Get Mystery Box with random crypto!

📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻 Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_a_k_m — 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻
Kanal manzili: @quvasoy_a_k_m
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Quvasoy axborot kutubxona-markazi AKT bo'limi bilan bog'lanish.
@Azizbek_blog_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-11-10 08:49:19
#Multfilm

Oskar mukofotini olgan multfilmlar. 1-qism.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
44 viewsedited  05:49
Ochish/sharhlash
2022-11-10 08:45:28
#Biz_tavsiya_etamiz

"O'gay ona"
Ahmad Lutfiy Qozonchi

Diniy va badiiy uslubda yozilgan kitoblari dunyoda– bestsellers bòlgan Ahmad Lutfiy Qozonchidir. Asarning bosh qahramoni Fotima iymonli va Allohning rizoligi uchun hamma narsa tayyor,iymonli va sabr toqatli qiz. Odilbekning garchi ikta farzandi bòlsa ham, ularga onalik qilish umidi bilan rozi bo'ladi.
Bunga sabab nimada deb òylayabsz?..
Asosiy turtki bòlgan inson uning qòshnisi va ògay ona qòlida qolgan – Ismoildir balki. Bu bola ona mehriga zor bòlib , otasining mehridan ham mahrum qoladi. Fotima uning kònglini kòtarishga harakat qiladi. Onasidek bòlmasa ham garchi u befarq bòlmaydi.Fotima Odilbekka turmushga chiqqanidan sòng, uning ikki bolasini òz bolasidek katta qiladi. Odilbek Fotimaga kiyim olib kelganida xafa bóladi. Bollarga ham olmaganligini aytib ,Odilbekni uyaltiradi. Bolalarga otasidandan kop mehr bera olgan desak , menimcha adashmaymiz.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
28 views05:45
Ochish/sharhlash
2022-11-10 08:41:56
#Kun_hikmati

Yaxshilikni shaxsiy manfaat ko‘zlamay,faqat yaxshilik bo‘lsin,deya qilmog‘imiz lozim.

Konfutsiy

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
25 views05:41
Ochish/sharhlash
2022-11-10 08:34:53
Bernard Shou

Baxt ortidan quvib, uni topgan odam burni ustida turgan ko'zoynagini qidirib, so'ng topib sevingan kampirga o'xshaydi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
26 viewsedited  05:34
Ochish/sharhlash
2022-11-10 08:30:19
Men yomonman… Uddalay olmayman…

Bilasizmi, yaqinda bir kitobda o’qidim, o’zingizga yaxshi baxo bermasligingiz aslida sizning fikrlaringiz emas. Biz qachonki ishlarimiz o’xshamaganda, yoki muammolar tug’ilganda o’zimizga “yomon”, “qo’lidan hech narsa kelmaydi” tamg’asini bosamiz. Aslidachi?

Aslida bir paytlar juda yaqin bo’lganlaringiz sizga qaysidir o’rinda qo’lingizdan hech narsa kelmasligini aytishgan va bu miyyangizning bir burchagida o’rnashib qolgan. Qachonki, o’sha paytdagidek yoqimsiz vaziyatga tushganingizda miyyangiz sizga siz aslida hech narsani uddalolmasligingizni ta’kidlagan yaqinlaringizning fikrlarini takrorlaydi…
To’xtang!

O’zingiz nima deb o’ylaysiz? Aslida sizning siz haqingizdagi fikringiz qanday? Kitobda taxminan shunday yoziladi: o’zingizga, o’zingizning yaxshi taraflaringizni eslatib turing. Qo’lingizga qog’oz ruchka olib, o’zingizda bor 10 ta yaxshi hislat haqida yozing.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
27 viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2022-11-08 15:39:37
#Mehr_kutubxonasi
Quvasoy axborot-kutubxona markaziga qarashli Isfayramsoy mahalla tarmoq kutubxonasi xodimi D. Bekova "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Mirishkor koʻchasi 24- uyda yashovchi Abduvahobova Qanoat opa xonadoniga kirib, kitoblar bilan tanishtirdi. Qanoat opa oʻqish uchun oʻziga "Asal va sut" kitobini olib qoldi.
39 views12:39
Ochish/sharhlash
2022-11-08 14:16:16
#adiblar_olamidan

Faktlar turkumidan: Gay Yuliy Tsezar

Gay Yuliy Tsezar - diktator, notiq, imperator, yozuvchi. Eng buyuk va mashhur Rim hukmdorlari va sarkardalaridan biri.

