Get Mystery Box with random crypto!

📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻 Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻
Kanal manzili: @quvasoy_a_k_m
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Quvasoy axborot kutubxona-markazi AKT bo'limi bilan bog'lanish.
@Azizbek_blog_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-11-08 08:02:41Haftaning qaynoq asarlari !

Noyabr oyi kitobsevarlar uchun juda ham ajoyib yangilik boshlandi.Yomg'irli kunlar... Negaki kitobxonlarning eng sevimli uch narsalari : Yomg'ir + issiq qahva + kitoblardir ! Ko'pchiligimiz uchun sevimli formulaga aylangan ushbu uchlik hozirgi kunda ommalashmoqda, albatta bu ajoyib... Yomgʻirli kunda deraza yonida issiq qahva ichib , kitob mutolaa qilish shuningdek tabiatning yomgʻirli kundagi o'zgacha tarovatini tomosha qilish kimga ham yoqmaydi deysiz. Eng muhim yangiligimizga quloq tuting.Ushbu haftada dunyo adabiyoti yangi tandirdan uzilgan oltita asar bilan boyitildi. Dunyoda kitoblar ko'paysa , baxt ham ko'payadi . Demak bugun kun davomida sizlar bilan yangi kitoblar haqida qizg'in suhbatlashamiz. Sizlar shunchaki qo'llab tursanglar kifoya. Qanday qilib deysizmi? Shunchaki mehr belgisini bosish orqali.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
43 viewsedited  05:02
Ochish/sharhlash
2022-11-08 07:36:56
#ijod_zavqi

KUZ MANZARALARI

Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bogʻlarda xazonlar yonadi lov-lov.
Doʻstlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan toʻkilgan olov.

Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim
Doʻstlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, soʻngsiz oʻylarim.

Quyosh ham falakda bamisli roʻyo
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Doʻstlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.

1967. Abdulla Oripov
44 viewsedited  04:36
Ochish/sharhlash
2022-11-07 13:01:23
#Bu_qiziq

Eng baland kutubxona qayerda joylashganini bilasizmi?

Dunyodagi eng baland kutubxona Shanxayda, Marriott mehmonxonasida, taxminan 230 metr balandlikda joylashgan!

Kutubxona mehmonxonaning 60-qavatida (230,9 m) joylashgan boʻlib, Ginnesning rekordlar kitobidan “dunyodagi eng baland kutubxona” sifatida joy olgan.

Kutubxonaga kirish uchun mehmonxona nomeridagi elektron kartochkadan foydalaniladi. Unda xitoy va ingliz tillarida adabiyot, falsafa, tarix kabi turli mavzulardagi 2000 dan ortiq kitoblar mavjud.
47 viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2022-11-07 13:00:43
#adib_hayotidan
#videorolik

"Insonni tug'ish va o'stirish qanchalar qiyin, o'ldirish esa oson"

Ch. Aytmatov
38 viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2022-11-07 12:04:41
#faktlar

Rashod Nuri Guntekin

Rashod Nuri Guntekin — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos.

Istanbul universitetini tugatgan (1912).

Dastlabki asarlari («Eski oshna», 1917; «Xanjar», 1918; «Sirli qo‘l», 1921 va b.)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan.

Yozuvchining mashhur asarlaridan biri «Choliqushi» (1922)da turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan.

«Tamg‘a» (1925), «Shafqat qiling», «Yashil tun» (1928), «Xazonrezgi» (1930) romanlarida zamonasining o‘tkir ijtimoiy masalalari, yashashning ma’nosi kabi muammolarni ko‘tarib chiqadi.

Guntekin 24 roman, 7 hikoyalar to‘plami, qator pesalar yozgan, 24 jildli asarlar to‘plami nashr etilgan (1958 — 61).

U «Lev Tolstoy» monografiyasi (1933) muallifi.

Guntekin asarlari juda ko‘p tillarga tarjima qilingan.

«Choliqushi» (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, M. Ismoiliy) va boshqa romanlari o‘zbek tilida nashr etilgan.
39 viewsedited  09:04
Ochish/sharhlash
2022-11-07 11:06:20 "Dorian Greyning portreti"
Oskar Uayld


Oskar Uayldning "Dorian Greyning portreti" asari o‘ziga xos tasvir yo‘siniga ega. Unda yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat insonni tubanlikka tortuvchi
illatlar aks etgan.

Asarning mazmun mohiyati, qahramonlarning nutqi, xatti-harakatlari asosiy o‘rinda portret detali orqali ochib beriladi. Rassom Bezil Xolluord tomonidan chizilgan portret asarning so‘ngiga qadar asosiy detal bo‘lib xizmat qiladi. Chunki ushbu detal ham rassom Xolluordning ichki kechirmalari ham Dorian Greyning umr bo‘yi qilgan gunohlarini ko‘rsatuvchi qalb o‘zgarishlarini ifodalovchi ko‘zgu sifatida tasvirlanadi.

Asar portreti insonning asl qiyofasini ko‘rsatuvchi ko‘zgu vazifasini ham bajaradi.

