Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.15K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-09-19 12:49:09
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI SHAHRIXON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Ochilish marosimida ko'p yillar davomida o'quvchilarga ta'lim bergan faxriy ustoz O‘zbekiston qahramoni Kamoliddin G'offurov, Shahrixon tuman hokimining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, Shahrixon tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi mudiri ishtirok etdilar.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bu taʼlim dargohiga Andijon viloyatining barcha hududlaridan 5-11-sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib o‘qishga qabul qilindi.

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabdagi 456 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berish maqsadida 43 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.3K views09:49
Ochish/sharhlash
2023-09-16 12:59:02
Diqqat_tanlov!

Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

1-o'rin - monoblok
2-o'rin - kompyuter
3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
: da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
36.6K viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash
2023-09-16 10:35:21
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (ESLATMA: Agar xorijiy OTMlarini tamomlagan boʻlsangiz diplomingiz nostrifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni ham ilova qilish shart);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
22.1K views07:35
Ochish/sharhlash
2023-09-15 12:44:16
#prezident_maktablari
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar

AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLAR O'QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDALAR!

Jumladan,

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 14 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni, 10 nafar o'quvchi xalqaro SAT imtihonidan esa 1420-1520 ballni qo'lga kiritdi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabining 18 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7.5 ballni, 5 nafar o'quvchi xalqaro SAT imtihonidan esa 1400-1470 ballni qo'lga kiritdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining 18 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni qo'lga kiritdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Mahliyo Rahmonova IELTS imtihonida o'z bilimini sinab 8 ball natijani qo'lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Abdulaziz Sobirov IELTS imtihonidan 8 balni qo'lga kiritdi. Shuningdek u SAT imtihonidan 1560 ballni, "Zakovat" o'quvchilar ligasi g'olib jamoasi - " Et Cetera" a'zosi, "Vice-head of the United students" vitse-prezidenti, "PSAD" klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

Maktablarimizda faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar ham doimo izlanishdan, o'z ustida ishlashdan to'xtamaydilar. Xiva shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Sattorbek Yo'ldashev IELTS imtihonida 8.5 ball natijani qo'lga kiritdi.

Ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.2K views09:44
Ochish/sharhlash
2023-09-15 09:35:46
#ishga_taklif

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi.

Ish yurituvchi

Talablar:

O'rta maxsus yoki oliy ma’lumotli;
O'z sohasida ish tajribasi (ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

Imkoniyatlar:

Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy o‘sish;
Iqtidorli o‘quvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;

Nomzodlarning arizalari joriy yilning 21-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumotnomangizni ushbu telegram manzilga jo‘nating:
@ToshkentPM_bot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.7K views06:35
Ochish/sharhlash
2023-09-14 17:48:44
"Eco-Schools" xalqaro dasturi dunyoning 77 ta mamlakatida amalga oshirilayotgan bo‘lib, yoshlarni atrof-muhit masalalari bilan shug‘ullanishga jalb qiluvchi va uni faol himoya qilish imkonini beruvchi eng namunali dastur sifatida tan olingan. O‘zbekistonda dastur 2021 yildan buyon amalga oshirilmoqda, mamlakatimiz maktablaridagi 492 nafar o‘quvchi va 10 ming nafardan ziyod eko-faolni birlashtirgan.

Международная программа Eco-Schools действует в 77 странах мира и признана лучшей программой по экологическому образованию, которая побуждает молодых людей заниматься окружающей средой и предоставляет им возможность активно защищать ее. В Узбекистане реализуется с 2021 года, объединив 492 имплементатора программы — учащихся школ и более 10 000 эко-активистов по всей стране.

Zamin | Facebook | Instagram
17.9K views14:48
Ochish/sharhlash
2023-09-14 16:02:38
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Ta’lim sohasidagi islohotlar o‘z samarasini bermoqda
#14sep #uzbekiston24

06:26 Vobkent tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatiga nazar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.9K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-09-14 14:20:18
#prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabiga yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilariga zamonaviy noutbuklar topshirildi.

Ta'kidlash lozim, o'quvchilarga kompyuterdan foydalanish bo'yicha texnik talablar, dasturlar bilan ishlash, taqdimotlar tayyorlash, internet va axborot bilan ishlash madaniyati dars jarayonlarida o'rgatib boriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.6K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-09-14 12:55:16
"Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

FEE vakillari tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra ekologiya sohasidagi nufuzli xalqaro mukofotga O‘zbekistonning 2 ta maktabi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va marosimga mezbonlik qilgan Toshkent shahri 81-sonli maktabi munosib topildi.

Taqdirlash marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi, Yevropa Ittifoqi, BMT va uning tarkibiy tuzilmalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi rahbarlari ishtirok etdi.

Ziroat Mirziyoyeva eko-maktablar o‘quvchilarini Barqaror rivojlanish ramzi — Yashil bayroqni qo‘lga kiritgani bilan samimiy qutladi hamda "Mamlakatimiz bir. Sayyoramiz bir. Vazifamiz bitta — uni asrab-avaylash. Barchamiz bir bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Bugungi faolligingizni ko‘rib, kelajagimiz ishonchli qo‘llarda ekaniga ishonaman", deb ta’kidladi.

Maktab hududida Toshkentdagi "Eco-schools Uzbekistan" loyihasida ishtirok etayotgan barcha maktablar tomonidan tayyorlangan kichik eko-ta‘lim festivali tashkil etildi. Barcha xohlovchilar efir moylari va qiyom tayyorlanishi, chiqindini saralash, energiyani tejash va suvdan oqilona foydalanishga mo‘ljallangan uskunalar yaratilishini kuzatish, issiqxonaga kirib ko‘rish, tuproqni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya jarayoni, bolalar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan tuproqni boyituvchi va sug‘orishda suvni iqtisod qiluvchi biogumus bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Zamin | Facebook | Instagram
16.4K views09:55
Ochish/sharhlash
2023-09-14 10:22:54
#diqqat_eʻlon
#ishga_taklif
#shartnoma_asosida

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Сambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish jarayoni davom etmoqda

AGENTLIK TARJIMONLAR VA KIMYO, BIOLOGIYA, FIZIKA FANLARI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TANLOVINI EʼLON QILADI

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
oliy ma’lumot, yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishda ochiqlik, kreativ fikrlash.

TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka).

Hujjatlarni kitob@piima.uz elektron pochtasiga yuborishingiz lozim.

HUJJATLAR 2023-YIL 29-SENTABRGA QADAR QABUL QILINADI.

Murojaat uchun: (71) 207 20 17 (ichki raqam 273)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.9K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash