Get Mystery Box with random crypto!

📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻 Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻
Kanal manzili: @quvasoy_a_k_m
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Quvasoy axborot kutubxona-markazi AKT bo'limi bilan bog'lanish.
@Azizbek_blog_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-10-07 13:17:06
#Biz_tavsiya_etamiz

Ikki eshik orasi — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Asar Oʻtkir Hoshimov merosining asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligini mahorat bilan tasvirlangan. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari — mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini haqida soʻzlaydi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran oʻrgangani uchun har bir epizod oʻquvchini qalbiga jiddiy taʼsir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar shuningdek, yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
37 viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2022-10-07 11:28:05
#jarayon

Kutubxona mutaxassislari navbatdagi siyosiy-ma'rifat soatida ishtirok etmoqdalar

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilayotgan 2022-yilning 7-oktabr kungi "Siyosiy-ma'rifat soati"da ishtirok etmoqdalar.
24 views08:28
Ochish/sharhlash
2022-10-07 08:43:56
Maksim Gorkiy

O'zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
45 viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2022-10-07 08:43:12
#mashhurlardan_maslahat

Boshlagan kitobingni tashlab qoʻyma.

Bill Geyts oxiriga qadar oʻqishga koʻzi yetmagan kitobni qoʻliga olishdan qochadi. Buning yaxshi tomoni bor - kitobni esga tushganida oʻqish vaqtni behuda sarflashdan farq qilmaydi.

«Maʼnan va ilmiy jihatdan yetuk kitoblarni tanlab oʻqing. Aks holda, bir dasta qogʻoz hayotingizni zaharlashi yoki oʻgʻirlashi mumkin», deydi u.

Milliarderning fikricha, ming yil avval yozilgan kitob uni oʻqimagan odam uchun hali yangi hisoblanadi.
50 views05:43
Ochish/sharhlash
2022-10-06 14:41:35
#jarayon
#zakovat

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan tashkil etilgan o‘quvchilar va talaba-o‘quvchilar ligasining 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
43 views11:41
Ochish/sharhlash
2022-10-05 09:58:26 #Foydali_mutolaa

ABADIYAT QONUNI

Nodar Dumbadzening 1978 - yilda yaratilgan «Abadiyat qonuni» asari nafaqat Gruziyaning o’zida, balki ko’plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o’qiladigan asarlar qatoridan joy oldi.

Bu romanda insonning hayotdagi o’rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to’g’risida keng mushohada yuritilgan.
9 viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2022-10-05 09:57:43
#motivatsion_rolik

HAYOTNING BUYUK SIRI

Orzusiz inson bo‘lmaydi. Orzuni maqsadga aylantirib, bu yo‘lda tinimsiz harakatda bo‘lganlar muvaffaqiyat kalitiga ega chiqadi.

Dunyoda katta bir siz borki, koinotdan boshqa barcha orzu-maqsadlar ro‘yobiga cheksizlik beradi...
9 viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash
2022-10-04 14:21:10
#Diqqat_tanlov

Barcha barchaga hayrli kun

Yaxshi kayfiyatda markazimiz siz azizlarga yangi tanlovni e'lon qiladi. Bu tanlov qanday ekan deb  qiziqyapsizmi?
Bu galgi tanlovimiz o'zgacha,  juda ham ajoyib...
Siz juda ajoyib she'r yozasiz,  lekin uni ommaga taqdim etishdan qo'rqasiz.
Shahrimizdagi serqirra iste'dodlarni kashf etish maqsadida AKM ijtimoiy tarmoqlarida 21-oktabr "O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan" kun munosabati bilan "Til-millat ko'zgusi" mavzusida "Eng yaxshi she'r muallifi" tanlovini e'lon qilamiz.
Endi sizlarga tanlov sharti bilan tanishtirib o'tsam,  shartlarimiz oddiy. O'zingiz yozgan she'rlarni ijtimoiy tarmog'imizga yoki kanal adminlariga yuborishingiz kerak bo'ladi. Maxsus tuzilgan hay'at a'zolari tomonidan Eng yaxshi she'r muallifi aniqlanadi,  shu bilan birga eng sara she'rlar ijtimoiy tarmoqlarda hamda shahar va viloyat matbuotlarida ham e'lon qilinadi.  Sizning ijod mahsulingizni kutib qolamiz.

Adminlar

@Jannatxon_2128

@Azizbek_blog_uz

Barchaga omad.
48 viewsedited  11:21
Ochish/sharhlash
2022-10-04 10:58:11
#Ertakchi_kutubxonachi

#Sayohat

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi har doimgiday gavjum. Sababi yana kutubxonamizda jajji bolajonlar kulgulari jaranglamoqda.  "Optimum" nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari  markazimizda mehmon. Ular bilan birga "Ertakchi kutubxonachi" loyihasi asosida tarbiyalanuvchilarga markaz mutaxassisi tomonidan  qiziqarli ertaklar oʻqib berildi. Bolajonlar shu bilan birga markazimizdagi noyob asarlar bilan ham tanishdilar. Qiziqarli o‘yinlar o‘ynadilar. Ertaklar yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
45 viewsedited  07:58
Ochish/sharhlash
2022-10-04 10:42:23
#Mehr_kutubxonasi

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Isfayramsoy mahalla kutubxonasi xodimi D. Bekova Mehr kutubxonasi loyihasi doirasida Mirishkor koʻchasi 224- uyda yashovchi Mamaraimova Maxsuda aya xonadoniga kirib, onaxonni "Ustozlar" kuni bilan tabrikladi va unga kitoblar tavsiya etdi. Onaxon nabirasiga ertaklar oʻqib berdi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
33 viewsedited  07:42
Ochish/sharhlash