Get Mystery Box with random crypto!

​​ Mortimer Adler boʻyicha kitoblarni oʻqish va tahlil qilish | 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

​​ Mortimer Adler boʻyicha kitoblarni oʻqish va tahlil qilish qoidalari

#tavsiyalar

Kitob tuzilishini tahlil qilish
1. Kitob mavzusi va turini aniqlash.
2. Kitobda yozilganlarni iloji boricha qisqa va loʻnda ifodalash.
3. Kitobning barcha asosiy boʻlimlarini aniqlab, xuddi butun kitobni tahlil qilgandek koʻrib chiqish.
4. Muallif qanday muammolarni yechishga urinayotganini aniqlash.

Kitoblarni bilim yetkazuvchi manba sifatida tanqid qilish:
1. Kitobni tahlil qilmay turib tanqidni boshlamaslik zarur.
2. Bilim va fikr oʻrtasidagi farqni hisobga olib, barcha fikrlarni asoslash.
3. Muallif qayerda yetarlicha maʼlumot bermagani va notoʻgʻri maʼlumot berganini koʻrsatish.
4. Muallif fikridagi mantiqsiz joylarni topish, uning tugallanmagan xulosalarini aniqlash.
4.Muallif argumentlarini topish yoki kitobdagi fikrlardan muallif nima demoqchiligini aniqlash.