38 viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash
2022-11-07 10:02:43
#Kórik_tanlov

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Isfayramsoy mahalla kutubxonasi xodimi D. Bekova hamda 25- maktab jamoasi bilan birgalikda "Yosh kitobxon" koʻrik tanlovi oʻtkazdilar. Tanlovda 10 nafar faol kitobxonlar ishtirok etdilar. Tanlov test savollari va ogʻzaki savol-javob asosida boʻlib oʻtdi. Gʻolib kitobxonlar sovgʻalar bilan taqdirlandilar va shahar bosqichiga yoʻllanma oldilar.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
44 viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash
2022-11-07 08:43:39
"Anna Frank kundaligi" kitobidan

Qog'oz – odamlarga qaraganda ancha sabrliroq.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
48 viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2022-11-07 08:34:13
#Infolib_2022

#Davra_suhbati

“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida  Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari o'tkazilgan zoom konferensiyasidagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Yangi takliflar, tashkillanayotgan haftalik doirasidagi tadbirlar yuzasidan rejalar tuzildi.



https://t.me/QUVASOY_A_K_M
46 views05:34
Ochish/sharhlash
2022-11-07 08:08:39 Bolalarda kitobga nisbatan qanday qilib mehr uygʻotish mumkin?

Bilamizki maktabgacha taʼlim muassasalarida , maktablarda bolalarga harflarni, o'qishni o"rgatish metodikasi mavjud. Lekin kitoblarga mehr uygʻotish, ularni qanday mutolaa qilishni o'rgatadigan darslar mavjud emas. Balkim shunday darslar mavjud boʻlganda bolalar hozirgidanda ko'proq gajetlarga emas balki kitoblarga mehr qo'yishgan bo'larmidi. Shunday ekan ushbu vazifa ota - onamizni o'zlarida qolyabdi. Ular bolalari uchun ko'zgu vazifasini o'tashadi. Shu sababdan bolalarda kitobga, uni o'qishga bo'lgan ishtiyoqni mohirlik bilan sekin - asta shakllantirib borish zarur. Fransuz yozuvchisi Daniel Pennak ushbu mavzuda o'zining maxsus yo'riqnomalarini taqdim etgan.

Daniel Pennakning oltin qoidasi

1.O’qimaslik huquqi

Bolani kitob o’qishga hech qachon majburlamang! Jahlingiz chiqsa ham mayli, biroq zo’rlamang. Uning o’rniga mutolaa qilishga qiziqtirishning yo’llarini topishga harakat qiling. Eng yaxshi yo’li – farzandingizga kitobni o’qib bering-da, uni eng qiziqarli joyida to’xtating.

2.Sahifalarni o’tkazib yuborish huquqi

Bolaga zerikarli sahifalarni (masalan, uzun yozilgan tabiat tasviri) o’tkazib yuborib, o’ziga qiziq bo’lgan joylarni o’qishiga qo’yib bering.

3.Oxirigacha o’qimaslik huquqi

Hech qachon farzandingizga yoqmagan kitobni oxirigacha o’qib chiqishga majburlamang. Hali ko’rasiz, u o’ziga yoqgan kitoblarni bir necha marotaba o’qib chiqadi.

4.Qayta o’qish huquqi

Bola o’zi xohlagan kitobini qayta-qayta mutolaa qilishiga imkon yarating.

5.Istagan narsasini o’qish huquqi

Bu qoida bir qarashda g’alati ko’rinishi mumkin, biroq u juda muhim. Maktab yoshidagi har bir bola juda ko’plab cheklovlarga duch keladi, shuning uchun ham u mutolaada erkinlikga va o’z xohishi bilan kitob tanlash huquqiga ega bo’lishi lozim. (Ta’qiqlangan adabiyotdan tashqari, albatta)

6.Hayolot olamiga tushish huquqi

O’smir bola kitob mutolaa qilar ekan, hayolot dunyosiga tushishi turgan gap. Bunday paytda farzandingizning hayolidagi qahramon haqiqiy emasligini tushunsangiz ham uning ustidan kulmang va boshqalarning kulishiga yo’l qo’ymang.

7.Istalgan joyda mutolaa qilish huquqi

Agar farzandingiz kitobni karavotida, metro yoki avtobusda va hattoki ovqatlanayotganda mutolaa qilsa, unga to’sqinlik qilmang. Agar farzandingizning qo’lidan kitob tushmayotgan bo’lsa, demak siz maqsadingizga erishdingiz: u kitobga mehr qo’ygan.

8.O’qiganligi haqida aytmaslik huquqi

Bolaning nima haqida mutolaa qilganini aytmasligi normal holat hisoblanadi. Buning uchun jahlingiz chiqmasin. Ehtimol unga kitobdagi syujet yoqmagan yoki aksincha, tasvirlangan voqeadan hayratga tushgan bo’lishi mumkin. Uni shoshirmang, o’ziga kelib, hayollarini jamlab olishiga vaqt bering.

Yuqoridagi oltin qoidalar jahon tajribasida sinalgan, minglab bolalar u orqali kitob bilan do'st tutingan. Siz ham albatta sinab ko'ring. Tez orada natija berishiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Shuningdek yaqinlaringizga ham ulashing, ular ham bolalarida sinab ko'rishsin. Zero ko'plab bolalar kitobxon bo'lishsa biz bundan bag'oyat xursand bo'lamiz.

Siz bu qoidalarni ulashish orqali dunyoga baxt ulashgan bo'lasiz.


https://t.me/QUVASOY_A_K_M
36 viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash