Get Mystery Box with random crypto!

Soʻz Bir soʻz bor qamalgan ichingda Qoʻyib yubormaysan hech q | 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Soʻz

Bir soʻz bor qamalgan ichingda
Qoʻyib yubormaysan hech qachon
...

Umrbod qamaysan shu soʻzni ichga

Odam oʻldirmagan,
Vatanni sotmagan,
Jamoat oldida oʻzingni
sharmanda qilmagan boʻlsa ham garchi

Mangu hibsdagi soʻz
ichingda jaranglar
Bagʻring toshlariga urilib,
hech kim eshitmaydi lekin bu soʻzni

Shar misol
botiningga toʻlib qolgan soʻz,
Koʻtara boshlaydi osmonga

Bir kun shu soʻzni
gullab qoʻymasang boʻldi...

Senga hech kimning qoʻli yetmaydi,
Yerga toblab urmoqlik uchun.

Yorib tashlamasa boʻldi bir kuni
seni oʻsha soʻz...