Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.96K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-09-26 16:39:19
#ijod_maktablari
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar

AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan
:

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 6 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ballni, 3 nafar oʻquvchisi xalqaro SAT sertifikatdan 1410 ballni qoʻlga kiritdi.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 3 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7,5 ballni, xalqaro SAT dan 1230 ballni qoʻlga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-8 ballni qoʻlga kiritdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 4 nafar oʻquvchisi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 5 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ballni qoʻlga kiritdi,

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 4 nafar o‘quvchisi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 4 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7 ballni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilda Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabining 187 nafar bitiruvchilari Xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.1K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2023-09-26 12:10:15
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

Agentlik tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, olima, jamoatchi, "Shuhrat medali" sohibasi Muyassar Boqixonovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Ona tili oʻqitish metodikasi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi;
10 dan ortiq xalqaro konferensiyalar maʼruzachisi;
2017-yildan buyon oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi;
Xalqaro va milliy gazeta-jurnallarda 20 dan ortiq maqolalari chop etilgan;
2019-yilda oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi–2019” tanlovi gʻolibi;
2021-yilda “Shuhrat” medali hamda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
2022-yilda “Iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash metodika tizimini takomillashtirish” mavzusida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish boshladi;
6 nafar oʻquvchisi milliy sertifikatlarga ega boʻlgan;
2 nafar oʻquvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashakkurnoma"sini qoʻlga kiritgan;
1 nafar oʻquvchisi "Shuhrat medali" bilan taqdirlangan;
2020-2021-yillarda oʻquvchisi Dilobar Mahmudova viloyat olimpiadasida I o‘rin egalladi;
2022-2023-yillarda viloyat fan olimpiadasida oʻquvchilari I, II oʻrinlarni egallashdi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.4K views09:10
Ochish/sharhlash
2023-09-26 08:32:55
#ishga_taklif

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant eʼlon qiladi.

Kompyuter taʼlimi fani oʻqituvchisi
Ingliz tili
fani oʻqituvchisi

Talablar:
Oliy maʼlumotli pedagog (5 yildan ortiq ish tajribasi, toifa sertifikati);
Ingliz tilini bilish darajasi (milliy, xalqaro) sertifikat;
Oʼz sohasida tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi.

Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy oʻsish;
Iqtidorli oʻquvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
Boshqa koʻplab imkoniyatlar.

Nomzodlarning arizalari joriy yilning 29-sentabr kuni soat 00:00ga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlar haqidagi maʼlumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
prmqdd@piima.uz
@Qarshi_PM_job

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.6K viewsedited  05:32
Ochish/sharhlash
2023-09-25 15:38:23
#prezident_maktablari
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar

AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan,

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 3 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 8-8.5 ballni, xalqaro SAT imtihonidan esa 1520 ballni qo‘lga kiritdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 5 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni qo‘lga kiritdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabining 23 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni qo‘lga kiritdi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabining 19 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni, 7 nafar o‘quvchi xalqaro SAT imtihonidan 1400-1470 ballni qo‘lga kiritdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabining 18 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7.5 ballni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.3K viewsedited  12:38
Ochish/sharhlash
2023-09-25 13:36:40
#ijod_maktabi

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning farzandi Xurshid Vohidov Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, Ahmadjon Meliboyev qalamiga mansub yangi nashr etilgan “Erkin Vohidovning imzosi” nomli kitobni ijod maktabi o'quvchilariga sovg'a qildi.

Uchrashuv davomida maktabimizda o‘quvchi-yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, IT to‘garaklari, ijodiy izlanishlar, yoshlarimizning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi loyihalari haqida suhbat bo'lib o'tdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.1K views10:36
Ochish/sharhlash
2023-09-25 09:16:33
#xorijiy_hamkorlik

Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston“ universiteti vakillari Xitoy davlatida bo'lib o'tayotgan “Lazerli texnologiya va uni rivojlanayotgan davlatlar sanoatida joriy etish” mavzusida tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

Seminar davomida lazerli texnologiyalarning sanoatdagi ahamiyati, undan to‘g‘ri foydalanish va samarali jihatlari haqida amaliy misollar taqdim etildi. Shuningdek, seminarda har bir davlat vakillari o‘z yurtida lazerli moslamalardan foydalanish bo‘yicha taqdimot tayyorlab namoyish etdi.