♕U barcha askarlarini ko'rishgani va ism-shariflari bilan taniganligi haqida dalillar mavjud.

♕Uning "Galliya urushi haqida eslatmalar" va "Fuqarolar urushi haqida eslatmalar" kitoblari va "Commentarii de Bello Gallico" kitobi tarixiy ahamiyatga ega.

♕Qaysar dafna gulchambarini buyuk shoir bo‘lgani uchun emas, balki kal boshini yomon ko‘rgani va uni yashirishga harakat qilgani uchun taqib yurgan.

♕Yoshligida Tsezar Kichik Osiyoda harbiy xizmatni oʻtagan va Bitiniya qiroli Nikomed saroyida diplomatik missiyalarni ham bajarishga majbur boʻlgan.

Gay Yuliy Tsezar Rim imperiyasida birinchi marta umrbod diktator, "vatan otasi" deb e'lon qilingan.

♕Guy ismi "baxtli", Yuliy esa "yosh" degan ma'noni anglatadi.

♕Gay Yuliy Tsezar vafotidan keyin u Rim davlat dini tarixidagi birinchi odam-xudoga aylandi.
33 viewsedited  11:16
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:03:33
#Suhbat

Quvasoy shahar axborot-kutubxona markaziga kundan-kunga kitobsevar yoshlar ko'payib kelmoqda. Bugun ham markazimizga yosh, bilimdon qizlarimiz tashrif buyurdilar. Ular bilan Z. Aralxanova suhbat o'tkazdi. Qiziqishlariga mos kitoblar bilan tanishtirdi.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
48 viewsedited  07:03
Ochish/sharhlash
2022-11-08 09:17:58
#Biz_tavsiya_etamiz

#Kitobxondan

Yaqinda shu kitob asosida Book.uz kitoblar doʻkonidagi teatr studiyasi sahna koʻrinishi qoʻydi. Bordim. Juda yoqdi. Shundan soʻng kitobini oldim. Soddagina, kichikkina kitob, yarim oʻtirishda oʻqib qoʻyasiz). Bu kitob haqida qandaydir badiiy tahlillar, falsafiy xulosalar qilish qiyin. Ertakmonand uslubda, sodda, nekbin hislar ila bezab yozilgan. U barcha ertaklar kabi qahramonlarning murod-maqsadga yetishi bilan yakunlanadi. Book.uz kitoblar doʻkonida sahnalashtirilgan spektaklni esa imkoningiz boʻlsa, albatta borib koʻring.

Iqtiboslar.

• Yaxshi koʻrish san'atidan bebahra kishilar uchun yomon koʻrishdan boshqa yumush qolmaydi.
• Basharti, masala shu taxlit qoʻyiladigan boʻlsa, baxtiyor kishi oʻzini shu baxtmi, deb soʻroqqa tutgan palla har qanday baxt tushunchasi yarim salohiyatini yoʻqotadi.
• Endi bolalar koʻpam oʻyinchoqlar bilan emas, oʻqish bilan mashgʻul. Oʻqiydilar, oʻqiydilar, lekin qachon yashashni boshlaydilar –  nomaʼlum.

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
40 viewsedited  06:17
Ochish/sharhlash
2022-11-08 08:43:13
#Donolarning_kitob_haqida_fikrlari

Kitob bir xazina, mutolaa - yorqin tabassumli hayotga boshlovchi mash’aldir.

Oybek

https://t.me/QUVASOY_A_K_M
45 viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash