdilar.  Ular kutubxonamizdagi mavjud adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
114 viewsedited  06:56
Ochish/sharhlash
2022-11-04 09:23:24
#Biz_tavsiya_etamiz

Amina Shenliko'g'li
"Iskanja"

Ushbu asarda kommunizm iskanjasi qurboniga aylangan bir Uyg‘ur millatiga mansub musulmon oilasining qismati yoritilgan. Kommunizm niqobi ostida millatning, yoshlarning ongiga manaviyat, madaniyat deb dinsizlik g‘oyalarning singdirilishi, xalqni o‘zligidan, milliy va diniy ildizlaridan judo qilish jarayonlari yorqin ifodalab berilgani kitobxonni befarq qoldirmaydi. Asarda bir oila, uning a’zolari boshidan o‘tgan fitna va qiynoqlar misolida butun boshli millatning chekkan dard-u, alam iztiroblari yoritilgan.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
37 viewsedited  06:23
Ochish/sharhlash
2022-11-04 09:07:52
#Donolarning_kitob_haqida_fikrlari

Men kitoblarni emas,
kitoblar meni yaratdi.

      Mishel de Monten

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
37 viewsedited  06:07
Ochish/sharhlash
2022-11-04 08:37:11
#new_book

Amina xonim shunday yozadi: “Asrlar davomida biror bir millat lo‘lilarchalik ezilmaganini ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz. Ammo shu paytgacha bu holatning oddiy tomoshabinimiz xolos. Aytishim mumkinki, kitob shaxsiy hayotimda odatiy qarashlardan chekinish tomon ilk qadamdir...”

Uzoq kutilgan mutolaa... Noyabr oyi uchun nasib ekan.

Siz bu asarni oʻqib ko'rganmisiz?


https://t.me/QUVASOY_A_K_M
39 viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2022-11-04 08:31:53
Oskar Uayld

O'lim juda go'zal bo'lsa kerak. Yumshoq qo'ng'ir tuproqda yotish, boshing tepasida o'tlar silkishi, sukunatni tinglash. Kecha ham, ertangi kun ham bo'lmasligi. Vaqtni unutish, hayotni kechirish, xotirjam bo'lish.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
42 viewsedited  05:31
Ochish/sharhlash
2022-11-03 09:42:56
#Infolib_2022

#Suhbat

“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida  Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Isfayramsoy mahalla kutubxonasi xodimi D. Bekova "Mening sevimli ertak kitobim" mavzusida yosh kitobxonlar bilan suhbat oʻtkazdi.Suhbat davomida yosh kitobxonlar ertak qahramonlari haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
13 viewsedited  06:42
Ochish/sharhlash