Shuningdek, universitet vakillaridan tashkil topgan ikkinchi jamoa Xitoyning Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklarni namoyish etish maqsadidagi “Huawei connect 2023” tadbirida qatnashdi.

Tadbir davomida biznes modellar ko‘rgazmasi, sun'iy intellektdan foydalanish, ta'lim sohasida qo'llanadigan zamonaviy texnologiyalar hamda aloqa vositalaridagi yangiliklar muhokama etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.7K views06:16
Ochish/sharhlash
2023-09-25 08:01:15
#ishga_taklif

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi.

Biznes fani
Kimyo
Fizika
Matematika
Kompyuter ta'limi

Talablar:
Oliy toifali pedagog (5 yildan ortiq ish tajribasi);
C1 daraja (xalqaro sertifikat);
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy o‘sish;
Iqtidorli o‘quvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

Nomzodlarning arizalari joriy yilning 10-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
http://t.me/BuxPmBot

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
+998916466451

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.4K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-09-24 09:50:40
Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar

Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

Dam olish kuni yaxshi film tomosha qilishingiz va ilhom olishingiz uchun ushbu ro’yxatni taqdim etamiz:

1. “Super 30”;
2. “Ron Klark tarixi”;
3. “Moʻjiza”;
4. “Iqtidorli”;
5. “Uch savdoyi”;
6. “Ustoz”;
7. “Matematik moʻjizalar”;
8. “Ibrat”;
9. “Uyg‘onish davri odami”;
10. “Hayot go‘zal”;
11. “Zulmat”;
12. "Xorchilar”;
13. “Ikkichi”;
14. “Tafakkur o‘yinlari”;
15. “Yerdagi yulduzchalar”;
16. “Olg‘a, Hindiston!”;
17. “O‘rindosh”;
18. “Murabbiy”;
19. “O‘qituvchi”;
20. “Zakovatli Uill Xanting”...

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.1K viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash
2023-09-23 16:06:19
#zakovat
#hududiy_bosqich

Bugun, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Turnir 30 ta savoldan iborat boʻlgan uch bosqichda oʻtkazildi.

Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.8K views13:06
Ochish/sharhlash
2023-09-23 13:52:10
#Xalqaro_hamkorlik
#Singapur

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Singapur davlatining “Star publishing” nashriyoti vakillari ishtirokida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv treningda “Star publishing” kompaniyasi prezidenti Steve Seow, kompaniya ijrochi direktori Judy Seow, matematika fani darsligi muallifi Ho Wee Li va Eric Chan Chun Ming hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ushbu seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Singapurning matematika o‘qitish metodikasi tajribasini o‘rganishdan iborat.

"Matematika fani - umumiy o’rta ta’lim maktab uchun asos hisoblanib, bu fanni o’qishda eng zamonaviy sodda, tushunarli usullaridan foydalanish kerak. Tajribamizga ko‘ra, ko‘z bilan ko'rish mumkin bo‘lgan materiallar va o‘quv qurollariga tayangan holda matematik konsepsiyalarni o'rgatish ko‘proq natija beradi", - deydi Singapur matematika fani darsligi muallifi Eric Chan Chun Ming.

Trening davomida darslarni vizual tarzda tushuntirish, amallarni turli o'quv materiallar yordamida tushunchalar berish bo‘yicha mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Singapur davlatining “Star publishing” nashriyoti bilan bir necha yo‘nalishlarda, xususan, mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar tashkil etish bo’yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.4K views10:52
Ochish/sharhlash