Get Mystery Box with random crypto!

#ijod_maktablari #SAT #IELTS #yuqori_natijalar AGENTLIGIM | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktablari
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar

AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan
:

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 6 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ballni, 3 nafar oʻquvchisi xalqaro SAT sertifikatdan 1410 ballni qoʻlga kiritdi.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 3 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7,5 ballni, xalqaro SAT dan 1230 ballni qoʻlga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-8 ballni qoʻlga kiritdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 4 nafar oʻquvchisi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 5 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ballni qoʻlga kiritdi,

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 4 nafar o‘quvchisi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 4 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7 ballni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilda Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabining 187 nafar bitiruvchilari Xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube